Mavzu: tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri



Download 88,13 Kb.
bet3/3
Sana13.03.2020
Hajmi88,13 Kb.
#42406
1   2   3
Bog'liq
Mavzu tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri-fayllar.org


- sayrga yig’ilish ko’p vaqtni olmasligi, bolalarni bir tartibda kiyinish va yechinishga o’rgatish kerak; - sayr shunchaki tashkil etilmay, uning rejasiga atrof-muhitni kuzatish, sport mashg’ulotlari, mehna tva o’yin faoliyati qamrab olinishi lozim; - sayrni tashkil etish uchun zarur jihozlar avvaldan tayyorlab qo’yilib, belgilangan talablarga javob berishi kerak; - sayrning davomiyligi uch-to’rt soatdan oshmasdan, havo harorati hisobga olinishi zarur; - sayrning davomiyligiga emas, uning mazmunli tashkil etilishi, bolaga xissiy, jismoniy madad beri olishiga e’tibor qaratish lozim.

O’zbekistan Respublikasida ijtimoiy munosabatlar mazmuni yangilanayotgan ayni paytda o’sib kelayotgan yosh avlodni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashni yangicha asoslarda, bir tomondan, milliy pedagogik qadriyatlarimiz zaminida, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan xolda olib borishga ijtimoiy zaruriyat sifatida qaralmoqda. Chunki mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviy extiyojlarni qondirishning asosiy shart- sharoitidir. Demak, mehnat inson faoliyatining asosiy shakli, kishi hayotining mazmuni, har bir jamiyat a’zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy tamoyili hisoblanib kelgan, moddiy va ma’naviy madaniyatning hamda ijtimoiy taraqqiyotning negizi hamdir. Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo’lib qolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg’urish, shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo’yishning asosi hamdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnatbtarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi xislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga xurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim. Bolalarni mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. Mehnatga ruxiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, xalollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy- irodaviy xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va jismonan zaif bo’ladi. Uzok umr ko’rishning siri ham mehnatdir. Mehnat qilmasang xatto iste’dod ham so’nadi. Mehnatkash qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o’rgatilib boriladi. Bolalar bog’chasida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, ularning tevarak-atrofdagi hayot, kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan taassurotlarga ega bo’lishlariga yordam beradi. Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zexn, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, biror bir shaklni andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni o’lchash kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to’g’ri keladi. Bu bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini shakllantirishga imkon beradi. Mehnatkash bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to’g’ri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. V.I. Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar tizimini o’zlashtirib olishlari kerak bo’ladi:


  1. Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi (maqsad — Mehnat tasviri).


  2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab ajratib olish.


  3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab ajratib olish.


  4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish.


Shunday q ilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o’yin bilan bogliqligidir. O’yin jarayonida biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishadi. Mehnat tarbiyasining vazifasi xilma-xil bo’lib ularni guruular bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi:


  1. Birinchi guruh vazifalari: bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik yondashuv, bolalarni maqsad asosida mehnat malakalari, ko’nikmalari hamda mehnat madaniyati bo’yicha kerakli material va qo’llanmalarni tanlashga o’rgatish.


  2. Bolalarda mehnat faoliyatiga qiziqishni va mehnatda ijobiy natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.


  3. Mehnat faoliyati jarayonida bolalar mehnatining ijtimoiy ahamiyatli ekanligini tushunib yetishish.


Ikkinchi guruh vazifalari bolalarda kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan:


  1. Bolalarda kattalarning mehnati orqali erishayotgan yutuqlari haqida tushuncha berish.


  2. Bolalarda mehnat ahliga xurmatni va ulardan o’z yordamini ayamaslik haqidagi xoxishlarini tarbiyalash.


Uchinchi guruh vazifalari bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan mehnat faoliyati bilan bogliq. Bolalarda mehnatsevarlik orqali mehnatda qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, o’zining qehnatiga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalash javobgarlik, qatiylik, sabr matonatlilik, chidamlilik, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona baholash tarbiyalanadi. Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning asosi barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish sharti bo’lishi bilan birga ayni vaqtda inson hayotining asosiy shakli, mazmuni sifatida barcha xalqlarning eng asl farzandlari — mutafakkirlari, olim-u fozillarining diqqat markazida bo’lgan. Shoir Abu Shukur Balxiyning mehnatni ulug’lovchi quyidagi satrlarini keltirish mumkin: Orzu- tilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida. Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy, Xamza va boshqalar mehnat insonni ma’naviy go’zallashtiruvchi roliga, mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat ahlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Qadimda ota- bobolarimizning mehnat haqida aytgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z qadrini yo’qotmagan. Mehnat qilsang ko’ksing tog’, Xurmat qilsang, diling bog’. Mehnatli non — shakar, Mehnatsiz non zahar. Mehnat baxt keltirar, Mehnat qilib topganing, Qand-u asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O’zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga Q. Muxammadiyning “Etik”, “Bir xovuch yong’oq” kabi she’rlari misol bo’ladi. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Estetik tarbiya keng tushuncha bo’lib, voqelikdagi, san’atdagi, tabiadagi, ijtimoiy va mehnatmunosabatidagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish, tushunishga o’rgatish, go’zallikka muxabbat uyg’otish va hayotga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya o’z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan o’zviy bog’likdir. San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayoli va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini xis eta bilish, qayg’usini birga barham ko’rish kabi xususiyatlar shakllanib boradi. Estetik rivojlanish shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish jarayonida yuzaga keladi. Estetik ehtiyoj — kishi borlikni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borlikni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tarbiya tushunchasi bilan bir qatorda badiiy tarbiya tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san’at va boshqa vositalar asosida tarbiyalashdir. Estetik tarbiya — ancha keng, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, kishilarning o’zaro ta’siri vositasida go’zallikni, anglashni tarbiyalaydi. San’atda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon bo’ladi. Ayniqsa, kishining fikr-irodasi madh etiladi, uning tarbiyalovchi roli hamshunda namoyon bo’ladi. Shuning uchun san’at estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o’zaro bog’liqligi shundaki, kishining go’zallikni idrok etishdan quvonish, uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo’lishga o’xshab ketadi. Aksincha, go’zallikni ko’ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan ham bog’liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi. Go’zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo’lmaydi. Mehnat quvonchi bu turmush quvonchidir. Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo’lsa, u har qanday qiyin ishda ham go’zallikni ko’ra oladi va uni zo’r zavq-shavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o’rtasida mustahkam bolanish mavjud bo’lib kishining mustakhamsotliti uchun mukim sanaladi. Insonning jismoniy kamoloti go’zallikni tasavvur eta olmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishida, ayniqsa, estetik tarbiya emas, hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan xuzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin - asta takomillashib boradi. O’rta guruhga kelganda, bolalar estetik idrokning rivojlanishida muhim o’zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha shakllangan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazlarni eng oddiy estetik baholay oladilar. Katta guruhning oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan ta’kidlaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qaxramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Estetik tarbiya (lot ‘estezio” - go’zallikni xis etaman) - shaxsni ijtimoiy vokelik, tabiat. Mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muxabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni. MTMda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlar, ijobiy xulq- atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik xis-tuyg’u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik extiyojlari va go’zallikni sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning voqelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilar o’rtasida qo’l mehnati, musiqa, tasviriy san’at ma’lumotlarida. ertaklar o’qish chog’ida estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish imkoniyati mavjud. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, xis- tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik xodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo’lgan. Qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, “rux va badan” hamoxangligini qaror toptirishga yo’naltirilgan edi. Aristotel va Platon kabi buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir- biridan farqli tomonlari bo’lgani xolda umumiylik ham mavjud bo’lib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq- atvor va fuqarolik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi. Avvallari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya’ni uni san’at asarlarini to’g’ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at to’rini bilib olib, muayyan badiiy ko’nikmalarga ega bo’lish doirasida in’ikos etilar edi. Ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy- estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh va individual imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi:


  1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi, tabiat va turmushdagi go’zallikni tushunish, ko’ra bilishga o’rgatish. Ularda estetik xis-tuyg’u, did, estetik munosabatni tarbiyalash.


  2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida yaratilgan san’at asarlarini tushunish, sevishga o’rgatish, ularda estetik ong qirralarini shakllantirish.


  3. Bolani san’atning turli soxalariga qiziqishi, izlanishini tarkib toptirish.


Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko’p jihatdan estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’lik. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma’lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o’rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka asoslangan bo’lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko’rsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo’lsa, u kichikligidanok estetik borlikni o’zi uchun me’yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o’zida ko’plab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go’zalligini taxlil etib borishga o’rgatish lozim: “Seni ko’ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o’ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko’proq qaysi rangdagi parda to’g’ri tushadi: ko’kmi yoki yashil?”

Mazkur holatda bolaning aynan javobining o’zi muhim emas, asosiysi uning e’tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go’zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani hosi lqilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas.

Boshqacha aytganda, tabiat xech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai. U estetik xis-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.

Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go’zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg’ular va xayollarda saqlangan go’zalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning o’zgarishi va uyg’unligiga qaratadi, tabiat xodisalariga qiziqish uyg’otadi, unga muxabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko’rib, atrofdagi go’zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir omili sifatida mehnat yuzaga chiqadi. MTM yer maydonchasi va tabiat burchagidagi usimlik va xayvonlarni kuzatishkamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to’g’ri munosabatni, go’zallik yaratish xoxishini shakllantiradi hamda qizg’in faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Ko’zda o’z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik xuzur bag’ishlaydi. Dala va bog’larga sayrga borganda tabiatning go’zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benixoya zavqlanishadi. Estetik tarbiya omillari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at - ijtimoiy ong va faoliyatning o’ziga xos shakli bo’lib, tevarak-atrof va borlikni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o’z ichiga oladi. Badiiy kadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik did-farosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag’batlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san’atning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanatdan foydalaniladi. Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri qo’g’irchoq teatridir. Qo’g’irchoq teatri dunyoning ko’plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma’lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo’g’irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o’ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda:“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga xayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qo’g’irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, go’zallikni ko’ra bilish va xis etishga ma’suliyat xissi oshadi. Qo’g’irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashkari jo’shqinligi va qo’g’irchoqligi, shuningdek, badiiy so’z, musiqa, qo’shiq, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’g’irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:


  • O’tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suxbati (bolalarda teatr qaxramonlarining o’ziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash);


  • teatrning ta’sirchan, xis-tuyg’u va mazmunga boy tarzda o’tkazilishi;


  • teatr namoyishidan so’nggi suhbat (bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari).


Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini o’stirishda kitoblar muhim rol o’ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Ayniqsa, ikki-uchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so’zlardan ko’ra rasmlarning ta’siri katta bo’ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o’z o’rtoqlariga, kattalarga, qo’g’irchog’iga “o’kib” berish bilan uning mazmunini o’z xotirasida mustaxkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng ko’p o’qiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga xayratlanish, voqealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi. Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim rol o’ynaydi. Bolalarning badiiy-estetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-xodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an’anaviy (akvarel bo’yog’i, bo’r, qalam, mo’yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog’oz, karton, yelim, igna) va noan’anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho’plari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon bo’ladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy ko’nikma va malakalarni oson o’zlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlash malakasini oson egalaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz o’rganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha ko’nikma va malakalar zaxirasiga ega bo’ladi va ulardan yangi predmetlarni tasvirlashda kerakli usullarni qo’llab,mustaqil ravishda o’z aql u idrokiga tayangan xolda foydalanishi mumkin. Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qo’llaniladiki, ular shaxsning estetik vokelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o’rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o’tashi, aksincha, bo’lishi ham mumkin.

Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhda estetik tarbiya berishning metodlari

ishlab chiqiladi:
  1. Ongni fikrlash qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar.


  2. Odatlantirish va mashq qildirish metodi (takrorlash, o’rgatish, musobaqalar uyushtirish, ibrat, na’muna, o’git).


  3. Rag’batlantirish va jazolash metodi (maqullash, ko’ngil ko’tarish, na’muna qilish, qatorning boshida turgazish, raxmatnoma e’lon qilish, ogoxlantirish, tushuntirish, ota-onasiga murojaat etish).




Bolalar bog’chasidagi estetik tarbiyaning asosiy vositalari

quyidagilardir:
  • ijtimoiy muhit va turmush estetikasi;


  • san’at asarlari;




  • bolalarning ijodiy faoliyatlari;


  • bayramlar, ko’ngilochar tadbirlar;


  • ma’lum maqsadga qaratilgan va reja asosida amalga oshiriladigan tizimli ta’lim.


Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalashning muhim omili bo’lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langan holda amalga oshiriladi.

Nazotar savollari


  1. Tarbiya turlari haqida so’z yuriting?


  2. Aqliy tarbiya tushunchasiga ta’rif bering?


  3. Ahloqiy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat?



Adabiyotlar:
  1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma majlisidagi nutqi. – T.: “О‘zbekiston”, 2016. – 56 b.


  2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.


  3. O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni G`G`Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.


  4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993.


  5. Pedagogika G`A.Q.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, O`qituvchi, 1993.




Test

1. 2-3 yoshli bolalarda jismoniy rivojlanishi bo’yicha o’rtacha bo’yi va vazni qancha bo’lishi kerak?

A. Bo’yi 80-85sm vazni 10-12kg

B. Bo’yi 80-82sm vazni 12-14kg

C. *Bo’yi 85-90sm vazni 13-15kg

2. Asosiy harakatlarga doir mashqlarga nimalar kiradi?

A. yurish, yugurish, sakrash mashqlari

B. yumalatish, irg’itish , ilib olish,emaklash va tirmashib chiqish mashqlari

C.* hamma javob ro’g’ri

3. Oyoq uchun mashqlar to’g’ri yozilgan qatorni toping?

A. * turgan joyda yurish, oldinga qadam tashlash

B. o’ng va chapga o’girilish, o’tirgan holda oyoqlarni bukish va yozish

C. chalqancha yotgan holda oyoqlarni ko’tarib tushurish

4. 4-5 yoshli bolalar bilan ‘’Mehrjon’’ bayrami qachon o’tkaziladi ?

A. 15 avgust - 3-sentabr.

B. * 25-oktabr - 5-noyabr.

C. 25-dekabr – 30- dekabr.

5. O’rta guruh yoshi to’gri keltirilgan qatorni toping?

A. 3-4 yosh.

B.* 4-5 yosh.

C.3-5 yosh.

6. Kichik guruhlarda atrof-olam mashg’ulotlari bo’yicha qanday mavzularda mashg’ulot olib boriladi?

A.’’ Qum va suv haqida nima bilamiz?’’, ‘’Ustki kiyimlar’’, ‘’Mazali yong’oq’’;

B.’’O’zbekiston – mening Vatanim’’, ‘’Mening qishlog’im’’, ‘’Bizning mahalla’’;

C. *’’Salomlashish odobi’’, ‘’Bizning oila’’, ‘’Bizning bog’chamiz’’.

7. Dastur bo’yicha 6-7 yoshli bolalarda qanday sport mashqlari o’ynaladi?

A. * Velosiped haydash, samokatda uchish.

B. Basketbol o’yinlari

C. ‘’Qoch bolam qush keldi ‘’ o’yinlari.

8. Mazmun jihatidan ‘’BOLAJON’’ tayanch dasturi o’z tarkibi qaysi yo’nalishlarni qamrab oladi?

A. Jismoniy rivojlanish , aqliy rivojlanish , nutq va muloqot;

B.* Jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni va atrof-muhit to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish;

D. Jismoniy rivojlanish , ijtimoiy-hissiy rivojlanish , o’z-o’ziga hizmat va gigiyena, bilish jarayonlari.

9. Bolada yirik motorikani rivojlantirish uchun qanday mashqlar bajariladi (tug’ilgandan -6 oylikkacha bo’lgan davrda)?

A.* kichkintoyni ikki qo’llab qattiq yuzada tik holatda ushlab turish; qorni bilan yotganda’ ko’krak qafasini ko’tarib, boshini yuzadan baland ushlab turishiga imkon berish;

B. bolalarning qo’llari va barmoq harakatlarini rivojlantirish uchun yorqin rangdagi yumshoq o’yinchoqlarni berish, bola o’yinchoqni olish uchun qo’lini cho’zishi, ushlab olishi ma’lum vaqt davomida qo’lda ushlab turishi;

D. Cho’milayotganda chiroyli rezina o’yinchoq, yumshoq mochalkani mahkam ushlashi, o’yinchoq bilan faol o’ynashi,bolani chalqancha yotqizib, avval bir oyog’ini, keyin ikkinchi oyog’ini asta bukib mashq qildirish.

10. Didaktik maqsadga ko’ra mashg’ulotlar qanday bo’ladi.

A*) Yangi bilm beruvchi

B) Kompleks sistemaga

C) Hamma javob tog’ri

11. Bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar.

A)Irsiyat

B) Muhit

D)Ta’lim /Tarbiya

C*) Hamma javob tog’ri

12. Milliy xalq o’yinlari nechiga bo’linadi.

A*) 2 ga

B) 3 ga

C) 6 ga


13. Necha yoshda bola yangi sharoitga tez o’rganadi .

A*) 7 yosh

B)5 yosh

C) 6 yosh

14. Bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o’qishni boshlaydigan vaqt deb qaysi olim aytgan .

A*)Y.A.Kamenskiy

B)X. Sariyev

C) Konfutziy

15. Ta’lim muassasalari O’zbekison Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda nimadan o’tkaziladi.

A) attestatsiyadan *

B) ko’rikdan

C) kuzatuv nazoratidan


http://fayllar.org
Download 88,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish