Nutq orfoepiyasi (to'g'ri talaffuz etish qoidalari) ustida mashq qilish. Nutq orfoepiyasi ustida mashq qilish, nutqning adabiy talaffuzini o'zlashtirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki talaffuz har doim ham qoida talabi asosida, ya'ni adabiy til normasi talablari darajasida boimaydi. Shuning uchun ham adabiy til normalari darajasidagi nutqni suxandonlardan, badiiy so'z ustalaridan, namunali madaniy nutqqa ega boigan kishilardan o'rganish kerak. Ularning nutqlariga taqlid qilish lozim.
Agar ayrim so'zlarning to'g'ri talaffuz etilishiga, urg'ularning ishlatilishiga shubha bo'lsa, lug'atdan foydalanish kerak.
Nutqning ifodaliligi ustida ishlash. Nutqning ifodaliligi ustida ishlashda og'zaki nutq uchun ifodalilikning intonatsion vositalaridan to'g'ri foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun tarbiyachi o'z nutqida urg'ularni to'g'ri ishlatish, ovoz tempini va kuchini o'zgartirish bilan so'zlarning mazmunini ajratish, to'xtamlardan nutqda ovozni vaqtincha to'xtatish (o'rinli foydalanish, nutqda ovozning balandligi va kuchiga qarab harakati, nutq tempi, ma'lum vaqt ichida aytiladigan so'zlar miqdori), ovoz balandligini o'zgartirish ustida mashq qilish lozim. Into-natsiya nutqni jonli, jo'shqin qiladi, fikrni to'liq va tugallangan holda bayon etishga yordam beradi.
Tarbiyachi o'z lug'atini, uning grammatik tomonini badiiy, ilmiy, maxsus va boshqa adabiyotlarni doimiy ravishda o'qib borish bilan boyitadi va takomillashtiradi. Biroq tarbiyachi adabiyotlarni o'qish jarayonida uning mazmuniga, yangi so'zlarga ahamiyat beribgina qolmasdan, balki muallifning asar mazmunini ochishda tilning qaysi vositalaridan foydalanganligiga, qaysi so'z va grammatik shakllani ishlatganligiga, materialni qay darajada bayon etganligiga ham e'tiborni qaratishi kerak.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqidagi so'zlar aniq tanlansa, jumlalar grammatik tomondan to'g'ri bo'lsa, undagi fikrlar oddiy, aniq, ravshan bo'lsa, izchil ketma-ketlikda bayon etilsa, bolalarning yoshi va psixik xususiyatlari hisobga olinsa, bunday nutq bolalar tomonidan osonlik bilan idrok qilinadi va ular uchun tushunarli bo'ladi.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. F R. Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari ;T.: ”ISTIQLOL”,2016 y.
2. S.Q .Shodiyeva “O’rta guruh bolalari nutqini o’stirish “o’quv qo’llanma T.: ”O’qituvchi”1993y.
3. D.R. Babayeva “Nutq o’stish metodikasi”T.: Fan va texnologiyalar 2009-yil.
4. D.R .Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi “ o’quv qo’llanma TDPU 2016 y.
5. D.R. Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi”darslik TDPU 2017 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |