1-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga so’fiy va tasavvuf istilohining paydo bo’lishi va mohiyati haqida tushuncha berish
Identiv o’quv maqsadlari:
1. “Tasavvuf va mumtoz poetika asoslari” fanining shakllanish va taraqqiyot tamoyillari bilan tanishtiradi.
2.Fanning spetsifik xususiyatlarii sharhlay oladi.
1 – asosiy masalaning bayoni:
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrda paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yozadi. Muhammad Payg’ambar vafotidan keyin musulmonlar jamoasida bo’linish yuz beradi. Ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju qo’yish qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh – urug’lar yaqin kishilarni siylash rasm bo’ladi. Ummaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin – kumushga berilish avj oladi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat – ibodat o’rnini dunyoviy ishlar egallay boshladi. Bu hol e’tiqodli kishilarni noroziligiga sabab bo’ldi. Bunday kishilarning bir qismi dinni himoya qilib ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi tarki dunyolichilik g’oyasini targ’ib etib ijtimoiy faoliyatda butunlay chetlashganlar, surunkali toat – ibodat bilan shug’ullanganlar.
Zohidlar uzlat va taqvoni odat etishlariga qaramay, ishq va ilohiy ma’rifatdan bexabar kishilar edilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat vaxfiratini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur halovatiga yetishish edi. So’fiylar nazarida esa jannat umidida toat – ibodat qilish ham tama’ning bir ko’rinishidir. Holbuki, so’fiy uchun na dunyoda va na oxiratdan tama’ bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu – xudoning diydoridir.
So’fiy so’zining paydo bo’lishi haqida bir qancha qarashlar bor. Ba’zilar bu so’z “saf” so’zidan kelib chiqqan deydilar, chunki so’fiy iloh yo’liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba’zi olimlar uni “suffa” so’zidan hosil bo’lgan deydilar: ashobiy suffa hazrati Payg’ambar tirikligidayoq tarki dunyo qilgan kishilar bo’lib, so’fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar. Yana ba’zilar so’fiy so’zi “safo” so’zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana bir guruh olimlar “sufuh” so’zidan yasalgan, sufuh – biror bir narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi bo’lganligi sababli ularni so’fiy deganlar, deb yozaadilar. So’fiy so’zi “sof” so’zidan chiqqan deguvchilar ham bor. Abu Rayhon Beruniy ushbu so’zni yunoncha “suf” ya’ni faylasuf so’zining oxirgi qismidan yasalgan deb ko’rsatadi. Ammo ko’pchilik so’fiy
so’zi arabcha “so’f” so’zidan hosil bo’lgan degan fikrni bildiradilar. “So’f” so’zining lug’viy ma’nosi jun va jundan to’qilgan matodir. So’fiylar ko’p hollarda jun – chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin kiyib yurganlari uchun jun kiyimlilar, ya’ni so’fiy deb yuritganlar. Bizningcha, shu keyingi etimologik ma’no haqiqatga yaqinroqdir, zero, so’fiy so’zining “so’f” so’zidan yasalishi arab tilining qonun – qoidalariga mos keladi.
Agar “so’f” so’zidan so’fiy yasalgan bo’lsa, o’z navbatida “so’fiy”dan, “tasavvuf”, “mustasuf”, “mutasavvuf” so’zlari hosil bo’lgan.
Husyn Voiz Koshifiy “Futuvvatnomai sultoniy” nomli asarida so’fiylarning o’zini ham uch guruhga ajratgan: muoshirlar, mutarasmlar, muhaqqirlar. Muoshirlar – tariqat ahlining muxlislari.
Ular darveshlarga muhabbat bilan qaraydilar, darveshlar suhbatida ishtirok etadilar, ularning xizmatlarini bajaradilar va savobga o’zlarini sherik deb biladilar. Mutarasmlar – darveshlarning odatlariga zohiran taqlid qilsalar – da, botinan hol tarafdoridirlar. Muhaqqirlar – haqqa yetganlar, ularning oily martabali so’fiylar deb ta’riflash mumkin. Haqiqiy avliyolar, shayxi murshidlar esa shular ichidan yetishib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |