Ta’lim muassasasini bо‘linma va xizmatlarning gorizontal aloqadagi hamkorligi prinsipi bо‘yicha boshqarish modeli: bо‘linmalar, strukturalar, bо‘limlar, fakultetlar, ilmiy birlashmalar va kafedralarga birlashtirilgan. Ta’lim sifati monitoringi ijtimoiy boshqaruv nazariyasida boshqaruv siklining eng muhim, nisbatan mustaqil bо‘g‘inlaridan biri sifatida qaraladi. Monitoringni ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil funksiyasi sifatida qarash shartli bо‘lib, konseptual va operatsion jihatdan foydali. Real ta’lim jarayonida monitoring boshqaruvning barcha bо‘g‘in va bosqichlari bilan uzviy bog‘liq, shuning uchun uning jiddiy tavsiflarini faqat ta’lim muassasasi boshqaruvining boshqa bо‘g‘inlari bilan nisbatlash orqaligina tо‘liq о‘rganish mumkin. Kasbiy ta’lim kompleksini boshqarishning bir muncha boshqa modeli A. I. Rikov tomonidan taklif qilinadi. U uchta asosiy xizmatni о‘z ichiga oladi: Kasbiy ta’lim kompleksini boshqarishning bir muncha boshqa modeli A. I. Rikov tomonidan taklif qilinadi. U uchta asosiy xizmatni о‘z ichiga oladi: - kasbga yо‘naltirish (psixolog,tarbiyachilar, marketolog); - kasbiy ta’lim (maxsus va umumta’lim fan о‘qituvchilari, litsenziyalash va attestatsiya bо‘yicha о‘rinbosar); - kasbiy moslashish (mehnat monitoringi guruhi, birja). Bunday model ta’lim sifatini boshqarish funksiyasini litsenziyalash va attestatsiyalash bо‘yicha direktor о‘rinbosari xizmati zimmasiga yuklashni nazarda tutadi, biroq bu taxmin, xolos. Ochiq, о‘zini о‘zi rivojlantiradigan pedagogik tizim boshqaruvning shunday modeliki, uning yadrosi umumiy ta’lim muassasalari, band bо‘lmagan aholi bilan bog‘langan fanlararo markaz sanaladi. Bunday model ta’lim oluvchi shaxsiga maqsadli yо‘naltirilgan, uning о‘zini tо‘liq namoyon qilishi va ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishi uchun pedagogik sharoitlarni yaratadi.Amaldagi ta’lim muassasasi boshqarish modellari (tizimlari)ni tahlil qilib, ularning qator kamchiliklarini kо‘rsatish mumkin: - bu tizimlar tо‘lig‘icha ta’lim oluvchi shaxsiga, uning rivojlanishiga qaratilmagan; - ta’lim sifatini yaxshi nazorat qilmaydi; - tizimlar haddan ziyod markazlashgan (direktor о‘rinbosarlari va tuzilmaviy bо‘linma rahbarlari darajasida mustaqillik yetishmaydi); - pedagogik jamoa rivojlanishiga u qadar kо‘maklashmaydi; - tizimlar samarali pedagogik texnologiyalar rivojini ta’minlamaydi; - ta’lim muassasasi ichki va tashqi muhitdagi tezkor о‘zgarishlarga moslasha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |