2.11-rasm. Taklif elastik bo`lganda soliqni taqsimlanishi
Agar taklif noelastik bo`lsa, soliq yukining katta qismi ishlab chiqaruvchilar zimmasiga tushadi (2.12-rasm).
2.12-rasm. Taklif elastik bo`lmaganda soliqni taqsimlanishi
Misol. Biror A tovarga bo`lgan taklif elastikligi 0,6 ga, bir birlik mahsulotning narxi 8 dollarga teng. Taklif xajmi 12000 birlik bo`lsin.
Taklif bilan narx o`rtasida bog`liqlik chiziqli bo`lganda:
Taklif funksiyasi aniqlansin;
Faraz qilaylik, A tovarga talab funksiyasi vuyidagacha bo`lsin:
Qd=30600 7600P
Bu yerda, Qd - tovar miqdori, dona; P- tovar narxi, dollar.
Taklif xajmi 20% ga oshganda yangi muvozanat narx va ishlab chio`arish xajmi aniqlansin.
Yechish. Taklif funksiyasining umumiy ko`rinishi Qs=a+bP
Taklif funksiyasi uchun taklif elastikligi formulasidan foydalanib quyidagini yozamiz: ED=0,6, Pe = 8 va Qe=12000
EPS b QP dan foydalanib quyidagini yozamiz: 0,6 b12000 8 bundan esa b = 900. Endi aniqlangan va berilgan qiymatlarni taklifning umumiy funksiyasiga qo`yib a ning qiymatini aniqlaymiz:
12000 = a + 900×8 doll.
bundan a = 4800.
Demak, taklif funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega:
Qs = 4800+900P.
b) Taklif hajmini 20 foizga oshganda
QS' 1,2Qs 1,2(4800 900 P) 57601080P.
QD QS' muvozanat shartidan 30600 – 7600P = 5760+1080P P 2,86, Q 7376. 14
Misol. Shahar avtobus transporti chiptalarining muvozanat narxi 1doll. Bir kunlik yo`lovchilar soni 21600 kishi. Qisqa muddatli oraliqda talabning narx bo`yicha elastikligi EPS 0,2. Taklifning narx bo`yicha elastikligi EPS 1,0.
Qisqa muddatli oraliqda avtobus chiptalariga bo`lgan talab va
taklif funksiyalari aniqlansin.
Faraz qilaylik, benzin narxi oshib, ko`pchilik yo`lovchilar shaxsiy engil avtobillaridan foydalanmay qo`yishdi. Natijada avtobus chiptalariga talab 20 foizga oshdi. Chiptalarning yangi muvozanat narxi aniqlansin.
v) Shahar ma`muriyati chiptalarga bo`lgan narxni oshirishni man
qildi. Ushbu qaror yo`lovchilarga ko`rsatiladigan xizmatga qanday ta′sir qiladi?
Misol. Biror A tovarga bo`lgan talab va taklif funksiyalari quyidagi tenglamalar orqali berilgan bo`lsin.
QD 600100P QS 15050 P.
A tovar bozoridagi muvozanat ko`rsatkichlar aniqlansin.
Davlat ushbu sotiladigan A tovarning har bir donasi uchun 1,5
so`m soliq belgiladi. Ushbu tovarni sotuvchi va xaridorlarning qanchadan yo`qotishlari aniqlansin.
Echish. Bozorni muvozanat ko`rsatkichlarini Qd=Qs dan foydalanib aniqlaymiz: 600100P 15050P; Pe 3, Qe 300.
Talab va taklif chiziqlarini grafikda ifodalaymiz.
Soliq har bir sotilgan tovarga qo`yilgani uchun, taklif funksiyasi auyidagicha o`zgaradi, taklif chizig`i chapga yuqoriga S ' holatga suriladi.
QS' 15050(P 1,5) 7550P.
Yangi muvozanat nuqtani QD QS' tenglik orqali aniqlaymiz:
PE 3,5, QE 250.
Endi P2 ning qiymatini aniqlaymiz: 250=Qs=150+50P, P2 2.
Do'stlaringiz bilan baham: |