Mavzu: «Tasviriy san'atda portrеt janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish» Dars maqsadi



Download 1,84 Mb.
bet3/5
Sana29.05.2023
Hajmi1,84 Mb.
#945618
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tasviriy san\'atda portrеt janrida ishlangan asarlarni badiiy idrok etish

O’qituvchi:
Aziz o’quvchilar! Ana endi biz asosiy mavzumiz bayoniga еtib kеldik. Tasviriy san'atda «Portrеt» janri azaldan rassomlarning asosiy mavzusi bo’lib kеlgan. Inson obrazining yaratilishi portret san’ati deb yuritiladi. Portret janrida ayrim shaxs yoki kishilar guruhi tasvirga olinadi. Tasvirning o‘ziga xosligiga ko‘ra, portret dastgohli (kartinalar, byustlar, grafi k asarlar) va mahobatli (naqsh, koshin, haykal), tantanali va intim, ko‘krakdan va butun bo‘y-basti, yon tomondan, anfas va boshqa ko‘rinishda bo‘ladi. Portret medallarda, miniatura uslubida ham bajariladi. Portret yakka, ikkilik va guruhli turlarga bo‘linadi. Portretning o‘ziga xos janri – avtoportret. Portret yaratishda insonning anatomik tuzilishidan tortib, ichki ruhiy, ma’naviy holati, shuningdek, tashqi ko‘rinishidagi barcha jihatlar aks ettiriladi. Portret tasviri ishlatilishi bo‘yicha chiziqli va tusli bo‘ladi. Chiziqli rasm och, yengil va umumlashtirilgan bo‘ladi. Chiziqlar orqali badiiy obraz yaratiladi, jadvallar, shartli chizmalar, sinf doskasidagi tasvirlar shular jumlasidandir.
Ayrim buyumlarning sharpasi va tashqi ko‘rinishi orqali xarakterli ko‘rinishini tasvirlashda tusli tasvirning oddiy turi tanlanadi, bu siluet deb nomlanadi, ya’ni bir xil tekis tus bilan qoplanib, tashqi ko‘rinish chizig‘I orqali bajariladigan tasvir. O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Malik Nabiyev buyuk siymolar obrazini o‘ziga xos talqin eta olgan iste’dodli mo‘yqalam sohibidir. Uning «Amir Temur» portreti fi krimiz dalilidir. Buyuk sarkardaning taxtda o‘ychan, qilich bandiga qo‘llarini qo‘yib o‘tirgan holati mohirona tasvirlangan.
Uning yurt tinchligi, xalq farovonligini o‘ta ziyraklik bilan mushohada etayotganligi ishonarli ko‘rsatilgan. Boshidagi shohlik toji barvasta qomati ga juda mos tushgan. Uning nihoyatda qattiqqo‘lligi, dovyurak va abjirligi, o‘ta zakovatliligi yuz qiyofasida o‘z ifodasini topgan. M.Nabiyev o‘z ijodida buyuk siymolarning tavalludi munosabati bilan ulug‘ mutafakkir olim Abu Rayhon Beruniyning portretini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy buyuk qomusiy olim sifatida o‘z zamonasining turli fanlarini – astronomiya, fi zika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya asoslarini puxta egallagan M.Nabiyev ko‘p izlandi, sharqshunos olimlarning fikr-mulohazalariga tayanib, fakt va ko‘rsatmalar asosida, Beruniy yashagan tarixiy davrni chuqur o‘rgandi, X–XI asr Xorazm tangalaridagi shohlar rasmi bilan tanishdi va nihoyat, Beruniy obrazini suratda aks ettirdi. M.Nabiyev buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlari orqali 1973-yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan portretida, ulug‘ siymoning yaxlit obrazini gavdalantirdi. Rassom Abu Rayhon Beruniy ni kamtar va sodda kishi sifatida tasvirlaydi. Uning ko‘zlarida donolik, idrok va ijodiy g‘ayrat tuyg‘ulari ko‘rinib turibdi. Bu portret ikkinchi marotaba ham ko‘rik g‘olibi bo‘ldi va UNESKOning «Kuryer» jurnali muqovasida va xorijiy mamlakatlarning ko‘pgina jurnal va gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor nashrdan chiqarildi.




Portret orqali inson obrazini mohirona ko‘rsata olgan buyuk rassomlar qatoriga Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, shuningdek, o‘zbek rassomlaridan Abdulhaq Abdullayev, Rahim Ahmedov, Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev kabi bir qancha rassomlarni kiritish mumkin.




Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish