O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat: - davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;
- ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;
- ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:
maktabgacha ta`lim;
umumiy o’rta ta`lim;
maktabdan tashqari ta`lim;
o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;
oliy ta`lim;
oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash.
Tarbiya
|
Ta’lim
|
Ma’lumot
|
Pedagogik xodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalarni maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib bori shva uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
|
Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish,ularning ongiga bu xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga. hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amaga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon - o‘qitish va o‘qishni o‘z ichikga oladi.
|
Asosiy pedagogik tushuncha bo‘lib, uning ijtimoiy hayot voqealarini ob’ektiv aks ettirishdir. Ma’lumot kishini bilishga bo‘lgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga ko‘taradi va amaliyo faoliyatga tayyorlaydi. Ma’lumot ta’limning natijasi bo‘lib, u kishi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustaqil egalashdir.
| SHaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, nson tarbiyasi «uning xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy va madaniy quri-ish vazifalarini hal etishda amaliy ishtirokidan ajralmasdir». SHaxsni shakllantirishga uchta omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat nishonalari ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha pedagogika tarbiyani etakchi omil deb qaraydi, chunki bu to‘plangan ijtimoiy tajribani etkazish uchun yosh avlodga ta’sir ko‘rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog‘chasida, maktabda, mehnat jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga karatilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |