Mavzu: tatuff bitiruvchilarni ishga joylashishi va uni monitoringini olib boruvchi avtomatlashtirilgan ish joyini baholash Kirish


Marketing bo’limi ma’lumotlari va ularning tartiblanishi



Download 342,63 Kb.
bet44/45
Sana26.02.2022
Hajmi342,63 Kb.
#470896
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Shoxista BMI

2.2. Marketing bo’limi ma’lumotlari va ularning tartiblanishi


Ma’lumotlarni shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bо‘limi boshlig‘ining lavozim vazifalari:

  • О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yо‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, marketing xizmati bо‘limiga tegishli FILIAL buyruqlarining bajarilishini ta’minlash;

  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;

  • Bо‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  • Bо‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;

  • FILIAL bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar о‘rtasida yо‘nalish bо‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;

  • “О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida о‘qitishning tо‘lov-kontrakt shakli va tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi” tо‘g‘risidagi Nizom va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy о‘quv yurti talabalariga stipendiyalar tо‘lash tartibi va qoidalari” tо‘g‘risidagi qaroriga muvofiq о‘qishga qabul qilingan talabalar bilan о‘z vaqtida va qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini ta’minlash, tahlilini olib borish va nazorat qilish;

    • Tо‘lov-shartnoma asosida о‘qiyotgan talabalarning tо‘lov sharnomalari bо‘yicha hisob-kitob ishlarini olib borish va muntazam ravishda fakultetlarga tegishli ma’lumotlarni yetkazib borilishini ta’minlash;

  • Bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha xizmatlar bozori konyukturasini о‘rganish va tahlil qilish;

  • Ta’lim xizmatlari iste’molchilari, ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bо‘lgan tashkilotlarning geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, va yaratilgan ma’lumotlar bankini doimo yangilab borilishini ta’minlash;

  • Talabalar qabuli kо‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yо‘nalishlari yoki mutaxassisliklarga ehtiyojini hisobga olgan holda davlat grantlari va tо‘lov-kontrakt bо‘yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish;

  • Universitetning bitiruvchilarni ishga taqsimlash bо‘yicha taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni о‘tkazib, uning natijalari bо‘yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini umumlashtirish;

  • Bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xohlashiga oid о‘tkazilgan anketa sо‘rovlari natijalari bilan ish beruvchilar (iste’molchilar)ni hamda korxona, tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan bitiruvchilarni yaqindan tanishtirib borish;

  • Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirilishini ta’minlash;

  • Ishga taqsimlangan bitiruvchilarni ishga yuborilganlik tо‘g‘risidagi yо‘llanmalarning bо‘lagini tо‘liq qabul qilish va ularning taqsimot hamda mutaxassisligi bо‘yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida tо‘liq ma’lumotlar bankini yaratish;

  • Yangi о‘quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va tо‘lov-kontrakt bо‘yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yо‘nalishlari (mutaxassisliklar) bо‘yicha taqsimlanishi, о‘qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish va vazirlikka taqdim qilish;

  • Yangi о‘quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan universitet о‘rtasida о‘qishni tugatgandan sо‘ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi tо‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar tuzilishini ta’minlash va nazorat qilish;

  • Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida korxona va tashkilotlar bilan aloqalar о‘rnatish;

  • Ta’lim xizmatlari halqaro bozori bо‘yicha marketing izlanishlarini olib borish va tahliliy xulosalar tayyorlash;

  • Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga gazeta, jurnal, radio-televideniye, elektron aloqa, veb-sayt orqali bitiruvchilar tо‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinishini, universitet veb-saytida joylashtirilishi, ma’lumotnomalar nashr qilish va ularning iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullari nusxalarini, maqolalar matnlari, video-audiotasmalar ssenariylarini tayyorlash;

  • FILIALda magistr darajali ilmiy-pedagogik kadrlarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash va Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyasiga taqdim qilish;

  • Fan-texnika yutuqlarini hisobga olgan holda hamda bakalavr va magistr bitiruvchilarning kasbiy mahoratini yaxshilash maqsadida raqobatbardosh bо‘lg‘usi mutaxassis shaxsini takomillashtirish bо‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish;

  • Kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga taqdim etish;

  • Ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bо‘yicha Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etib borish;

  • Bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bо‘yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va yutuqlarini namoyon etuvchi respublika va xalqaro kо‘rgazmalar, yarmarkalardagi ishtirokini ta’minlash, FILIAL hududida kо‘rgazma va vitrinali ekspozitsiyalar tashkil qilish;

  • Universitetning tegishli bо‘limlari bilan birgalikda talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish;

  • Universitetning tegishli bо‘limlari, fakultetlar, kafedralar. bilan hamkorlikda bakalavriat yо‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitirgan yoshlarning uch yil kafolatli ishlab berishi, shuningdek, yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati saviyasini oshirish bо‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Marketing xizmati bо‘limining yillik hisobotini ishlab chiqish;

  • О‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish.

Download 342,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish