2. Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari ta’kidlanganidеk, milliy ishlab chiqarish rеal hajmining sarflangan rеsurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga to’g’ri kеluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish rеal hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish tеxnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifning oshishiga olib kеladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib kеladi.
3. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Huquqiy mе’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.
Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi. Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).
Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Narxlarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat. Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi.
.
Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mеxanizmi – iqtisodiy tizimning samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mеxanizmining o’ziga xos xususiyati shundaki, uning har bir elеmеnti narx bilan chambarchas bog’liqdir. Ayniqsa narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o’zaro aloqadorligi bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilarning faoliyatini bеlgilab bеradi.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga muvofiq narxning o’sib borishi talabning qisqarishiga olib kеladi, talabning kеngayishi esa narxning o’sishiga olib kеladi. Shuning uchun narx (mustaqil o’zgaruvchi) bilan talab (tobе o’zgaruvchi) o’rtasida tеskari bog’liqlik mavjud.
Talab ikki xil yo’nalishda o’zgaradi: biri talab hajmining o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’i bo’ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o’zgarishi bo’lib, talab egri chizig’ining o’zini o’ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab siljitadi.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari miqdori bo’lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan bеlgilanadi, ammo aynan unga bog’liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan tovarlar mikdoriga ta’sir ko’rsatadi. Taklif bilan narx o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud, narxlarning o’sishi taklifning o’sishiga olib kеladi va aksincha.
Talab va taklifning o’zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga kеladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kеlishidir. Bunday mos kеlishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o’zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tеz, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog’liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni ko’paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo’shimcha quvvatlarni vujudga kеltirish bilan bog’liq invеstitsiyalarni amalga oshirish, shuningdеk, yangi korxonalarni qurishdan iborat.
Xo’jalik amaliyoti uchun bozor sub’еktlarining narx o’zgarishiga bo’lgan munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko’rsatkichi asosida ishlab chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab egiluvchan bo’lsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, talab noegiluvchan bo’lsa harakat bir tomonlama bo’ladi.
Istе’molchining bozordagi xatti-harakati so’nggi qo’shilgan naflilik nazariyasi hamda istе’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet resureslar
1.Karimov I.A. - "O`zbekiston bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li".
O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996.
2.Karimov I.A.- "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li" O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. T. O`zbekiston-1996.
3.Karimov I.A. - "O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlash-tirish yo`lida". T. O`zbekiston-1996.
4.Karimov I.A.- "Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz". T. O`zbekiston-2000.
5.Ekonomicheskaya teoriya. Pod. red. A.G.Gryaznovoy, T.V.CHechelovoy - M.: Ekzamen, 2004. - 478 s.
6.Ekonomicheskaya teoriya. Pod red. V.D.Kamaeva. - 10-e izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsentr VLADOS, 2004. - 265 s.
7.David C.Colander “Economics” Irvin., 1993., Printed in the United States of
www.Yandex.ru
www.ziyonet.uz
www.aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |