Kurakni yuqoriga ko`taruvchi muskul (m. levator scapulae) bo`yinning 4 ta yuqorigi umurtqalari ko`ndalang o`simtalaridan boshlanib, pastga qarab qiya yo`naladi va kurakning yuqorigi ichki burchagiga birikadi. U qisqarganda kurakni yuqoriga ko`tarib, o`rta chiziqqa yaqinlashtiradi. Orqaning yuqorigi tishsimon muskuli (m. serratus posterior superior) yapaloq va yupqa bo`lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. U ikkita pastki bo`yin va ikkita yuqorigi ko`krak umurtqalarining o`tkir o`simtasidan boshlanib, tolalari pastga qarab qiya yo`naladi va to`rt tutam bo`lib, II–V yuqorigi qovurg`alarning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg`alar yuqoriga ko`tariladi. Orqaning pastki tishsimon muskuli (m. serratus posterior inferior) yuqorigi tishsimon muskul kabi yapaloq va yupqa bo`lib, orqaning keng muskuli tagida joylashadi. Ko`krakning ikkita pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining o`tkir o`simtalaridan boshlanadi. Muskul tolalari yuqoriga qiya yo`nalib, to`rtta tishi bilan pastki to`rtta qovurg`aning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg`alarni pastga tushiradi. Bosh va bo` yinning tasma muskuli (m. splenius capitiset cervicis) gardandagi uchburchak shaklli yapaloq muskul bo`lib, gardan bog`lag`ichi, ko`krak umurtqalarining yuqorigi 6 ta o`tkir o`sig`idan boshlanadi va yuqoriga qarab qiya yo`naladi, bo`yin umurtqalarining ikkita yuqorigi ko`ndalang o`simtalariga hamda chakka suyagining so`rg`ichsimon o`simtasiga birikadi. Bu muskul bo`yinning ikkinchi tomonidagi xuddi shunday muskul bilan bir vaqtda qisqarib, boshni orqaga egadi. Bir tomonlama qisqarganda boshni yon tomonga qaratadi. - Kurakni yuqoriga ko`taruvchi muskul (m. levator scapulae) bo`yinning 4 ta yuqorigi umurtqalari ko`ndalang o`simtalaridan boshlanib, pastga qarab qiya yo`naladi va kurakning yuqorigi ichki burchagiga birikadi. U qisqarganda kurakni yuqoriga ko`tarib, o`rta chiziqqa yaqinlashtiradi. Orqaning yuqorigi tishsimon muskuli (m. serratus posterior superior) yapaloq va yupqa bo`lib, rombsimon muskul tagida joylashgan. U ikkita pastki bo`yin va ikkita yuqorigi ko`krak umurtqalarining o`tkir o`simtasidan boshlanib, tolalari pastga qarab qiya yo`naladi va to`rt tutam bo`lib, II–V yuqorigi qovurg`alarning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul qisqarganda qovurg`alar yuqoriga ko`tariladi. Orqaning pastki tishsimon muskuli (m. serratus posterior inferior) yuqorigi tishsimon muskul kabi yapaloq va yupqa bo`lib, orqaning keng muskuli tagida joylashadi. Ko`krakning ikkita pastki va belning ikkita yuqorigi umurtqasining o`tkir o`simtalaridan boshlanadi. Muskul tolalari yuqoriga qiya yo`nalib, to`rtta tishi bilan pastki to`rtta qovurg`aning orqa yuzasiga birikadi. Bu muskul nafas chiqarish vaqtida qovurg`alarni pastga tushiradi. Bosh va bo` yinning tasma muskuli (m. splenius capitiset cervicis) gardandagi uchburchak shaklli yapaloq muskul bo`lib, gardan bog`lag`ichi, ko`krak umurtqalarining yuqorigi 6 ta o`tkir o`sig`idan boshlanadi va yuqoriga qarab qiya yo`naladi, bo`yin umurtqalarining ikkita yuqorigi ko`ndalang o`simtalariga hamda chakka suyagining so`rg`ichsimon o`simtasiga birikadi. Bu muskul bo`yinning ikkinchi tomonidagi xuddi shunday muskul bilan bir vaqtda qisqarib, boshni orqaga egadi. Bir tomonlama qisqarganda boshni yon tomonga qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |