Mavzu: Tarbiya, axloq va
madaniyatning globallashuvi.
Globallashuv va lokallashuv davrida
milliy tarbiya
245-guruh tinglovchisi: Usmanova G
Hozirgi davr jahon miqyosida globallashuv jarayoni kuchayayotgan, insoniyatning axborotlashgan jamiyat bosqichiga oʼtishi tobora chuqurlashib borayotgan davrdir.
Tezkor axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida dunyodagi turli xalq va elatlar orasida globallashuv jarayon-lari sodir boʼlayotgan vaqtda butun insoniyat, jumladan, xalqimiz ham maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan turli mafkuraviy tahdidlar ostida yashamoqda.
Bugungi kunda globallashuv insoniyat jamiyati taraqqiyoti va ijtimoiy jarayon-larning jahon miqyosida integratsiyalashib, olamshumul ahamiyat kasb etib borishini oʼzida ifodalovchi tushuncha boʼlib, globallashuv kommunikatsiya vositalaridagi tub oʼzgarishlar, investitsiyalardagi yangi jarayonlar, dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishida namoyon boʼladi.
Globallashuv muayyan hodisa, jarayonning koʼplab mintaqalar, davlatlar va butun yer yuzini qamrab olganini hamda ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatuvchi tushunchadir. Bugungi kunda globallashuv zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim xususiyatini oʼzida ifodalab, u jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy va maʼnaviy – mafkuraviy sohalarini qamrab oladi.
Hech qanday milliy chegaralarni tan olmaydigan, dunyoda umumiy texnologik va axborot maydoni yuzaga kelatganini ifodalovchi texnologik globallashuv, ijtimoiy – siyosiy jarayonlarni oʼzida ifodalovchi siyosiy globallashuv, fan, madaniyat, taʼlim va axloq sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy – madaniy globallashuv jarayonlari sodir boʼlmoqda.
Maʼnaviy hayotdagi globallashuv jarayonlari ommaviy axborot vositalari, Internet, radio, televidenie, uyali aloqa vositalari orqali axbo-rotni yetkazishning faollashuvi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarib, bir tomondan, maʼnaviy globallashuv natijasida maʼnaviy hayotimizga kirib keladigan ilm – fan, madaniyat va sanʼat, maʼnaviy meros ijobiy ahamiyatga ega boʼlsa, ikkinchi tomondan, turli zararli gʼoyalar hamda mafkuralarning jamiyatimiz maʼnaviy hayotiga kirib kelishi barkamol avlodni tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash vazifasini dolzarb masala sifatida kun tartibiga qoʼydi.
Shuning uchun ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hamda yangi texnologik vositalar asosida xalqimiz hayotida sodir boʼlayotgan ijobiy oʼzgarishlar haqida hikoya qiluvchi chuqur taxliliy maʼlumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini yoritish, fikrga qarshi fikr, gʼoyaga qarshi gʼoya, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish tamoyilini ijtimoiy hayotga keng tatbiq qilish har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.
Globallashuv jarayonlarining inson tafakkuri, jamiyat rivojiga koʼrsatadigan taʼsiri nihoyat darajada beqiyos boʼlib, globallashuv natijasida kirib kelayotgan ommaviy madaniyat‖ning jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga taʼsiri tobora yaqqolroq koʼzga tashlanmoqda.
Hozirgi davrda globallashuv jamiyat hayotining barcha sohalariga bevosita taʼsir koʼrsatatgan bir sharoitda milliy maʼnaviyat, milliy oʼzlikni anglash, maʼnaviy tiklanish, maʼnaviy yuksalish jarayonlariga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Oʼzbekistonda jamiyat hayotini modernizatsiya va isloh etish jarani bosqichma – bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oldi.
Respublikada xususiy mulkka egalikning yangi tizimi barpo etildi. Milliy qadriyatlarni tiklash va vorislik anʼanalariga sadoqatli avlodni tarbiyalash kontseptsiyasi ishlab chiqildi.
Globallashuv sharoitida maʼnaviy hayotimizga kirib kelatgan zararli gʼoyalar hamda mafkuralardan himoya qilishning muhim omili, mamlakatimizni ozod va obod jamiyatga aylantirish, Vatan ravnaqini maʼnaviy taʼminlab berishga qaratilgan nazariya – milliy istiqlol gʼoyasi shakllandi.
"Biz taʼlim va tarbiya tizimining barcha boʼgʼinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʼzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz, - deydi Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev, - Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Аbdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz , ayniqsa, endi hayotga kirib kelatgan oʼgʼil-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʼlishi, baxtli boʼlib izzat-hurmat topishi, jahongir boʼlishi yoki zaif boʼlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʼtibordan qolib, oʼzgalarga tobe va qul, asir boʼlishi ularning oʼz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʼliq".
Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, ommaviy madaniyat‖ degan balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib boratganini hisobga oladigan boʼlsak, bu soʼzlarning chuqur maʼnosi va ahamiyati yanada yaqqol an boʼladi.
Oʼzbekistonda amalga oshirilatgan maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi islohotlar globallashuv sharoitida fuqarolarda milliy oʼzlikni anglash, milliy gʼurur va iftixor tuygʼularining yuksalishiga yordam berib, ularda mafkuraviy immunitetning shakllanishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi hamda zamonaviy, demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatini barpo qilishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |