2. Milliylik va umuminsoniylik. Umuminsoniy ma’naviyat o’z ijobiy ahamiyatini hech qachon yo’qotmagan. Oltin zanglamas, quyosh qoraymas deganlaridek, umuminsoniy ma’naviyat har doim qadimiy va navqiron bo’lib qolaveradi. Ular umumbashariy ma’naviyat deb ham yuritiladi.
Umuminsoniy ma’naviyat butun insoniyatga, jahon xalqlariga tegishli bo’lgan ma’naviy boyliklardir. Umuminsoniy ma’naviyat uzoq va yaqin o’tmishda yaratilgan, hozirda esa ma’naviy jihatdan juda qimmatli, inson qalbida o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, insoniyat ijtimoiy manfaati, ehtiyoji uchun xizmat qiladigan, ularni ezgulikka yo’llaydigan ma’naviy boyliklardir. Agarda milliy ma’naviyat bo’lmasa, umuminsoniy ma’naviyat ham bo’lmaydi. Umuminsoniy ma’naviyatsizlik esa, hozirgi zamon millatlarining jipsligi yo’q degani. Millatlar umumjahon, umumbashariy ma’naviyatning yaratuvchilaridir. Umumjahon, umuminsoniy ma’naviyat esa hozirgi zamon ilg’or millatlari taraqqiyotining zamini, tayanchi va negizidir. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida milliy va umuminsoniy ma’naviyatning ana shu dialektik bog’liqligini hisobga olishimiz davr talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |