Mavzu: Tayyorlov guruh tarbiyachisi mehnatiga haq to'lashning o'ziga xos jihatlari. Reja


Maktabgacha ta'lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyachisi maoshiga qo‘shimchalar va ustamalar



Download 23,18 Kb.
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi23,18 Kb.
#709884
1   2   3
Bog'liq
5 ma\'ruza Mavzu

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tayyorlov guruh tarbiyachisi maoshiga qo‘shimchalar va ustamalar.

O‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajargan, tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarini moddiy rag‘batlantiriladi. Bu byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Shuningdek, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida, tarbiyachi yordamchilariga esa 50 foiz miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.Rayon koeffitsiyentlari va ustamalar joriy qilingan joylardagi bolalar bog‘chalarida ishlovchi xodimlarga qo‘shimcha to‘lovlar, shuningdek, faxriy unvon, ilmiy darajalar uchun ustamalar to‘lanadi. 
Ish vaqti. Pedagog xodimlar uchun haftalik ish yuklamasining quyidagi miqdorlari belgilanadi:
• til bo‘yicha o‘qituvchi — 18 soat;
• o‘qituvchi-logoped, o‘qituvchi-defektolog — 24 soat;
• jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, tarbiyachi-metodisti — 25 soat;
• tarbiyachi, tarbiyachi-metodist — 36 soat;
• aqliy rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasi yordamchi tarbiyachisi — 36 soat.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagog xodimlarning haftalik ish yuklamasi ishning ushbu turi bo‘yicha ish vaqti normal davom etishining 1,5 baravaridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
Tayyorlov guruh tarbiyachisi mehnatiga haq to'lashdagi ustama haqlar.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining oylik ish haqi uning maʼlumoti va malaka toifasiga qarab belgilangan.
2018-yil yanvar holatiga tarbiyachining oylik ish haqi uning maʼlumoti va malaka toifasiga mos ravishda oʻrta maxsus boʻlganda – 617 171 soʻm, oliy maʼlumotli boʻlganda – 668 356 soʻm, ikkinchi malaka toifali boʻlganda – 722 815 soʻm, birinchi malaka toifali boʻlganda – 779 554 soʻm va oliy malaka toifali boʻlganda - 838 649 soʻmni tashkil etgan.
Prezidentning 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-martdan boshlab tarbiyachilarning oylik ish haqi 30 foizga oshirildi.Bundan tashqari, Prezident farmonlariga muvofiq 2018-yil yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar, byudjet tashkilotlari xodmilarining, jumladan, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilarining oylik ish haqlari 5-marta oshirildi.
Bugungi kunga kelib, 3-5 yoshli bolalar guruhlarida ishlovchi tarbiyachining oylik ish haqi oʻrta maxsus boʻlganda – 1 111 444 soʻm, oliy maʼlumotli boʻlganda – 1 203 660 soʻm, ikkinchi malaka toifali boʻlganda – 1 301 738 soʻm, birinchi malaka toifali boʻlganda – 1 403 920 soʻm va oliy malaka toifali boʻlganda 1 510 347 soʻmni tashkil etmoqda;
Tayyorgarlik guruhi (5-7 yoshli bolalar guruhi) tarbiyachisining oylik ish haqi oliy maʼlumotli boʻlganda – 1 727 603 soʻm, ikkinchi malaka toifali boʻlganda – 1 850 054 soʻm, birinchi malaka toifali boʻlganda – 1 975 627 soʻm va oliy malaka toifali boʻlganda – 2 095 874 soʻmni tashkil etmoqda. Shuningdek, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yillik ish haqi jamgʻarmasining 15% miqdorda Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi tashkil etilgan boʻlib, ushbu jamgʻarma hisobidan oʻrnak va tashabbus koʻrsatgan xodimlarga, jumladan, tarbiyachilarga ham oylik ish haqining 50%gacha boʻlgan miqdorda ustamalar toʻlanadi.
Mazkur ustamalar bilan qoʻshib hisoblaganda tayyorlov guruhi 5-7 yoshli bolalar tarbiyachisining oylik ish haqi oliy maʼlumotli boʻlganda – 2 591 404 soʻm, ikkinchi malaka toifali boʻlganda – 2 775 080 soʻm, birinchi malaka toifali boʻlganda – 2 963 440 soʻm va oliy malaka toifali boʻlganda – 3 143 811 soʻmni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Pandemiya davrida Vazirlar Mahkamasining 21.09.2020-yildagi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 575-son qarorning 1-ilovasiga muvofiq Maktabgacha taʼlim vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlari maqbullashtirilgan.

Download 23,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish