IP-manzillash asoslari. IP-manzil o‘nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob 4 oktetlik (32-bitlik) kattalikni o‘zida ifoda etadi. Manzilning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa manzili (o‘zida manzilning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost manzili (tarmoq segmentida xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni bo‘yicha ajratish IP-manzillarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi.
IP-manzillarning 5 ta: A, B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, B va C sinf manzillari noyob sinf sifatida foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid manzillar qurilmalar to‘plamiga murojaat qilish uchun qo‘llanilad. —E” sinfiga oid manzillar esa tadqiqot olib borish maqsadida zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan foydalanilmaydi. Bundan tashqari barcha sinflardagi bir necha manzillar maxsus maqsadlar uchun zahiralashtirilgan.
“A” sinf manzillari. – “A” sinf tarmoqlari manzildagi eng katta (chap) bitning 0 qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) manzildagi chap bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar bitlar) tarmoqdagi xostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 sinfi manzilini olaylik. Bunda 124. - tarmoq manzilini ifoda etadi, manzil ohiridagi 0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi xostni anglatadi. “A” sinf manzillari yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224-2) ta xostlarni ifoda etish mumkin.
“B” sinf manzillari. “B” sinf tarmoqlari manzilning katta bitlarida 10 qiymatlar bilan belgilanadi. Manzildagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar bitlar) tarmoq manzillarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, ushbu tarmoqlardagi xost raqamlarini ifoda etadi. 16384 ta tarmoqning har birida 65534 ta xostga ega bo‘lamiz. Misol uchun, - “B” sinfi manzilidagi 172.16.0.1, tarmoq manzili - 172.16, xost raqami - 0.1.
“C” sinf manzillari. – “C” sinf tarmoqlari manzildagi katta bitlar 110 qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) tarmoq raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‘nggi oktet esa (bitlar 24 dan 31 ga qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‘zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 097 152 ta tarmoqqa ega bo‘lamiz. Ularning har birida 254 ta xost bo‘ladi. Misol uchun C sinfi tarmog‘idagi 192.11.2.1 manzilni olaylik. Undagi 192.11.2 tarmoq manzilini o‘zida ifoda etadi. Tarmoqdagi xostning raqami esa - 1.
“D” sinf manzillari. “D” sinf tarmoqlari IP - manzilning birinchi to‘rtta bitlarida 1110 qiymatlari bilan belgilanadi. –“D” sinfining manzil kengligi qurilmalar to‘plamini manzillash uchun foydalanuvchi, guruhli IP - manzillarni ifoda etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning manzil maydonida ko‘rsatilgan raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta qurilmalarga darhol yetkazilish lozimligini anglatadi.
“E” sinf manzillari. “E” sinf tarmoqlari IP - manzilning katta to‘rtta bitlarida 1111 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu diapazon manzillaridan foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari uchun zahiralashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |