Qo’l suyaklari. Suyaklar ikki qismdan: Yelka kamari suyaklari va qo’lning erkin suyaklariga bo’linadi. Yelka kamari suyaklariga kurak va o’mrov suyaklari kiradi.
Qo’lning erkin suyaklariga yelka, bilak, tirsak, kaft ust, kaft va panja suyaklari kiradi.
Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklari ikki guruxga: chanoq va oyoqning erkin suyaklariga bo’linadi. Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panjasining suyaklari kiradi.
Muskullar va ularning funksiyasi.
Nazariy tushuncha. Skelet Muskullari tayanch-harakatlanish sistemasining faol qismi xisoblanadi. Muskullar qisqarish suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo’l-oyoqlari ma’lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko’tarish, ovqatlanish, so’zlash, yozish va xakozo). Muskullar harakatni nerv sistemasi boshqaradi.
Ishdan maqsad. O’quvchilar skelet muskullarning tuzilshini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kerakli jixozlar. Ko’rgazmali qurollar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi. Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo’yin, gavda, qo’l va oyoq muskullari. Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko’ra, chaynash va mimika muskullariga bo’linadi. Chaynash muskullariga chakka, xususiy chaynov hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi.
Mimika muskullarga ko’zning aylana muskuli, qoshlari bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og’izning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqorigi va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki lablarning uchburchak muskuli, og’iz burchagida joylashgan qo’lgu muskuli va burun muskuli kiradi.
Bo’yin va gavda muskullari. Bo’yin muskullariga bo’yinning teri osti muskuli, to’sh-o’mrov so’rgichsimoni muskuli, narvonsimon muskullar va til osti suyagi soxasidagi muskullar kirib ular boshning turli harakatlarini ta’minlaydi.
Gavda muskullari joylashishiga qarab, ko’krak qafasi, qorin va orqa muskullaridan iborat.
Qo’l muskullari yelka kamari va qo’lning erkin muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak soxasidagi muskullar kiradi.
Qo’lning erkin muskullari yelka, bilak va qo’l panjasi soxasidagi muskullarga bo’linadi.
Oyoq muskullari tanani tutib turganligi va turli-tuman harakatlarni bajarganligi uchun qo’l muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan. Ular son boldir va oyoq panjasi muskullarga bo’linadi.
Mustaqil ish. O’quvchilar skelet, muskullarning anatomik tuzilishini ko’rgazmali qurollar yordamida o’rganadilar va bajarilgan ishni daftariga qayd qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |