MAVZU. TALIMNI TASHKIL ETISH TURLARI VA SHAKLLARI. DARS - TALIM TIZIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI SIFATIDA.
Reja:
1. Talimni tashkil etish shakllari.
2. Dars - talim tashkil etishning asosiy shakli.
3. Darsga qoyiladigan talablar
4. Oqituvchining darsga tayyorgarligi
5. Talimni tashkil etishning yordamchi shakllari
6. Integratsiyalashgan darslar
Talimni tashkil etishning shakllari.
Talimni tashkil etish shakli - bu oqituvchi va oquvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq malum rejimda tashkil etiladigan oquv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Jahon pedagogika fani va amaliyotida talimni tashkil etishning turli shakllari mavjud. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi talimni tashkil etishga oz tasirini otkazadi.
Ayni vaqtda talimning quyidagi shakllari ajratib korsatiladi: individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqari, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari. Ular oquvchilarni qamrab olishi, oquvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqilligi darajasi va oqish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga kora quyidagi uch asosiy turga ajratiladi: individual; sinf-dars; maruza-seminar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida, aqliy rivojlanishida farqi bolgan oquvchilarni oqitishda individuallashtirishga ahamiyat qaratish masalasi ayniqsa dolzarb xususiyat kasb etdi. Shunga mos ravishda tanlab oqitish shakli yuzaga keldi (AQShda Batov, Yevropada Mangeym tizimi).
Yevropa va AQShda, XX asr boshida oquvchilarning individual, faol, mustaqil oquv ishlarini taminlashga qaratilgan koplab talim tizimlarining samaradorligi sinab korilgan. 1905 yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) oqituvchi Elena Park Xerst tomonidan birinchi bor qollanilgan talimning individuallashtirilgan tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U bazan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataydilar.
Birinchi universitetlar paydo bolishi bilan talimning maruza- seminar tizimi yuzaga kela boshlaydi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hech bir katta ozgarishlarga ega emas. Maruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, konsultatsiya va tanlagan kasbi boyicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar tizim sifatida oqishning asosiy shakllaridan biri bolib kelmoqda. Leksiya-seminar tizimi ozining sof korinishida oliy va oliy maktabdan keyingi talim amaliyotida qollaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |