Talimni tashkil etishning yordamchi shakllari.
Talimning yordamchi shakllari: togarak, konferensiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashgulot, oquv ekskursiyalari, oquvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashgulotlarning asosiy va barqaror turlariga oqish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, oquvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda ozlashtirilgan bilim, konikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, oquvchilarning individual layoqati, istedod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Fan togaraklari yonalishi, mazmuni, ish metodi, oqish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular oquvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, oqishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
Talimning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bolishi mumkin. Oquv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar boyicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli otkazish uchun oqituvchi unga puxta tayyorlanishi: obekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, tola rejani ishlab chiqishi, oquvchilarni bolajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.
Oquv rejasi turli fakultativ va tanlov boyicha kurslarni tashkil etishni kozda tutadi. Ular oquvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bogliqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari royxatini aniqlashda faqat oquvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi boyicha mashgulotlar majburiy va umumiy orta talim fanlari bilan uzviy bogliqlikda otkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya - oquv suhbati)ga talablar kopincha oquvchilarning malum oquv materiali yoki topshirigi ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda koproq oquvchi savol beradi. Togri tashkil etilgan konsultatsiya oquvchilarga oquv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida oqituvchi oquvchilar faoliyatini u yoki bu masalani togri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, organilayotgan materialni mohiyatini ochishga organadigan qilib yonaltiradi. Konsultatsiya oqituvchiga oquvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida etibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. Togri tashkil etilgan konsultatsiya oquvchilarda ozini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy koz bilan qarashni tarbiyalaydi. Oqimishlilik darajasini togri aniqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |