Mavzu: Tasviriy san’atda oqim va yo’nalishlar.
Darsning maqsadi.
Talimiy maqsad: Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to`g`ri bajarish kompitensiyasi.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni san’at orqali tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi maqsad: O`zini o`zi rivojlantirish kompitensiyasi.
Dars turi: yangi ilim beruvchi.
Dars metodi: Tushintirish,ko’rsatish, savol-javob,suhbat.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.Salomlashish, davomatni aniqlash,darsga hozirlik ko`rish.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash o`tilgan mavzular yuzasidan savol javob o`tkaziladi.
Yangi mavzuning bayoni:
XIX asr o'rtalaridan jahon san'atida yangi oqim va yo'nalishlar paydo bo'la boshladi. Shunday oqimlardan
dastlabkisi impressionizm edi. Impressionizm iborasining muomalaga kirishiga fransuz rassomi Klod
Monening ko'rgazmaga qo'yilgan «Quyosh chiqishi oldidagi taassurot» nomli asari sabab bo'lgan edi
(taassurot - fransuzcha impression). XIX asrning 70-yillarida paydo bo'lgan bu ibora san'at tarixida
impressionizm oqimini ta'ri flash uchun ishlatila boshlandi.
Impressionistlar o'z asarlarida quyosh nuri, yangi maysa, tiniq suv go'zalligini mohirona tasvirladilar,
gullarning muattar isi-yu olamning rangdorligini ifodalashga harakat qildilar. Rassomlardan Юod Mone,
Kamil Pissarro, Alfred Sisley, Ogyust Renuar ushbu saifatning ajoyib namuna- larini yaratdilar
Fransiyada paydo bo'lgan bu oqim tezda Yevropa, Amerika, Osiyo san'atiga ta'sir qildi. Jumladan, rangtasvir
san'ati rivojida o'z ifodasini topdi. O'zbekistonlik rassomlar Lev Bure, Oganes Tatevosyan, Pavel Benkov,
O'rol Tansiqboyevning ilk ijodida, masalan, «Karvon», «Kurash» asarlarida, Anvar Mirsoatov, Abdumannon
Yunusov kompozitsiyalarida ana shu ta'sir seziladi .
Impressionizm jahon san'ati tarixida yangi davr san'atining turli oqim va yo'nalishlari boshlanishiga yo'l
ochdi. Shunday yo'nalishlar postimpressionizm deb yuritila boshlandi. Postimpressionistlar impressionizm
yutuqlaridan bahramand bo'lganlari holda tasviriy san'atning yangi qirralarini ochishga intildilar, uning
falsafiy va ramziy tomonlariga e'tibor berdilar. Ular impressionizm yutuqlari va realistik san'at an'analari
uyg'unligida asarlar yaratish ustida ish olib bordilar va shu izlanishlari bilan jahon san'atini boyitdilar.
Neoimpressionizm yoki boshqacha nomi puantilizm shunday dastlabki izlanishlardan edi. Uning asoschilari
Jorj Syora va Pol Sinyak bo'lib, ular
sof, toza spektr ranglar surtmalarini yonma-yon qo'yib rasm ishladilar. Ularning ishlatgan rang surtmalari
to'rtburchak va dumaloq nuqtalarga o'xshaganligi uchun ular yaratgan ishlarni puantilistik rasmlar, ya'ni
nuqtali, nuqtalardan foydalanib ishlangan rasmlar, ish uslublarini puantilistik (puant-fransuzcha so'z bo'lib,
nuqta ma'nosini beradi) uslub, deb nomladilar. O'zbekistonlik rassom Zuhriddin Islomshikovning
«Shohimardon» kartinasiga e'tibor bering . Unda rang surtmalari xuddi mozaikadek ishlab chiqilgan. Ochiq
spektr ranglari idrok qilinganida shu ranglar o'z xususiyatini yo'qotib, yonidagi ranglardan ta'sirlanib, o'zgarib
ko'rinadi. Masalan, sariq va havo rang yonma-yon qo'yilganida ular yashil tuslanishda.idrok etiladi va h.k.
Fovizm. 1905-yiliParijdatashkiletilgan «Bo'ysunmaslarsaloni» ko'rgazmasidaishtiroketganAnriMarke, ,
Mustahkamlash: savol-javob. Qanday oqim va yo`nalishlar bor va h..
Dars yakuni. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.