3.Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish strategiyalari Talabalar o‘z tushunishlarini kuzatganda, yangi axborotni o‘zlaridagi tasavvurlar bilan solishtiradilar, ongli ravishda yangilarni avval ma’lum bo‘lganlari bilan bog‘laydilar. Ular yangi tushunishni yaratish uchun eski va yangi bilimlar orasida ko‘priklar quradilar.(quyidagi chizmadagi kabi):
Fikrlash (mulohaza qilish) bosqichining ahamiyati. Bu fazada bilimlar mustahkamlanadi va o‘rganilayotgan masala bo‘yicha oldingi fazalarga nisbatan boshqacha (to‘laroq) tasavvur shakllanadi va «o‘qiganlik»ning ortishiga olib keladi. Talaba o‘z o‘quv maqsadiga erishgandagina bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bu fazada talabani o‘qiganlikning pastroq darajasidan uning yuqoriroq darajasiga o‘tkazish sodir bo‘ladi. Bu talabaning yangi g‘oya va axborotlarni o‘z so‘zi bilan ifodalay olishida aks etadi. Talabalar o‘zlariga ko‘proq yoqqan narsani yaxshiroq eslab qoladilar.
Fikrlash bosqichida bir nechta muhim maqsadlarga erishish rejalashtiriladi. Birinchi navbatda, o‘kuvchilar yangi fikr va axborotlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalashga harakat qilib ko‘rishlari kerak.
Agar sizga eslab qolish kerak bo‘lsa- unutasiz. Agar sizga tushunish kerak bo‘lsa- eslab qolasiz. Ta’lim natijalarining qancha uzoq muddatga saqlanishi hamda tushunish darajasi turli odamlarda har xildir. Tushunganlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalab, qayta tuzganda shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
Fikrlash bosqichining ikkinchi maqsadi talabalar o‘rtasida fikrlar bilan jonli almashuv hisoblanadi, bu ularga o‘z so‘z boyligini kengaytirishga hamda boshqa talabalarning tasavvurlari bilan tanishishga imkon beradi.
O‘zgaruvchan tanqidiy fikrlash turli fikrlar rag‘batlantiriladigan muhitda kuchayadi. Shunda talabalar ularni hisobga olib, o‘z tasavvurlarini qurishlari mumkin.
Tanqidiy fikrlashning asoslari o‘qituvchiga shunday sharoitlar yaratadiki, natijada u quyidagilarga erishadi: