Yemosional holatni boshqarish. Boshlovchi pedagog birinchi marta o’zini juda ishonchsiz sezadi. O’ziga qarab turgan ko’zlarning tazyig’i natijasida uni titroq bosadi, nutqi uzuq-yuluq, pala-partish, o’zini yo’qotib qo’yadi. (chunki u o’z ustidan kulishlaridan qo’rqadi). Bularning barchasi o’qituvchidan bo’lajak mashg’ulot oldidan o’zini ruhiy fiziologik jihatdan tayyorlashni, muloqot paytida o’z emotsional holatini boshqara bilishni talab yetadi.
O’z-o’zini boshqarish usullari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- yaxshilik, mehribonlik va optimizimni tarbiyalash;
- o’z xulq-atvorini nazorat qilish (mushak zo’riqishi, harakat tezligi, nutq, nafas olish);
- faoliyatda dam olish (mehnat, musiqa, kitobxonlik, yumor, imitatsion o’yinlar).
Navbatdagi usullar organizmning faoliyatini nazorat qilishga asoslanadi. Xususiy qayg’urishlar chuqurligini o’zgartirish mumkin. Buning uchun tashqi ta’sir zarur bo’ladi. Bunga nazoratni nimaga qaratish lozim? Albatta mimika, suyak muskullari, nutq tezligi, nafas olishni mo’tadillashtirish lozim bo’ladi.
Jismoniy va ruhiy jihatdan organizmni bo’shashtirish uchun autogen mashqlar (psixik o’z-o’zini boshqarish) o’ziga xos psixofizik gimnastik mashqlar bo’lajak o’qituvchi uchun nafas olish va nutq ohangini tarbiyalashda xizmat qiluvchi mashqlar qatoridan joy olmog’i lozim. Psixik o’z-o’zini boshqarish o’z tarkibiga relaksasiya (bo’shashuv holati) va kasbiy zarur bo’lgan sifatlarni egallash uchun o’z-o’zini ishontirish formulalaridan foydalanishni qamrab oladi. Buning uchun chordona qurgan holda maxsus formulalar yordamida og’irlik va issiqlik sezgisini organizm a’zolari - qo’l-oyoqda hosil qilish, muskullarni bo’shashtirish, tinchlanishni mashq qilish mumkin. Shundan so’ng quyidagi formula asosida quyidagilarni ovoz chiqarib aytib o’z-o’zini u yoki bu faoliyatda safarbar yetish mumkin:
“Men xotirjamman. Darsimni yaxshi o’tyapman. Talabalar yaxshi tinglashyapti. O’zimni erkin his yetyapman. Men darsga yaxshi tayyorlanganman. Dars qiziqarli. Talabalarning barchasini bilaman va ko’ryapman. Men darsni yaxshi o’taman. Mening darsimga talabalar qiziqishadi. Men o’zimga ishonaman, kuchliman. Men o’zimni yaxshi tuta olaman. Ruhiyatim yaxshi. O’qitish qanday yaxshi. Talabalar meni hurmat qilishadi, tinglashadi va mening talablarimni ijro yetishadi. O’qituvchilik kasbi menga yoqadi. Men - o’qituvchiman!”.
Biroq pedagogik faoliyatning boshida ro’y beradigan qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun katta bardosh, iroda, sabr-toqat talab yetilishini yoddan chiqarmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |