Mavzu: tarbiyaning maqsad va vazifalari. Reja: Kirish. Tarbiya haqida tushuncha Tarbiya maqsadi va vazifalari


Tarbiya berish usullari va uslublari



Download 21,16 Kb.
bet4/5
Sana11.04.2022
Hajmi21,16 Kb.
#542991
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 53778017762190344977

Tarbiya berish usullari va uslublari


Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi:


maqsadga qaratilganligi va g’oyaviy yo’nalganligi;


tarbiyaning insonparvarlashuvi;


tarbiyaning hayot, mehnat bilan bog’liqligi;


tarbiyaga yaxlit(kompleks) yondashuv;
jamoada tarbiyalash va jamoaga suyanib ish ko’rish;


shaxsga talabchanlik bilan hurmatni birga qo’shib olib borish;


o’qituvchilar, jamoat tashkilotlari va oilaning talab hamda tarbiyaviy ta’sirlarining birligi;


tarbiyalanuvchining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish;


tarbiya jarayonining tizimligigi va uzluksizligi.


Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg’unlashadi.


Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. Tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh hususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh hususiyatlari muayyan bir yosh davriga hos bo`lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psihologik hususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg`usini boshlang`ich ta'lim, o`rta ta'lim va o`rta mahsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan o`quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli mеtodlar qo`llaniladi.
Tarbiyaning birinchi hususiyati uning ko`p qirrali jarayon ekanligi bo`lib, unda maktab, oila, bolalar va o`smirlar tashkilotlari, mahalla, kеng jamoatchilik, kinotеatr, tеlevidenie, adabiyot va san'at ishtirok etadi.


Tarbiyaning yana bir hususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta'limdan farqli ravishda u bola tug'ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan kеyin va butun umr bo`yi davom etadi.


Tarbiyaning ta'limdan farqlantiruvchi yana bir hususiyati shundaki, u yahlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tar­biyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog'langan. Boshlan-g'ich sinfda ham, o`rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, Do`stlik, ahillik, vatanparvarhk va boshqalarni tarbiyalash ko`zda tutiladi.


Tarbiyaning yana bir hususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama hususiyatga ega bo`lib, unda bolaning o`zi ham faol ish­tirok etadi.


Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko`pligi yana bir hususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o`z tushunchalariga muvofiq datslabki paydo bo'lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o`rtasida O`quvchilarga qo'yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o`rtasidagi kurashlarda namoyon bo`ladi.


Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda bеqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta'lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu ja­miyat uchun hizmat qiladigan еtuk insonni tarbiyalashdan iborat dеb biladi.


Jamiyat taraqqiyotida muhim o`rin egallagan insonni tarbiya-lash, uni bilim olishga, mеhnat qilishga undash va bu hatti-harakatini sеkin-atsa ko'nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mu-shohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni pеshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma'naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson atsa-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas'uliyat, sharafli mеhnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh hususiyatini e'tiborga olishi zarur.


Tarbiyaning samarali bo`lishi ko`p jiliatdan jamiyatdagi ijtimoiy intsitutlarning rivojlanishiga bog`liq. Ma'naviy va insoniy sifatlar-ning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va mu-nosabat muhim o`rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik hususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma'naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mohiyati, mazmuni, qonuniyatlari, printsiplari, metodlari hamda tashkil etilishi masalalarini o’rganadi.


Tarbiya jarayoni, deymiz. Jarayon o’zi nima? Har qanday jarayon – harakatdir, rivojlanishdir, moddiy dunyodagi narsalar, hodisalarning asta-sekin o’zgarishidir. Tarbiya jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va ma‘naviy – axloqiy sifatlar, e‘tiqodlarni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishga qaratilgan harakatdir.


Shaxs kamolotida tarbiya yetakchi rol o‘ynaydi. Tarbiya rivojlanayotgan shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish bo’yicha faoliyatni tashkil etishdan iborat, aniq maqsadga qaratilgan va boshqariladigan jarayondir.


Ijtimoiy-tarixiy tajribani avloddan avlodga o’tishi, uni yangi avlod tomonidan o’zlashtirilishi natijasida shaxs hayotga, mehnatga va muayyan kasbga yo’naltirish jarayoniga tarbiya deymiz.
5.Estitek tarbiya tushunchasi


Tarbiya ilmiy, boshqariluvchi, aniq maqsad sari yo’naltirilgan jarayondir.


Arastu: tarbiyaning maqsadi, vazifasi insonga tabiat ato etmagan narsalarni o’rnini to’ldirish, shakllantirishdir, deydi.


Tabiat insonga tayyor qobiliyat, tayyor dunyoqarash, iymon-e‘tiqod, ma‘naviyat, axloqiy-ma‘naviy qarashlar, madaniyat va boshqalarni ato etmaydi. Bu xususiyatlar tug’ma emas. Ular shaxsda tarbiya, ta‘lim jarayonida shakllanadi.


Tarbiya shaxs ongini muayyan jamiyatning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda tarkib toptirish va rivojlantirish jarayoni, shaxsni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok ettirishga qaratilgan barcha ta‘sirlarmajmuidir (“Vatan tuyg’usi”).


Xalq pedagogikasida odamzot farzandini boqib, ta‘lim berib katta qilish, voyaga yetkazish uchun qilinadigan mehnat va g’amhurlikni tarbiya deb tushuntiriladi.


Odamga ish-hunar o’rgatish va umuman shaxsning g’oyaviy-ma‘naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan ta‘lim tizimi ham tarbiya sarasiga kiradi.


Ilmiy manbaalarda, pedagogik adabiyotlarda, pedagogikadan darslik va qo’llanmalarda tarbiyaga yuqorida keltirilgandek turlicha ta‘rif beriladi va ularning barchasi o’z o’rnida to’g’ridir.


Tarbiya ijtimoiy xodisadir, kishilik jamiyatiga xos xodisadir. Inson ham, uning tarbiyasi ham o’z mohiyati bilan ijtimoiydir. Ya‘ni inson faqat jamiyatda, insonlar muhitida, o’zaro munosabatlar jarayonida, katta avlodga xos ijtimoiy tajribani o’zlashtirib olish orqali shakllanadi.Tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida mohiyati ana shu.


Tarbiya jarayondir, tarbiya keng ma‘noda yoshlarni, insonlarni ob‘ektiv va sub‘ektiv ta‘sirlar asosida aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayonidir.


Biron bir maqsaga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tarbiyaga solinadi:


a) o`quvchi – talabaning qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish


maqsadida rejalashtiriladi:


b) shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbaalar


izlab topiladi:


v) belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy


manbaalarni qaysini va qaerda ishlashni rejalashtiriladi:


Xalqimiz ta‘lim beruvchini muallim, tarbiya beruvchini murabbiy deydi.


Ta‘lim va tarbiya yagona jarayondir. Lekin ular aynan bir-biriga uxshash emas. Ta‘lim va tarbiyaning birligi avvalo ular maqsadining umumiyligidan iborat.


Tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirralidir. Ta‘limning asosiy vazifasi o`quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya esa yosh avlodni jamiyatimizda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e‘tiqod, axloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat.



Download 21,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish