Q o v u r g’ a l a r (costae) ingichka lenta shaklidagi yoydan iborat bo’lib, suyak qismida boshi, bo’yni, do’mbog’i va tanasi bo’ladi. Tanasi lentasimon, o’z o’qi atrofida bir oz burilgan bo’lib, ichki yuzasi, pastki va yuqorigi cheti farq qilinadi. Qovurg’aning ichki yuzasida nerv va qon tomirlari o’tadigan egatcha bor. Qovurg’alar tog’ay (oldingi) uchi bilan tush suyagiga, orqa uchi bilan umurtqa pog’onasiga birikadi. Qovurg’alar orqa suyakli qismidagi boshi va do’mboqlari bilan umurtqalar tanasiga va ko’ndalang o’sig’iga birikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |