Cheksiz suyultirilgan eritmalarda aktivlik koeffitsenti 1 ga yaqinlashadi ularning nisbati esa taxminan o`zgarmas bo`lib qoladi. Shuning uchun cheksiz suyultirilgan eritmalarda taqsimlanishning formal koeffitsenti KI konsentratsiyaga deyarli bog`liq emas.Bunday eritmalarda K va KI ning qiymati deyarli teng bo`ladi.
Ekstraksiya
Erigan moddani erituvchi bilan deyarli aralshmaydigan boshqa erituvchi yordamida ya`ni ekstragent yordamida eritmadan ajratib olish ekstraksiya deyiladi. Ekstraksiya ikkita aralashmaydigan erituvchida moddaning taqsimlanishiga asoslangan . Ekstraksiya murakkab tabiiy va texnikaviy eritmalardan tashkiliy qismlarini ajratib olishda keng ishlatiladi
Ekstraksiyalash Ko`pgina organik moddalar uchun bunday erituvchi sifatida dietil efir , anorganik moddalar uchun esa suv ishlatiladi . Ajratib olish darajasini oshhirish uchun ekstrayalovchi moddani ikkala fazada mavjud bo`lgan molekulyar holatga o`tkazish maqsadga muvofiq .