FDDI – WAN global tarmoq texnologiyasi
FDDI tarmog’i optik kabelga asoslanadi va WAN global tarmoq texnologiyasi hisoblanadi. FDDI da ma’lumotlarni uzatish uchun asosiy muhit TOAL bo’lsa ham ekranlashtirilgan va ekranlashtirilmagan mis juftlik ishlatilganda bu texnologiyani lokal tarmoqda qo’llash mumkin.
FDDI ning logik topologiyasi – xalqa bo’lib, daraxtlarning fizik xalqasi. Xalqaning umumiy uzunligi 100 km, stantsiyalarning maksimal soni – 500 ta. TOAL ishlatilganligi sababli tarmoq elektromagnit xalaqitlarga sezgir emas va xavfsizlik darajasi yuqori – informatsiyani uzoqdagi asboblar yordamida tutish qiyin.
2.8-rasm. FDDI tarmog’i.
FDDI tarmog’ining rad etishlarga bardoshliligi ma’lumotlarni uzatish 2 xalqasi yordamida ta’minlanadi (2.8-rasm). Normal xolatda ma’lumotlar faqat asosiy xalqa bo’ylab uzatiladi. Stantsiyaning bitta fizik uzilishida (alohida tugun yoki kabel segmenti shikastlanganda) uzilishning ikki tomonidan nosozlik topiladi va ma’lumotlar oqimi avtomatik tarzda asosiy xalqaga qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan rezerv xalqaga o’tkaziladi.
FDDI da ishlatiladigan asosiy uskunalarning turlari:
DualAttachmentConcentratorDAC – magistral tarmoqga ikkilangan ulanishli kontsentrator, xalqani qayta tiklashda ishtirok etadi;
SingleAttachmentConcentratorSAC – bitta ulanishli kontsentrator, xech qachon magistral tarmoqga ulanmaydi, faqat boshqa kontsentratorga ulanadi;
NullAttachmentConcentratorNAC – magistral tarmoqga ulanmaydi, FDDI ni ichki magistral sifatida ishlatadi;
DualAttachmentStationDAS – magistral tarmoqga yoki kontsentratorga ikkilangan ulanishli stantsiya, xalqani qayta tiklashda ishtirok etishi mumkin.
FDDI da ma’lumotlarni uzatish bir necha bosqichlarda olib borilishi mumkin:
Stantsiya – jo’natuvchi tomonidan markerni egallash
Stantsiya – jo’natuvchi tomonidan ma’lumotlarni uzatish
Boshqa stantsiyalar tomonidan kadrni qabul qilib olish va uni xalqaga qaytarish
Stantsiya – qabul qiluvchi tomonidan kadrni hisoblash va uni xalqaga qaytarish
Stantsiya – jo’natuvchi tomonidan xalqadan kadrni o’chirish
Har bir stantsiya navbatma-navbat kadrni qabul qiladi va belgilangan adres (adres naznacheniya) ni shaxsiy adres bilan taqqoslaydi. Agar adreslar mos kelmasa, u xolda stantsiya kadrni regeneratsiyalaydi va keyingi tugunga uzatadi. Agar adreslar mos kelsa, u xolda stantsiya kadrni qabul qiluvchi buferga joylashtiradi, xatoliklar mavjudligiga tekshiradi, ma’lumotlarni qabul qilinganligini qayd etadi va kadrni xalqaga qaytaradi. Stantsiya– jo’natuvchi kadr yaxshi etkazilganligini aniqlaydi va yaxshi etkazilgan bo’lsa, uni tarmoqdan o’chiradi, agar yaxshi etkazilmagan bo’lsa – uni regeneratsiyalaydi (avval jo’natilgan kadrni takrorlaydi).
802.11 standartining simsiz WLAN tarmog’i
Simsiz lokal WLAN tarmog’i simsiz ulanish nuqtasidan 10 metrgacha aloqa uzoqligini ta’minlaydi. Bazoviy stantsiya TOAL yordamida Internet periferiya marshrutizatori bilan to’g’ri ulanishga ega (2.9-rasm).
2.9-rasm. IEEE 802.11 LANarxitekturasi.
Nazorat savollari:
Tarmoq texnologiyalari
Tarmoq texnologiyalarining qiyosiy xususiyatlari izohlab beradilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |