2.Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bosqichlari
Tanqidiy fikrlash muloqot va guruh bilan ishlash malakalarini rivojlantiradi.
Tanqidiy fikrlash ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va talaba uchun quvonchga aylantiradi.
Hozirda talabalarni o‘qishga o‘rgatish va tanqidiy fikrlashni egallashlari muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi. Yangi axborotlarga duch kelar ekan, talabalar uni mustaqil ravishda baholashi, unga turli xil nuqtai-nazardan qarashi, undan o‘z ehtiyoj va maqsadlari yo‘lida foydalana olish imkoniyati to‘g‘risida xulosa yasay olishlari zarur. Haqiqiy tanqidiy fikrlaydigan odam bo‘lib yetishish uchun talabalar ijodiy fikrlab, o‘zini sinab ko‘rishi va bunga oid malakalarni egallashi zarur.
Tanqidiy fikrlashni paydo qilish uchun uchun quyidagilar bo‘lishi kerak:
talabada o‘ziga xos nuqtai-nazarni paydo qilish;
bir fikrdan boshqasining afzalligini asoslash mahorati;
murakkab muammolarni yechish mahorati;
bahsni dalillab olib borish;
yagona fikrni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlash mahorati;
qarashlar va tasavvurlarga hayotiy tajriba qanday ta’sir qilishini tushunish.
Talabalarni haqiqatan ham dolzarb muammo haqida fikrlash imkoniyatidan mahrum qilib, mantiqiy jarayonlarni mavhum tarzda o‘rganish emas, balki talabalarni tezda faol o‘ylash jarayoniga kirishishga, uni tajribada amalga oshirishga imkon beradigan metod eng yaxshi hisoblanadi. Bundan tashqari, talabalarni haqiqatda bezovta qiluvchi muammolar haqida so‘z borganda tashabbus ularning o‘zidan chiqqanda, tanqidiy fikrlash yaxshiroq rivojlanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu ma’lum yosh davrida o‘rgatish tugallanishi va unutilishi mumkin bo‘lgan masala ham emas. Tanqidiy fikrlashga olib boradigan aniq-ravshan yo‘llar yo‘k. Biroq o‘qitish shartlarining muayyan to‘plami borki, uning yordamida tanqidiy fikrlashni tarbiyalash mumkin. Jumladan, quyidagi shartlar zarur:
Tanqidiy fikrlash tajribasini orttirishga vaqt va imkoniyat berish.
Talabalarga fikrlash imkoniyatini berish.
Turli g‘oya va fikrlarni qabul qilish.
O‘quv jarayonida o‘kuvchilarning faol qatnashishlariga imkon berish.
Talabalarni ularning ustidan hech kim kulmasligiga ishontirish.
Har bir talabani u tanqidiy mulohaza yuritishga qodir ekanligiga ishontirish.
Tanqidiy fikrlash paydo bo‘lishini qadrlash.
Shubilanbirga,talabalar:
O‘z-o‘ziga ishonchni rivojlantirib, o‘z g‘oya va fikrlarining qimmatini tushunishlari kerak.
Ta’lim jarayonida faol qatnashishlari lozim.
Turli fikrlarni hurmat bilan eshitishlari kerak.
O‘z mulohazalarini shakllantirishga tayyor bo‘lishlari yoki undan o‘zlarini tiyishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |