Ingliz David Yung va uning maslakdoshlari David Gartli, Djozef Pristli tomonidan yaratilgan assotsiatsiya psixologiyasi XVIII asr uchun progressiv ahamiyat kasb etgan. Ta’limotning mohiyati quyidagilarda o‘z aksini topadi: a) ongning murakkab xususiyatlari, jarayonlari va ularning mahsullari o‘zini o‘zi anglash; b) shaxs tomonidan o‘zining ≪Men≫ligini tan olish; d) o‘xshashlik, yondoshlik, kontrast mezonlarga egaligi.
XX asming boshlarida Germaniyada vujudga kelgan Vyursburg psixologiya maktabi tafakkumi o‘rganishga yo‘naltirilgan psixologik oqim sifatida muhim o‘rin egallaydi. Bizningcha, ushbu psixologik yo‘nalishning yirik namoyandalari tariqasida O.Kyulpe (1862-1915), K.Byuller (1879-1922), A.Messer (1867-1937), Ax Nartsis (1874-1946) va boshqalami ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.
Vyursburg psixologiya maktabi vakillari tafakkur jarayonining mazmuni va mohiyatini operativ tarzda fikr obyektiga tushirish va uzatish mumkin emas, degan tezisni yaratdilar. Ular tafakkurni tadqiq qilishning asosiy metodi o‘zini o‘zi kuzatish ekanligini tan oldilar. Tafakkur bilan nutq, tafakkur bilan hissiy obrazlar, tafakkur determinatsiyasi, uni tanlash xususiyati, masala va uni yechish vositalari kabi muammolar izchil ravishda o‘rganila boshlandi. O.Zelts esa tafakkurni yuksak bilish jarayoni sifatida eksperimental metodlar sistemasi yordami bilan tadqiq etdi. Intellektual operatsiyalarni ham nazariy, ham amaliy jihatdan tavsiflab berdi. Tafakkurni o‘rganish metodikalarini modifikatsiya qildi va invariantlarini yaratdi.
XX asrda ijodiy faoliyatini boshlagan shveysariyalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) intellekt muammosiga bag‘ishlangan yangi nazariyasini ishlab chiqdi. J.Piaje o‘z asarlarida “tafakkur” tushunchasi o‘miga aksariyat hollarda “intellekt” tushunchasini qo‘llaydi. J.Piajening intellekt nazariyasi ikkita o‘zaro bir-biriga bog‘liq jihatga ajratilgan bo‘lib, uning birinchisi intellekt funksiyalari, ikkinchisi esa intellektning davrlari to‘g‘risidagi ta’limotni o‘zida mujassamlashtiradi.
Intellektning asosiy funksiyalariga uyushqoqlik, tartiblilik, adaptatsiya kiradi. Intellektning adaptatsiya funksiyasi esa assimilyatsiya va akkomadatsiya jarayonlaridan tashkil topadi. U yosh davrga aloqador vaqt oralig‘ida shaxsning har xil xususiyatli tajribaga ega bo‘lishini bilish strukturasi deb ataydi. Nazariyaga ko‘ra, tashqi olamdan qabul qilinadigan axborotlar mohiyatining barchasi inson tomonidan o‘zIashtirilmasIigi mumkin, chunki assimilyatsiya hodisasi yuzaga keladi. Shu boisdan shaxsning ichki bilish strukturasi bilan axborotlar mohiyatining mos tushgan qismini qabul qilish mumkin, xolos.
Sobiq Ittifoq psixologiyasida tafakkur muammosi turlicha yondashuvlarga asoslangan holda o‘rganilgan. Ilmiy psixologiyani yaratishga intilish davridagi yirik fan namoyandalari (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin, V.V.Davidov, D.B.Elkonin, O.K.Tixomirov, P.P.Blonskiy, N.A.Menchinskaya, G.S.Kostyuk, M.N.Shardakov, S.L.Rubinshteyn, N.D.Levitov, V.A.Krutetskiy, Ye.N.Kabanova-Meller va boshqalar) chet el psixologlaridan farqli o‘laroq parapsixologik, psixoanalitik va boshqa yo‘nalishlardagi zaif tomonlarini tanqidiy tahlil qilib, o‘zlarining materialistik g‘oyalarini keng ko‘lamda yoyishga intildilar.
Bu bilan ular determinizm, ong va faoliyat birligi, taraqqiyot prinsiplarini izchil ravishda, mukammal tarzda shaxs kamoloti, psixikaning niohiyati va moddiy asoslari yuzasidan yangi g‘oyalar, omillar, mexanizmlar bilan uyg‘unlashtirib daliUashga muvaffaq bo‘ldilar. Fanning metodologiyasini yaratishga harakat qildilar. Sobiq Ittifoq psixologlarining bir qismi tafakkurni eksperimental tadqiq etishga kirishdilar va muayyan darajada muvaffaqiyatlarga erishdilar. Keyingi yillarda tafakkur psixologiya fanining boshqa tarmoqlarining tadqiqot predmetiga (pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi va hokazo) aylandi.
Mamlakatimiz hududida dunyoga kelgan buyuk ajdodlarimiz (Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad al-Motrudiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar) nazariyalarida ham tafakkur jarayoni o‘zining munosib о‘rnini egallagan. Ular bilishning ikki (aqliy va hissiy) bosqichiga asoslangan holda tafakkurni uning yuksak darajasi sifatida tahlil va talqin etganlar.
Tafakkuming tuzilishi, tarkiblari to‘g‘risida mukammal mulohazalar yuritganlar, ularning operatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirganlar. Tafakkuming ijtimoiy institutlardagi yuksak o‘rni, ahamiyati to‘g‘risida qat’iy tavsiflar berganlar. Uning rivojlanishi to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy fikrlarni ishonchli omillarga suyangan holda izohlashga muvaffaq bo‘lganlar.
XX-XXI asrlarda ijod qilgan va qilayotgan mamlakatimiz psixologlarining aksariyati (Rl.Ivanov, N.N.Negmatov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, K.Turg‘unov, B.A.Tokareva, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalar) tafakkumi pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi tarmoqlari tadqiqot predmeti nuqtayi nazaridan o‘rganganlar.
Ular o‘z izlanishlarida tafakkuming gender xususiyatlari, yosh davr tafovutlari, pedagogik texnologiyaning unga ta’siri, shuninga asoslangan holda tafakkurni uning yuksak darajasi sifatida tahlil va talqin etganlar. Tafakkuming tuzilishi, tarkiblari to‘g‘risida mukammal mulohazalar yuritganlar, ularning operatsiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirganlar. Tafakkuming ijtimoiy institutlardagi yuksak o‘rni, ahamiyati to‘g‘risida qat’iy tavsiflar berganlar. Uning rivojlanishi to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy fikrlarni ishonchli omillarga suyangan holda izohlashga muvaffaq bo‘lganlar.
XX-XXI asrlarda ijod qilgan va qilayotgan mamlakatimiz psixologlarining aksariyati (Rl.Ivanov, N.N.Negmatov, M.Vohidov, M.G.Davletshin, E.G‘.G‘oziyev, K.Turg‘unov, B.A.Tokareva, V.M.Karimova, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova va boshqalar) tafakkumi pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi tarmoqlari tadqiqot predmeti nuqtayi nazaridan o‘rganganlar.
Ular o‘z izlanishlarida tafakkuming gender xususiyatlari, yosh davr tafovutlari, pedagogik texnologiyaning unga ta’siri, shuningdek, mustaqil, ijodiy tafakkurni shakllantirish, fikrlash faoliyatida subyektlarning o‘zaro farqlari, taraqqiyot dinamikasi masalalarini tadqiq etishgan. To hozirgacha tafakkur psixologlarimiz uchun dolzarb muammo sifatida qaralmoqda.
Tafakkur jarayon sifatida psixologik jihatdan tadqiq qilish unday yo bunday bilish natijalarini hosil bo`lishiga olib keladigan ichki, yashirin sabablarni o`rganish demakdir. Tafakkurning bunday natijalari, mahsulotlari masalan, quyidagi omillardir: mazkur o`quvchi masalani echdimi eki echmadimi, o`quvchida masalani echish g`oyasi, rejasi taxminiy yuzaga keladimi yoki kelmaydimi, o`quvchida yangi tushunchalar yoki boshqa shu kabilar tarkib topadimi yoki tarkib topmaydimi. Psixologik fani mana shu faktlarni hammasini ichki, ya’ni fikrlash jarayoni jihatidan ochishga harakat qiladi. Buning bilan psixologiya psixik hodisa voqealarni faqat tasvirlab va ifodalab berish bilan cheklanmay, balki ularning qonuniyatlarini ko`rsatib beradi. Bunda psixologiya fani determinizm ya’ni sababiy bog`lanish printsipiga asoslanadi: tashqi sabablar ichki sharoit orqali amalga oshadi.
Kishining tafakkur faoliyati uchun uning faqat hissiy bilishi bilan o`zaro bog`liqligigina muhim ahamiyatga ega bo`lib qolmay, balki til bilan, nutq o`zaro bog`liqligi ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda inson psixikasi bilan hayvonlar psixikasi o`rtasidagi printsipial farqlardan biri namayon bo`ladi. Hayvonlarning elimentar, juda sodda tafakkuri hamma vaqt fakat ayoniy harakat tafakkurligicha qoladi. Nutq va tafakkur chambarchas bog`langandir. Odam nutq bo`lmasa, til vositalari bo`lmasa, fikr qila olmaydi. Nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo`lmasa nutq ham, til ham ham bo`lishi mumkin emas. Nutq bo`lmasa, tafakkur ham bo`lmaydi, til materiali bo`lmasa fikrni ifodalab berib bo`lmaydi. Faqat til yordami bilangina odamlar bir-biriga o`z fikrini ayta oladilar. Kishilik jamiyatida fikr almashinuv uchun avvalo bu fikrlar odamlarning ongida mustahkamlanishi zarur, shunda ham til bo`lishi albatta shart. Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalarida o`sdi, tafakkur mantiqiy formalari ishlab chiqildi. Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan bo`ladigan nutq aloqalari jarayonida o`sib boradi. Tafakkurning taraqqiet tarixida tilning roli qanchalik katta bo`lsa, tilning taraqqiyot tarixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlari, formalari va qoidalarini tuzishda ham ularning takomillashib borishida tafakkur ayniqsa katta ahamiyatga ega. Har bir kishidagi tafakkurning o`sishi shu kishi nutqining o`sishi bilan barobar bo`lganidek, shu kishi nutqining o`sishi ham undagi tafakkurning o`sishiga bog`liq bo`ladi. Shunday qilib tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir biri bilan chambarchas bog`langan, bir birini taqoza qiluvchi va bir biridan tashqarida o`sa olmaydigan hodisadir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Tafakkur — voqclikning umumlashtirib aks ettirilishidir. Biz ayrim-ayrim narsalarni va hodisalarni, masalan, alohida stolni yoki stulni idrok qilamiz va tasawur qilamiz, ammo umuman stol va stul to’g’risida, umuman mebel va umuman narsa to’g’risida esa fikrlashimiz mumkin. Umumiylash natijasida bir hukmningo’zida ayni vaqtda yakka bir narsa to’g’risidagina fikr qilib qolmasdan, balki, shu bilan birga narsalarning butun bir turkumi to’g’risida ham fikr yuritish mumkin. Masalan, «o’zbekistonning fuqarolari teng huquqlidiiiar» degan hukmda ayrim bir kishi haqida fikr yuritmasdan, balki o’zbekistonning hamma fuqarolari haqida fikr yuritiladi.
Xulosa
Narsa yoki hodisalar o’rtasidagi eng muhini bog’Ianishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Bunday bir misolni olib ko’raylik. Si/. qalamni barmoqlaringiz bilan stoldan 20 santimetr balandda ushlab turibsiz. Barmoqlaringizni ochib yuborsangiz qalam stol ustiga tushadi, uning taqillagani (tovushi) eshitiladi. Biz bu hodisalarni birin-ketin idrok qilamiz va ularni xuddi shu tartibda tasawur qilishimiz mumkin. Lekin biroz bunda hodisalarning ma'lum vaqt ichida birin-ketin sodir bo’lishini idrok qilamiz, xolos, ammo ayni vaqtda tafakkur yordami bilan bu hodi-salarning bir-biriga qonuniy bog’lanishidagi chuqurroq sabablar va bun-dan kehb chiqadigan natijalar ochiladi. Biz hodisalarning birin-ketin o’tayotganliginigina qayd qilib qolavermaymiz, balki birinchi hodisa bo’lgani uchun ikkinchi hodisa ro’y beradi, undan keyingi hodisalarning harqaysisi (masalan, tovush) oldingi hodisa ro’y berganligi uchun (qalam stolga urilganligi uchun) sodir bo’ldi, deb aniq aytamiz va oldingi hodi-saning ro’y berganligi keyin shu hodisani muqarrar keltirib chiqargan-ligini anglaymiz. Bu hodisalarda ularning ma'lum bir vaqt ichida birin-ketin sodirbo’Iganligini idrok qilganimizdan tashqari, uiar o’rtasida sabab-natija bog’lanishi, ya'ni qonuniy bog’lanish bor, deb aniq qilib aytamiz. Biz bu sabab-natija tariqasidagi bog’lanishning o’zini bevosita idrok qila olmaymiz, uni sezgi organlarimiz vositasi bilan his qilolmaymiz (ko’rmaymiz, ushlab ko’rmaymiz,
Do'stlaringiz bilan baham: |