Birinchidan, xalqaro ayirboshlashning tarkibiy tuzilishi sezilarli darajada o’zgardi: mamlakatlar mahsulotlar ayirboshlashdan tashqari turli xil xizmatlar,
moliya kapitali, ishchi kuchi, fan-texnika axborotlari, yangi texnologiyalar, boshqaruv usullari va boshqalar bilan faol savdo-sotiq olib borishga o’tdilar.
Ikkinchidan, kapitalni chetga chiqarilishining ko’payishi va mamlakatlar o’rtasida ayirboshlashning kengayishi zamonaviy xalqaro iqtisodiy aloqalarni
mamlakatlararo uyg’unlashishiga olib keldi.
Bunday xususiyat o’z faoliyatini bir qancha davlatlar hududida amalga oshiradigan transmilliy korporatsiyalar (TMK) va transmilliy banklar (TMB) sonining ko’payib borishida o’z aksini topdi.
Hozirgi vaqtda jahonda 10 mingdan ortiq TMK mavjud bo’lib, ular jahon sanoat ishlab chiqarishning to’rtdan uch qismidan ko’prog’ini, tashqi savdoning esa yarmidan ko’prog’ini nazorat qilib turadi. Masalan, «Djeneral Motors», «Roil Datch SHell», kabi yirik TMK lar oboroti hajmi O’zbekistonda yaratilgan yalpi milliy mahsulot miqdoridan ortiqdir. O’z ixtiyorida behisob moddiy va moliyaviy qudratni jamlagan bunday korporatsiyalar va banklar ko’pchilik mamlakatlarning iqtisodiy siyosatiga, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatmokda.
Uchinchidan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy bosqichida yana bir muhim xususiyat namoyon bo’ldi, ya’ni ayirboshlashda mamlakatlar tutgan o’rnining o’zgarishi jarayoni sodir bo’lmoqda.
Hozirgi kunda jahon xo’jaligi va xalqaro ayirboshlashning umumiy yo’nalishlari va o’sish sur’atlarini rivojlangan mamlakatlar belgilab turadi. Bu mamlakatlar yer yuzasidagi davlatlarning 15 foizini tashkil etadi, hamda ularda jahon aholisi 25 foizi istiqomat qiladi. Bu mamlakatlar dunyoda xosil qilinayotgan elektr quvvatlarning 75 foizini, yoqilg’ining 80 foizi, yog’och mahsulotlarining 85 foizi va po’latning 72 foizini iste’mol qilishadi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarning o’zaro savdosi jahon savdosining 70 foizini tashkil etadi.
Ma’lumki, yaqin o’tmishda mamlakatimiz iqtisodiyoti sobiq ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog’langan edi. SHu bois hozirgi kunda aloqalar ikkita yo’nalish bo’yicha rivojlanib bormoqda. Ularning birinchisi MDX mamlakatlari deb ataluvchi sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan bo’lsa, ikkinchisi mamlakatimizning o’zaro iqtisodiy aloqalari ilgari umuman o’rnatilmagan xorijiy davlatlar bilan olib borilmoqda. Agar birinchi yo’nalish O’zbekistonni ham xarajatlar sarflab, keng ko’lamda xom ashyo, tayyor
mahsulotlar, texnologiyalar, fan texnika axborotlari bozorga kirib borishini ta’minlasa, ikkinchi yunalish respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvini ta’minlab beradi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi mamlakatimizdagi mavjud imkoniyatlarni ob’ektiv baholash va ulardan milliy manfaatlar yo’lida imkoni boricha to’liq foydalanishni talab qiladi.
O’zbekistan mustaqillikning dastlabki davridayoq o’z tashqi iqtisodiy siyosatining qo’yidagi maqsadlari va asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi:
eksportni rivojlantirish va uning oqilona tarkibini shakllantirish. CHunki eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik-iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko’taradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyuta zahirasini ko’paytiradi;
import tuzilishini takomillashtirish ya’ni uni milliy iqtisodiyotni zamonaviylapggirish va rivojlantirish omiliga aylantirish;
ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish uchun chet el sarmoyalarini jalb etish;
O’zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, ya’ni ma’lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o’rnatish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikamizning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan qo’yidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |