Mavzu: Ta`lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohatlar Reja: Ta`lim sohasida rivojlantirish Ta’lim sohani asosiy maqsadi



Download 64,83 Kb.
bet1/6
Sana01.06.2022
Hajmi64,83 Kb.
#626629
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Uushhdb



Mavzu: Ta`lim sohasida amalga oshirilgan yangi islohatlar
Reja:
1. Ta`lim sohasida rivojlantirish
2. Ta’lim sohani asosiy maqsadi
3. Ta`lim sohasida rivojlantirishda ko’zda tutilgan rejalar

Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish islohoti. Bu islohot 11 yillik ta`lim tizimi bilan bog`liq.


Ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug’ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarning barchasi xalqimiz kelajagini, manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida”gi qarori (5.06.18) ham ana shu islohotlarning bir bo’g’ini sifatida qalbimizni g’ururga to’ldiradi.Ayniqsa, qarorning 7-bandidagi “oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul kilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov dvrsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi” belgilab berilgani e’tiborlidir. Bu yoshlarning mas’uliyatini oshirish bilan birga ilmga tasodifan kirib kelish,savodsizlikning oldini olishag yordam beradi. “Ustoz-shogird”tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining faol ishtiroki ta’lim sifatini oshirishga, jahon xamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egallayotgan mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini qurishda, shubhasiz, zarur deb o’ylayman.
Har bir davlat kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib bo’lmaydi. Shu jihatdan mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega bo’lish uchun ta’lim- tarbiya dargohlaridagi sharoitlarni birinchi navbatda sobiq sho’rolardan qolgan ta’lim-tarbiya tizimni tubdan o’zgartirish, hozirgi davr talablari darajasiga ko’tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etmoqda.
Kuchli ijtimoiy siyosat respublika iqtisodiyotini isloh qilishning eng muhim tamoyillaridan biridir.Ijtimoiy siyosat orqaligina shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari ro'yobga chiqishini ta'minlashga, oilalarning, har bir alohida insonning faravonligini yaxshilashga doir chora-tadbirlarning keng majmuasi amalga oshiriladi.
Barqaror jamiyat uchun bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo'nalishi zaruriy holatdir.Bu inson manfaati, himoyasi, uning turmush darajasi, muammosidan kelib chiqib, jamiyat bozor munosabatlari kommunikatsiyalariga, ular yuzaga keltiradigan salbiy oqibatlarga befarq bo'la olmaydi.O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash iqtisodiy islohotlar dasturidagi uzluksiz ustivor yo'nalishlardan biriga, ya'ni islohotlarning hamma bosqichlarida ustivor hisoblanadigan vazifalar qatoriga kiradi. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining yetakchi tamoyillaridan biri kuchli ijtimoiy siyosatdir.
Bugungi kunda oldimizga qo'ygan buyuk maqsadlarimizga ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri- bularning barchasi, avvalambor, zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz.
1997 yilda O'zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi, mazkur dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: - «Ta'lim to'g'risida» O'zbekiston Respubliksi qonuniga muvofiq ta'lim tizimini isloh qilish davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta'lim tizimini rivojlantirishni ta'minlash.

Download 64,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish