Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida differensiyalashib borib, sutemizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo`ladi. Bunda dastlab hayot uchun eng zarur: til, lab, diafragma, qovurg‗alararo muskullar, so`ngra qo`l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. Bola tug`ilganda barcha muskullari bo`lsa-da, ular mayda va rivojlanmagan bo`ladi. Ular bolaning hayoti davomida rivojlanib, odamning 25 yoshida to`liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletning taraqqiy etishiga va bola qaddi-qomatining shakllanishiga sababchi bo`ladi. Yangi tug`ilgan bola muskullarining vazni tana vaznining – 23,3% ini, 8 yoshda – 27,2% ini, 12 yoshda – 29,4% ini, 15 yoshda – 32,6% ini, 18 yoshda – 44,2% ini tashkil etadi. 1 yoshda yelka kamari, qo`l muskullari yaxshi rivojlanadi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez o`sadi. 6–7 yoshdan boshlab qo`l panja muskullari, 12–16 yoshda yurishyugurish uchun zarur muskullar rivojlanib boradi. Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo`lib, bular yozuvchi muskullarga nisbatan tezroq rivojlanadi - Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida differensiyalashib borib, sutemizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo`ladi. Bunda dastlab hayot uchun eng zarur: til, lab, diafragma, qovurg‗alararo muskullar, so`ngra qo`l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi. Bola tug`ilganda barcha muskullari bo`lsa-da, ular mayda va rivojlanmagan bo`ladi. Ular bolaning hayoti davomida rivojlanib, odamning 25 yoshida to`liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletning taraqqiy etishiga va bola qaddi-qomatining shakllanishiga sababchi bo`ladi. Yangi tug`ilgan bola muskullarining vazni tana vaznining – 23,3% ini, 8 yoshda – 27,2% ini, 12 yoshda – 29,4% ini, 15 yoshda – 32,6% ini, 18 yoshda – 44,2% ini tashkil etadi. 1 yoshda yelka kamari, qo`l muskullari yaxshi rivojlanadi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez o`sadi. 6–7 yoshdan boshlab qo`l panja muskullari, 12–16 yoshda yurishyugurish uchun zarur muskullar rivojlanib boradi. Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo`lib, bular yozuvchi muskullarga nisbatan tezroq rivojlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |