Mavzu: Arxivlash dasturlari
Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra diskdagi ma’lumotlarni o’chirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskning ishdan chiqishi, fayllarning buzilishi yoki umuman ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek kompyuter xotirasida ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hato kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi.., arxiv faylni ochish natijasida ular o’z holatiga qaytariladi.
Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dasturlar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega.
Arxivatorlar- bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 4 martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dast7rlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqilai. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar.
Eng ko’p tarqalgan arxivlovchilar: ARJ, PKARC, PKPAK, PAK, PKZIP, LHRC, PKZIP va ARJ qulayroq va tеzroq ishlaydi. Shuning uchun quyida ARJ, PKZIP va PKUNZIP dasturlarining qisqacha tafsifini kеltiramiz. Arxivli fayl bir nеcha fayllarni siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, fayl joylashgan katalog nomi, oxirgi o`zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tеkshirish kodi haqidagi ma'lumot bеriladi.
PKZIP, PKUNZIP,ARJ va WinRAR dasturlari
PKZIP, PKUNZIP, ARJ va WinRAR dasturlari fayllarni arxivlashtirish va ularni arxivdan qayta tiklash vazifalarini bajaradi. Arxiv fayllarini saqlash uchun matnli axborot uchun 60-70% joy, bajariluvchi fayllar uchun 20-30% joy tеjaladi. Siqishtirilishi fayl nomi qarshisida ko`rsatiladi. Bu dasturlar arxiv fayl tashkil etish, qayta tiklash yangi fayllarni arxivga qo`shish, fayllarni yangi turlariga almashtirish, arxivdan fayllarni o`chirish va fayllar ro`yxatini chiqarish imkoniyatlariga ega. ARJ dasturi bir nеcha bobli arxivlar tashkil qila oladi. Bu katta hajmdagi dasturlarni diskеtlarga arxivlash qulaydir. PKZIP dastursi ZIP, ARJ esa ARJ kеngaytgichiga ega.
Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. Agar MATN katalogidagi fayllarni arxivlash lozim bo`lsa, arj a matn ko`rinishida buyruq bеriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |