II.BOB MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI VAQTBAY VA ISHBAYHAQ TO‘LASH, MEHNATNI RAG‘BATLANTIRISHNING TAHLILIY YONDASHUVI
Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar
Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifalari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning avans va avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Avans miqdori ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida belgilanadi. Avanssiz hisob-kitobda oyning birinchi yarmi uchun ish haqi amalda ishlab chiqarilgan mahsulotga qarab to’lanadi. Ish haqidan ushlab qolinishiga, faqat quyidagi hollardagina yo’l qo’yiladi:
-soliqlar bo’yicha;
-sudning chiqarilgan hukmiga binoan ahloq tuzatish ishlari o’talayotganda, boshqa xil ushlab qolishlardan qat’i nazar ish haqining besh foizidan yigirma foizigacha bo’lgan miqdorda;
-sudning chiqargan qaroriga binoan 20 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda, alliment undirib olinayotganda yoki boquvchisi mayib-majruh bo’lib qolganda, sog’lig’iga zarar yetkazilganda yohud vafot etganda, shuningdek, bosqinchilik yoki o’g’rilik tufayli yetkazilgan zarar undirib olinayotganda-ko’pi bilan ellik foiz miqdorda;
-ma’muriy tartibda solinadigan, va hech shubhasiz majburiy tartibda ushlab qolinadigan jarimalar tarzida;
-korxona oldidagi qarzini undirish maqsadida quyidagi hollarda ma’muriyatning farmoyishi bilan:
ish haqiga berilgan avansni ushlab qolish uchun:
-hisob-kitobdagi yanglishishlar natijasida ortiqcha to’langan pulni qaytarib olish uchun;
-xizmat safarlari yoki boshqa joyda ishlashga o’tganligi munosabati bilan;
-xo’jalik ehtiyojlariga berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun bunday hollarda avansni qaytarish, qarzni to’lash va hokazo uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan boshlab kamida bir oy o’tmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berilishi mumkin, agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa, u holda qarz faqat sud yo’li bilan undiriladi.
ishdan bo’shatilgan xodim shu yilgi ta’tildan foydalangan bo’lsa, ishlab ado etilmagan ta’til kunlari uchun:
-korxona tugatilishi, shtatlar qisqartilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimiga noloyiqligi aniqlanganligi;
-vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganligi natijasida ishga uzoq vaqt kelmaganligi sababli;
-harbiy xizmatga chaqirilishi yoki o’tishi;
-boshqa ishga saylab qo’yiladigan lavozimiga o’tkazilganligi; -o’qishga yuborilgani bundan mustasno.
-pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan xodim ishdan bo’shatilgan hollar bundan mustasno.
xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni undirish uchun, o’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo’lmagan miqdorda.
Zararni undirishi haqidagi farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan ikki haftadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodim xabardor qilingan kundan boshlab kam deganda yetti kundan keyin ijro etish uchun qo’yilishi lozim.
Rag’batlantiruvchi to’lovlar va ularning asosiy turlari.
Mamlakatimiz xo’jalik faoliyati tajribasida xilma-xil rag’batlantirish tizimlari ishlab chiqilgan bo’lib, ulardan muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida alohidaalohida yoki boshqa tizimlar bilan birgalikda foydalaniladi. Aytaylik, biror xodim mehnatda sezilarni yutuqlarni qo’lga kiritdi va uni rag’batlantirish kerak. Bunda rahbariyat quyidagi rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin (3- rasm):
xodimning malaka razryadini va tegishli ravishda tarif stavkasi (maoshi)ni oshirish;
unga kasb mahorati uchun qo’shimcha haq to’lashni belgilash;