Mavzu: Talab va taklif miqdorlarining mos kelishi. Bozor muvozanati Reja: Kirish



Download 40,84 Kb.
bet5/6
Sana15.01.2022
Hajmi40,84 Kb.
#369127
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyot praktikum

Narxga ta’sir qiluvchi omillar.

Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo‘ladi.Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agar tovarlarning ayrim turiga talab taklifga nisbatan baland bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi, yoki aksincha, taklif talabga nisbatan ko‘proq bo‘lsa, ijtimoiy qiymat o‘zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past boladi. Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha ko‘plab chop etilayotgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko'rsatuvchi omillar qatorida pulning qadr- qimmati e’tibordan chetda qolmoqda.



Holbuki, pulning qadr- qimmatining o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, milliy valutani chet el valutalariga ayirboshlash nisbatining o‘zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1300 so‘mga teng bolgan с hog‘da 10 dollar turuvchi qandaydir tovaming narxi 13000 so'm boladi. Agar, so‘mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so‘m- ga tenglashsa, u holda shu tovaming narxi 10000 so‘m boladi.
Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida to'xtal- masa ham boladi. Chunki sohq miqdori qancha ko‘p bolsa, narx darajasi shuncha yuqori bolishi hammaga ayondir. Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ко‘ rib chi- qilganda yanada yaqqolroq namoyon boladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifninghajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.  Bozor narxi- bu muvozanatlashgan narx bo lib, u birinchidan, tovarlarning sotilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydi.Qiymat va nafiilikni olchash vazifasi. Narxni qiymat va naflilikning puldagi ifodasi, deb aytamiz, chunki qilingan sarf- xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijaiarining natural ko'rsatkichlari ham mavjud (torma, kg, m2, m3, kvt-soat va hokazo). Bu ko'rsatkichlami shu hoUcha taqqoslab, umumiy ko‘rsatkichga keltirib bolmaydi. Barcha natural ko‘rsatkichlarning umumiy olchovi ularning pulda ifodalangan narxidir.
Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qo‘llaniladi. Joriy narxlar amaldagi narxlar bo‘lib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil (bazis yil) asos qilib olinib, ishlab chiqarishning natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. Yalpi milliy mahsulot, milliy daromad, real ish haqi va shu kabi ko‘rsatkichlar dinamikasi qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Chunki joriy narxlar inflatsiya tufayli o‘zgarishi va real iqtisodiy natijani ko‘rsat- masligi mumkin.
Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (konyunkturasi) talab va taklif hamda ulaming nisbatiga bog‘liq. Talabning ortishi muayyan tovami ishlab chiqarishni kengaytirishni, askincha holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini bildiradi.
Narx tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir ko'rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa foyda kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ta’sir ko'rsatadi. Narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o'zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z raqib- larini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanish- lari mumkin. Demak, narxni o‘zgartirib turish usuli raqobatda keng qo'llaniladi.Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi.
Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy dotatsiyalangan narxlar bo‘yicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjeti va turli xayriya mablag‘lari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bosqichida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur iste’molchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Masalan, bizning respub- likamizda 1991-yildan 1995-yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go‘sht, o‘simlik moyi, choy, sovun kabi mahsu- lotlar dotatsiyalangan narxlarda, cheklangan miqdorda sotildi. Ulaming dotatsiyalangan va haqiqiy narxlari o‘rtasidagi farq budjet mablag‘lari hisobiga qoplab borildi. Shunday qilib, narx bozor munosabatlarining vositasi sifatida bir-biri bilan uzviy bog'langan muhim vazifalami bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan-rejali iqtisodiyotdagidan farqli o‘laroq keng qamrovli xarakter kasb etmaydi. Shu o'rinda bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida narx shakllanishi stixiyali yuz beradi deb hisoblash noto‘g‘ri boladi. Bu mamlakatlarda narx har doim davlatning e’tiborida bolib, davlat tomonidan tartibga solib turiladi.

Xususan, jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bogliq narxlar davlatning diqqat markazida boladi. Davlatning narx orqali tartibga solishi - bu davlatning iqtisodiyotga ta’sir etishining asosiy ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.


Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad:

  1. takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishish;

  2. inflatsiya sur’atini pasaytirish;

  3. narx o'sishi va ish haqlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash;

  4. davlat korxonalarini subsidiyalash;

  5. davlat budjetiga zarur resurslami jalb etish

Davlat narx shakllanishiga narxni ma’muriy o'rnatilish;bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Narxni tartibga solishning to£g‘ri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo‘linishi quyidagicha: narxni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli:

  1. narxni muzlatilishi;

  2. narxni yuqori darajasini o‘matish;

  3. samaradorlik darajasini reglamentlash;

  4. davlat xarajatlarini tartibga solish;

  5. amortizatsiya me’yorini o'rnatish va b.

Davlat spirtli mahsulotlarga monopol «aksiz» narxlarini va transport tariflariga,xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona tariflarini belgilaydi. Davlatning narxga ta’sir etish shakllaridan biri — bu davlatning ishlab chiqarish xarajatlariga va u orqali narxga ta’sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan amortizatsiya xarajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin.
Davlat narx shakllanishiga, ishlab chiqaruvchiga yoki xaridorga davlat tomonidan maxsus qo‘shimcha to‘lab berish yo‘li bilan narxlarni pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx subsidiyasi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi.
Narxni tartibga solishda davlatning qat’iy o‘matgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab chiqaruvchilar mahsulotiga narxlar muhim o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni narx, dotatsiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda yuqoridir
Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar agrar sohaga yo'naltiriladi.
Narxlar, qo‘shimcha to‘lovlar orqah mahsulot ishlab chiqaruvchilami kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amaiga oshirishlari darajasida davlat fermerlik narxlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi va hajmi tartibga solinadi.
Barcha g‘arb mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi juda ham bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining alohida turlariga narxlarni tebranishining yuqori va quyi chegaralarini o‘rnatish hisoblanadi. Yevropa hamkorlik mamlakatlarida umumiy qishloq xo‘jaligi siyosati yuritiladi. Bu siyosatning dastagi bo‘lib, ichki va import narxlari o‘rtasidagi farqlami qoplovchi bojxona bojlari va kompensatsion to‘lovlar shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga mahsulotlarini Yevropadan jahon bozorlariga nisbatan past narxlarda olib chiqish imkoniyatini beruvchi kompensatsion to‘lovlar hisoblanadi. Bunday tizim nafaqat Yevropa qishloq xo‘jaligi salohiyatini saqlab qolish, qishloq xo‘jaligida ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirish, balki, G‘arbiy Yevropani yirik mahsulot eksportchisiga aylantirish imkonini beradi. Yevropa hamkorlik mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va qora metallurgiya sohasida(narxlami 15 % gacha qamrab oladi) narxlami milliy tartibga solish xususiyatlari mavjud. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari bo‘yicha qaromi Yevropa hamkorligining vazirlar Kengashi qabul qiladi, biroq qora metallurgiya mahsulotlari narxlari esa bazis narxlari orqali o‘matiladi.Tovar va xizmatlami sifatiga bog'liq bo‘lmagan holda narxning oshishi bevosita inflatsiyani yuzaga keltiradi. Inflatsiya pul birligini qadrsizlantiradi va xarid qobiliyatini pasaytiradi. Ishlab chiqarishdagi nomutanosiblik, avvalo, pul massa- sining tovar va xizmatlar massasiga mutanosib emasligi inflatsiyani keltirib chiqaruvchi sabab hisoblanadi va u tovar va xizmatlar bilan ta’minlanmagan pulni chiqarilishi bilan bog‘liqdir.
Inflatsiya darajasi joriy davr nandarida baholangan tovar va xizmatlar yig‘indisini o‘tgan davr narxlaridagi bahosiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Inflatsiya jamiyatni barqaror rivojlanishini izdan chiqaradi, ko‘zda tutilmagan taqsimlash jarayonlarini, kapitalni qayta taqsimlashni, bankdagi jamg‘armalarining qadrsizlanishi va boshqa muammolami keltirib chiqaradi.
Davlatning infiatsiyaga qarshi siyosati va uning zarurligi inflatsiya iqtisodiy o‘sishni pasaytirishi va ba’zi hollarda ishlab chiqarishni inqiroz sabablaridan biri bo‘lishi bilan asoslanadi. Infiatsiyaga qarshi siyosat — u yoki bu mamlakatda inflatsiyani keltirib chiqaruvchi aniq sabablar, uning darajasiga bog‘liq holda yuritiladi. Infiatsiyaga qarshi kurashishning turli usullari mavjud, xususan:

  1. nomonetar usullar - iqtisodiy faollikni o‘sishini, iqtisodiy samaradorlikni o‘sishini soliqlar orqali rag‘batlantirish;

  2. monetar usullar.

Hozirgi davrda G‘arb mamlakatlarida inflatsiya nisbatan yuqori darajada emas, yiliga 3,5 %-4 % oralig‘ini tashkil etadi. Markazlashgan-rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida MDH mamlakatlarida inflatsiya o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo'ladi. 1991-1995-yillarda inflatsiya yuqori darajaligi bilan xarakterlanadi. 1996-2003-yillarda esa inflatsiya darajasining pasayishi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. Buni YalM deflyator ko‘rsatkichida ham ko'rish mumkin, 0‘zbekiston Respublikasida 1993-yilda u 1170 % ni, 2002-yilda 152,7 % ni, 2004-yilda esa 104,7 % ni tashkil etdi. O'zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlashtirish dasturi doirasida quyidagilar amaiga oshirildi:
    • milliy valuta joriy qilinib, mustaqil pul muomalasi yo‘lga qo‘yildi;


    • pul muomalasida ilgari yuzaga kelgan giperinflatsion jarayonlar so‘ndirilib, inflatsiya darajasi nazorat qilish mumkin bo‘lgan darajaga tushirildi;


    • tovarlar va xizmatlar bozorida to‘lovga qobil jami talab bilan jami taklifni muayyan darajada baravarlashtirishga erishildi;


    • yonilg‘i-energetika resurslari hamda g'alla importini keskin kamaytirish, shuningdek, energetika resurslari va rangli metallami eksport qilishni oshirish hisobiga tashqi savdoda ijobiy saldoga erishildi.




Xulosa

Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtayi nazarida, ya’ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm g‘oyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlaming muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar harakatlarini belgilovchi ko‘rsatkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta’sir ko‘rsatadi.Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy nazariya — bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik nazariyalarining o‘zaro aloqalari va farqlari nuqtayi nazaridan, ya’ni maijinalistik nazariya tahlillari natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyandalari  Smit va D.Rikardolar qiymatning mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi.





Download 40,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish