Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga oshiradi:
ta’limni sifat samaradorligini oshirish bo‘yicha me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganish;
sinfdan-sinfga ko‘chirish bo‘yicha yakuniy nazorat ishlarini, attestatsiya materiallarini tayyorlaydi;
fanlarning o‘qitilishi bo‘yicha maktab ichki nazorati natijasi bo‘yicha tanishish;
metodik ishlanmalar bilan tanishish maqsadida ochiq darslarni tashkillashtirish;
ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish ya’ni, fan bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini olib borish, fan bo‘yicha DTS ijrosi bo‘yicha yagona talab ishlab chiqish;
fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish tizimini ishlab chiqish;
fanlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini tahlil qilish;
o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiѐjini aniqlash va ularni ehtiѐjlari asosida malaka oshirish turlarini tavsiya etgan buyurtmalar berish hamda kurslaridan o‘tgandan so‘ng va ijodiy xizmat safarlaridan so‘ng tayѐrlagan hisobotlarini eshitish;
fan oyliklari, fan olimpiadalari, bilimlar sinovi, konkurslar, ilmiy konferensiyalarni uyushtirish;
hozirgi zamon talabi darajasida fan kabinetini, darsni jiho-z-lash maqsadida o‘quv ko‘rgazmali qurollar ta’minotiga erishish.
Metodbirlashmalarda muntazam o‘tkazib borish lozim bo‘lgan metodik tadbirlarning eng muhimlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Turli fanlar bo‘yicha metodbirlashmalar ichida fan o‘qituvchilaridan iborat trenerlar kengashi tuziladi va uning vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
maktabda muayyan fanning o‘qitilish ahvoli, berilaѐtgan ta’limning sifati, samaradorligini aniqlash, mavjud muammolarni tahlil qilish, kamchiliklarni bartaraf etishning ilmiy pedagogik jihatlarini o‘rganish va shu asoslarga tayangan holda pedagogik chora-tadbirlar rejasini tuzish;
tuman fan uyushmalari bilan kelishgan holda, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakasini DTSga moslik darajasini aniqlash uchun o‘quv dasturining bo‘limlariga muvofiq keladigan nazorat materiallarini ishlab chiqish;
o‘z o‘quv fani bo‘yicha DTS mazmunini ifoda etuvchi o‘quv-me’ѐriy hujjatlar bilan turli sinflar uchun ta’minlanganlik darajasini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif kiritish;
metodbirlashma a’zolarining ta’lim sifatini yaxshilashga oid takliflarini o‘rganib chiqish va ularni amaliѐtga tatbiq etish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;
fan o‘qituvchilariga muntazam tarzda dars samaradorligini oshirishga oid metodik tavsiyalar berib borish;
metodbirlashma a’zolarining o‘z ustilarida mustaqil, majburiy-ixtiѐriy ravishda malaka oshirishlariga amaliy ѐrdam ko‘rsatish maqsadida yangi chop etilgan metodik qo‘llanmalar, ilmiy metodik tavsiyalar, ilmiy adabiѐtlar, ta’lim sohasidagi muammolarni ѐrituvchi gazeta va jurnallar, boshqa turdagi metodik yangiliklar bilan tanishishlariga sharoitlar yaratish;
fan o‘qituvchilariga o‘z ustida mustaqil ishlashning ijodiy rejalarini tuzishda va unda o‘quv-tarbiya jaraѐnini hamda o‘z kasbiy mahorati va ilmiy-pedagogik malakasini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha yo‘nalishlarni to‘liq qamrab olishlariga metodik va amaliy ѐrdam ko‘rsatish;
metodbirlashmalar tarkibidagi ijodiy guruhlar o‘z navbatida jamoaning o‘ziga xos ―g‘oyaviy markazi‖ hisoblanib, ilg‘or ta’lim texnologiyasini joriy etish, yangi metodlarni qo‘llash borasida izlanish olib borish;
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarining DTSga moslik darajasini aniqlash bo‘yicha metodbirlashma tomonidan o‘tkaziladigan nazorat ishlari materiallarini o‘rganib, chuqur tahlil etish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash, xulosalar chiqarish hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilash.
2. Metodbirlashmalarda maktabdagi pedagogik muammolarning ma’lum yo‘nalishini hal etish sohasida, chunonchi, o‘qituvchilarning kompyuter savodxonligini oshirish, axborot-kommunikatsiya tizimlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish, ilg‘or pedagogik texnologiyani ta’lim jaraѐniga tatbiq etish masalalari bo‘yicha doimiy ish olib boruvchi seminar mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
3. Metodbirlashma muayyan fan o‘qituvchilarining har birida ―Ijodiy izlanish rejasi‖ (―SHaxsiy uzluksiz malaka oshirish rejasi‖) bo‘lishiga erishish va rejani bajarilishi haqida muntazam ravishda metodbirlashma yig‘ilishlari (zarur bo‘lganda, pedagogika kengashlari)da ijodiy ishlari taqdimoti o‘tkazib boriladi.
4. Metodbirlashmada fanlar bo‘yicha takomillashtirilgan- DTS va modernizatsiya qilingan o‘quv dasturlarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlovchi hamda tajribada sinab ko‘rilgan ilg‘or ta’lim metodlari banki vujudga keltiriladi.
5. Metodbirlashma faoliyatida ―Ustoz-shogird‖ an’anasiga amal qi-li-ngan holda, ѐsh mutaxassislarga tajribali pedagoglarni biriktirish, iqtidorli o‘quvchilar bilan yakka tartibda ѐki guruh tarzida ishlash tajribasi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda metodbirlashmalar ijodiy guruhlarining maktab metodik kengashi hamkorligida ishlab chiqilgan ―Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ular bilan muntazam shug‘ullanish yo‘li bilan ularning iste’dodini oshirishning majmua dasturi‖ga amal qilinadi.
Ushbu dastur o‘qituvchilarni yangilikka intilishga va izlanishga chorlovchi, mustaqil ravishda o‘z bilim va malakasini oshirib borishni ta’minlovchi, zamonaviy ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni erkin o‘zlashtirishlariga imkon beruvchi, ilmiy-metodik izlanish olib borishlariga sharoit yaratuvchi testlar, so‘rov-anketalari, metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim usullarining namunalari, shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari va xat hujjatlar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jaraѐnida shaxsning individualligi va o‘ziga xos xususiyatligiga e’tibor berish, o‘quvchining shaxsiy qiziqishlari va rivojlanishi, uning haѐtiy maqsadlarini ro‘ѐbga chiqarish vazifasining bajarilishi barcha bosqichlarida ta’minlanishi lozim. YA’ni, o‘quvchilarning qiziqishlari va iqtidoriga qarab o‘qitish tabaqalashtirilgan ѐki moslashtirilgan variativ shakl, metod va vositalar bilan qurollantirilishi lozim.
Maktab oldida turgan muhim pedagogik muammolardan yana biri, o‘qituvchilar jamoasining ilmiy-pedagogik va kasbiy mahorati, ularning salohiyatiga bog‘liq holda vujudga keladigan muammolarni hal etish, maktabda ijodkor o‘qituvchini aniqlash va uning faoliyatini o‘rganish tashxis dasturini ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu hujjat o‘qituvchilarni yangilikka intilish, izlanishga chorlovchi, mustaqil ravishda o‘z bilim va malakalarini oshirishni ta’minlovchi, ilg‘or ta’lim texnologiyalari bilan tanishishlari va ularni o‘zlashtirishlariga imkon yaratuvchi, ilmiy-metodik yangiliklarni qo‘llashga undovchi testlar, so‘rovnomalar, metodik ishlanmalar, interfaol ta’lim metodlarining tavsifi va namunalari, shuningdek, o‘qituvchi ijodkorligini aniqlashning reyting ko‘rsatkichlari kabi hujjatlar majmuasidan iboratdir.
O‘zini-o‘zi tahlil qilish uchun savollar:
1. Rivojlanaѐtgan maktab amalda faoliyat yuritaѐtgan maktabdan nima bilan farq qiladi?
2. Har doim ham maktab ―rivojlanaѐtgan maktab‖ hisoblanadimi?
3. Nima uchun ta’lim muassasasining muqobil metodik tizimini loyihalash rahbardan boshqaruvning innovatsion bilimlarini talab qiladi?
4. Diagnostik (tashxis), tabaqalashtirilgan, shaxsga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ѐndashuvlar o‘zaro qanday bog‘langan?
5. Maktab tashkilotining madaniyati xususiyatlarini bilish rahbarga nima beradi (ѐki qanday foydasi bor)?
Do'stlaringiz bilan baham: |