Ishdan maqsad. Ovqatdan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganish.
Zarur jixozlar: Iliq suv, qoshiq, tog’ora, isitgich, issiq choy, kofe.
Ishning bajarish tartibi. Birinchi tibbiy yordamda bemorni atayin qustirish iliq suv ko’p (0,5-2 litr) ichirib, keyin til ildizini bosishdan iborat. Oshqozonni "toza suv" chiqquncha yuvish kerak. Bemor o’zicha qusayotgan bo’lsa ham unga ko’p suyuqlik ichirish kerak. Ovqat yeyish man etiladi, (1-2 sutkagacha) lekin ko’p suyuqlik ichish buyuriladi. O’tkir davrida oshqozon yuvilgandan so’ng issiq choy va kofe beriladi. Bemorning oyoq-qo’llarida isitgichlar quyilib isitiladi. Zudlik bilan kasalxonaga olib boriladi.
Mustaqil ish. Talabalar ovqatdan zaharlanishda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini imitatsiya (imo-ishora) usulida bajaradilar va daftarlariga qayd etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |