Ishning bajarish tartibi: Zaharli ximikatlarni nafasga olish natijasida kelib chiqqan zaharlanishlarda bo’lsa bemorga 6-8 tomchi 0,1% atropin eritmasi berish zarur. Nafas olish to’xtagan taqdirda tinimsiz sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi massaj qilish zarur. Zaharlovchi modda me’da ichak yo’liga to’shib, zaharlanish yuzaga kelsa, me’dani aktivlangan ko’mir qo’shilgan suv bilan yuvish zarur, tuz surgi beriladi. Teri va shilliq pardalarga to’shgan ximikatlarni suv oqimi bilan tozalash lozim.
Mustaqil ish. Fosfororganik moddalardan zaharlanganda imitatsiya usulida talabalar birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |