Mavzu: Tarixiy o’lkashunoslik va turizmning asosiy manbaalari. O’lkashunoslikda arxeologiyaning tutgan o’rni. Reja


O’lkani o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar



Download 65,5 Kb.
bet2/2
Sana09.07.2022
Hajmi65,5 Kb.
#765028
1   2
Bog'liq
2-м

O’lkani o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalar; moddiy madaniyat yodgorliklarini dala tadqiqot yo’li bilan o’rganish uchun tashkil qilinadi. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o’quv yurtlari, muzeylar va o’lkashunoslik to’garaklari tashkil etadi. Ko’pincha, kompleks ravishda tuzilib tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, antropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga muljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruxlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning o’ziga xos nizomi, ilmiy kengashi, maxsus bazasi bo’ladi.
O’lkada dastlabki arxeologik kuzatuvchilar XIX asrning 2-chi yarmida boshlangan. 1895 yilda “Toshkent Turkiston arxeologik xavaskorlari to’garagi”tashkil qilindi. 1920 yildan O’zbekistonning har bir viloyatida turli arxeologik ekspeditsiyalar ish olib bordi. Eng yirik arxeologik ekspeditsiya – Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi va Xorazim arxeolgiya- etnografiya ekspeditsiyasi 1936-37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar O’zbekiston xalklarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va o’rganishga muayyan hissa qo’shdi. Tuproq qa’la Qo’yqirilgan qa’la,kuhna Termiz shahri va boshqalardan moddiy madaniyat va sa’natning ajoyib yodgorliklari topildi.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng arxeologik ekspeditsiyaning faoliyati yanada avj oldi. 1946 yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, Sug’d- tojik arxeologik ekspeditsiyasi tashkil qilindi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya instituti otryadlari O’zbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Akademik YA.G’ulomov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiyaning Xorazim, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Fprg’ona vodiysida; A.R.Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari O’zbekistonning qadimgi sug’orish sistemasi va dehqonchiligini o’rganishda, undan xalq xo’jaligi maqsadlaridan foydalanishda katta ahamiyatga ega. A.A.Asqarov boshchiligidagi otryadning Sopollitepa, Jarqo’tonda olib borilgan qazishmalar ancha samarali bo’ldi. O’.I.Islomov rahbarligidagi otryad O’zbekistonning qator viloyatlarida tosh davriga oid yangi yodgorliklarni qazib o’rgandi, Avrosiyob ekspeditsiyasi qadimgi Samarqandni o’rgandi va uning ilk o’rta asrlarga oid devoriy rasmlarni ochdi, yerqo’rg’onda ish olib borgan otryad (R.H.Sulaymonov boshchiligida) antik va ilk o’rta asrlarga oid madaniyat va sa’nat namunalarini topdi.
1959 yilda G.A.Pugachenkova rahbarligida O’zbekiston sa’natshunoslik ekspeditsiyasi tuzildi.Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar o’tkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan kiyin O’zbekistonda BA sa’natshunoslik ekspeditsiyasi yapon arxeologlari bilan hamkorlikda bu yerda, shuningdek Qoratepa, termizda keng ko’lamda arxeologik ishlar olib borilmoqda.
1964 yildan beri ToshDU (hozirgi O’zMU) arxeologiya kafedrasining Qashqadaryo vohasida ish olib borib, Kitob, SHahrisabz shaharlari tarixini o’rgandi, shahar xarobalari, manzilgohlarda qazish ishlari olib boradi. Toshkent shahri va viloyatning tarixiy va madaniy yodgorliklarini YU.F.Buryakov va M.I.Filanovich rahbarligidagi otryadlar o’rgandi. YUqorida qayd etilganidek o’lkani o’rganishda arxeologik ekspeditsiyalarining ahamiyati nihoyatda katta.
Bu so’zni miloddan avvalgi IV asrda Platon (Aflotun) qadimgi voqealar ma’nosida ishlatgan. Ilmiy maqsadlardagi daslabki arxeologik kazishlar XVII asr boshidan boshlangan. XIX asr yirik arxeologik kashfiyotlar davri bo’lib, arxeologiya fan sifatida shakllanib bordi, XIX asr arxeologisi asosan 4 qismga bo’linib o’rganilar edi: YUnoniston va Rimning quldorlik davri yodgorliklarni o’rganuvchi mumtoz arxeologiya, ibtidoiy arxeologiya, o’rta asr moddiy–madaniy yodgorliklarni o’rganuvchi umumiy arxeologiya va sharq arxeologiyasi. XX asr boshidan ular birlashib, keng mazmunli hozirgi zamon arxeologiyasi shakllandi.
O’zbekistonda arxeologik tekshirishlar XIX asrning oxirgi choragida, Turkistonni podsho Rossiyasi bosib olganidan so’ng boshlandi. Rossiya imperiyasi Turkistonning o’tmishi, xalqning urf-odati, qadimgi qo’lyozmalarini o’rganish orqali o’lkada o’zining mustamlakachilik rejimini mustahkamlamoqchi edi. Turkiston osori atiqalarini o’rganishni dastavval rus arxeologiya havaskorlari va o’lkashunoslari boshlab berdi. 1895 yil V.V.Bartoldning tashabbusi bilan Turkiston arxeologiya havaskoralari to’garagi tuzilib, arxeologiya ishlari shu to’garak nazoratida olib boriladi. O’sha davrda o’tkazilgan arxeologiya tadqiqotlarida V.V.Bartold, V.L.Vyatkin, N.I.Veselovskiylarning xizmati katta bo’ldi. Ammo arxeologik yodgorliklarni hali har tomonlama, keng o’rganilmaganligi hamda topilamalar yaxshi aniqlanmaganligi sababli bu vaqtda ibtidoiy va undan keyingi ilk davrlar mutlaqo yoritilmadi. SHunday bo’lsa ham XIX asr oxiri XX asr boshilaridagi Turkistonda olib borilgan arxeologik izlanishlar O’zbekiston tarixshunosligida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi moddiy-madaniyat yodgorliklarini o’rganishda dastlabki qadamlar qo’yildi. Maxalliy xalq o’rtasida o’z vatanining o’tmish yodgorliklari bilan qiziquvchi Akrompolvon Asqarov, Mirza Abdulla Buxoriy, Muhammad Vafo kabi qadimgi buyumlar hamda chaqatangalarni to’plovchi havaskor o’lkashunoslar paydo bo’ldi. Bu davrda Turkiston arxeologiyasi havaskorlik darajasida bo’lib turli (ko’proq numizmatikaga doir) topilmalarni to’plashdan iborat bo’lgan. Afrosiyob, Ulug’bek rasadxonasi va Poykand xarobalarida daslabki qazilmalar olib borilgan.
O’zbekistonda arxeologiya fani XXasrning 20-30 yillarda shakllandi V.L.Vyatkin Afrosiyob xarobasini (1925, 1929-30), B.P.Denike qadimgi Termizni (1926-27), M.E.Masson Ohangaron vodiysini (1925-28), Ayritom xarobalarini (1932-33) qazib o’rgandilar. 30-yillarda keng ko’lamda qazish ishlarini A.YU.YAkubovskiy Zarafshon vodiysida (1934,1939), M.E.Masson qadimgi Termizda (1936-38), V.A.SHishkin Tali Barzuda (1936-39), Varaxshada (1937-39), S,P.Tolstov, YA.G’.G’ulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937-50), A.P.Okladnikov Teshiktosh va Machay g’orlarida (1938-39), V.V.Grigorev Qovunchitepa xarobalarida (1934-37) olib bordilar. To’plangan arxeologik materiallar O’zbekiston tarixini davrlashtirishda muhim manba bo’ldi, yangi arxeologik madaniyatlar (Kaltaminor, Tozabog’yop, Qovunchi madaniyati va boshqalar) o’rganilib, fanga kiritildi. 1938 yili arxeolog olim A.P.Okladnikov boshchiligida surxandaryoning Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan neandertal tipidagi odam skeletining topilishi O’zbekiston arxeologiyasida buyuk kashfiyot bo’lib, dunyo olimlarida katta qiziqish uyg’otdi. O’zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda O’rta Osiyo davlat Universitetida arxeologiya kafedrasining ochilishi (1940), O’zFA Arxeologiya bo’limining tashkil etilishi (1943) katta ahamiyatga ega bo’ldi. Arxeologik yodgorliklarni rayonlarga bo’lib o’rganishda Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi, Pomir Oloy va Pomir Farg’ona ekspeditsiyalari katta rol o’ynaydi. 50-yillarda O’zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasi otryadlari Toshkent vodiysida mozorqo’rg’onlarni (T.A’zamxo’jayev), Zamonbobo jez davri qabristonini (YA.G’ulomov), Bolaliktepa yodgorligini (L.I.Albaum) va boshqalarni o’rganishga kirishdi. 60-yillarda Moxondaryo arxeologik otryadi YA.G’ulomov raxbarligida Zarafshonning quyi oqimida miloddan avvvalgi IV-II ming yillikka mansub 60 dan ortiq neolit va jez davriga oid manzilgohlar, Uchtut chaqmoqtosh konlari (A.Asqarov, M.Qosimov, U.Islomov va T.Mirsoatov), Mo’minobod qabristoni (A.Asqarov), Samarqand makoni (D.N.Lev, M.Jo’raqulov), CHust jez davri qishlog’i xarobasi (V.Sprishevskiy), Dalvarzintepa (YU.A.Zadneprovskiy), Xolchayon (G.A.Puganchekova) va boshqa arxeologik obidalarda keng ko’lamda qazishlar olib bordi. Tuproqqal’a, Varaxsha, Bolaliktepa, Afrosiyob, Quva podshoh saroylari va ibodatxonalarining o’rganilishi, Samarqand va Mug’ tog’ida qadimgi Sug’d, Xorazmda xorazmiy yozuvlarining topilishi O’zbekiston madaniyatining yuqori darajaga ko’tarilganini ko’rsatadi.


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

  1. O’lkashunoslikning qanday asosiy manbalari bor?

  2. O’lkashunoslikda arxeologiya fanining ahamiyati qanday?

  3. V.L.Vyatkinning arxeologiya sohasidagi tadqiqotlari haqida nima bilasiz?

  4. YA.G’.G’ulomovning ilmiy tadqiqotlari haqida gapiring?

  5. O’zbekistonda arxeologiyaning rivojlanishiga doir qanday ma’lumotlarga egasiz?

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish