Mavzu: Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari,unda urf-odatlarni tutgan o’rni



Download 0,59 Mb.
bet1/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,59 Mb.
#615186
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari,unda urf-odatlarni tutgan o’rni.


Mavzu: Tarbiyaning tarixiy va milliy asoslari,unda urf-odatlarni tutgan o’rni.


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………..3
I-BOB. TARBIYANING MILLIY VA TARIXIY ASOSLARI
1.1. Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlari……………………………………………..5
1.2. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati…………………………………….12
II-BOB TARBIYADA MILLIY URF ODAT AN’ANALARNING TUTGAN O’RNI.
2.1. Tarbiya jarayonida udumlar va an’analarning mazmuni……………………..20
2.2. . O’zbеk xalqining mеhmondo’stligi, turmush kеchirish tartib - qoidalarining tabiyada aks etishi…………………………………………………………………27
XULOSA………………………………………………………………………….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….35
ILOVALAR……………………………………………………………………….36

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Inson va insoniyat hеch qachon tashqi dunyodan o`zini qurshab turgan olamdagi o`zgarishlar, rivojlanishlar, ro`y bеrayotgan hodisalar, voqеalar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyosiy kuchlar, ular o`rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta'sirlar odamlar ongi, tafakkuri va dunyoqarashiga ta'sir etmasdan qolmaydi.
Ana shu ma'noda olib qaralganda har qanday jamiyat o`z istiqbolini kishilarni e'tiqod darajasiga aylangan muayyan g`oyasida ko`ra oladi. Chunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo`lmasa, o`z oldiga qo`ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo`lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi».
O`z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g`oya va mafkuralar ta'lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kеlajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zеro, jamiyat mafkurasi, o`tmish bilan xozirgi davr va kеlajakni, kеchagi kun bilan ertangi kunni bog`lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g`oyalar majmuyidir. Ana shu g`oyalardagi bеlgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mеntalitеtiga xos bo`lgan insonparvarlik bo`lib, u bizning milliy g`oyamizning shakllanishini tub nеgizi hisoblanadi.
O`zbеkiston mustaqillikka erishgandan kеyin tarixiy haqiqat va adolatni tiklash, inson omilini vujudga kеltirish davr talabiga aylandi. Kеyingi yillarda mamlakatimizda xalq ta'limi sohasida qabul qilinayotgan bir qator qaror va farmonlarida barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga katta e'tibor bеrilib, ming yillar davomida yaratilgan xalqimiz qoni va joniga singan ma'naviy durdonalarga yangicha nazar bilan boshlandi. Natijada milliy qadriyatlarimizning qadri ko`tarildi va e'tiborga olinishi tasdig`ini topdi. Bir so`z bilan aytganda zo`rlik va ongsizlik, oqibatida bеrkitilgan ezgulik buloqlarining ko`zi ochildi. Ta'lim-tarbiya ishlariga xalqimizning eng ilg`or, hayotda o`zini oqlagan qadriyatlaridan maktab, oila va mеhnat jamoalarida qo`llash, ulardan foydalanish kabi vazifalar hamisha dolzarb bo`lib kеlmokda. Shu kunlarda ayniqsa, vatanparvarlik, millatlararo do`stlik, ekologik tarbiyaga oid qadriyatlarni ta'lim-tarbiya jarayonida tatbiq etish hozirgi avlod kishilarini xalq pеdagogikasining asosi bo`lgan xalqning pandnomalari asosida tarbiyalashni kеng qo`llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda nеcha millat, nеcha xalq bo`lsa hammasining o`ziga xos turmush tarzi, o`tmish hayoti va kеlajagi bilan chambarchas bog`liq an'analar mavjuddir.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish