Mavzu: Tadbirkorlikni tashkil etishda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirishning me’yoriy huquqiy asoslari



Download 23,06 Kb.
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi23,06 Kb.
#728435
1   2   3
Bog'liq
Birinchi mavzu matni

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun quydagi choralar taklif etilmoqda.
Avvalo, biznesning barcha darajadagi davlat organlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari hamda banklar bilan o‘zaro munosabatlarida raqobatning ustuvorligi, «sukut - alomati rizo», «ikkita o‘rniga bitta» kabi yangi ilg‘or tamoyillar asosida o‘rnatish taklif etildi. Ularning mohiyati,
birinchidan, milliy qonunchilik uchun mutlaqo yangi institutlar, Ikkinchidan, ushbu tamoyillar orqali davlat va biznesning manfaatlari o‘zaro teng mavqeda ko‘rilmoqda. Masalan, «gilotina» tamoyiliga asosan, o‘zidan yuqori yuridik kuchga ega, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmaydigan yoki biznes yuritish sharoitlarini yomonlashtiruvchi hujjatlar, ular qabul qilingan vaqtdan e’tiboran olti oy o‘tgach, avtomatik tarzda o‘z kuchini yo‘qotadi. Davlat tomonidan tartibga solish darajasini ahamiyatli darajada qisqartirish maqsadida ayrim nazorat funksiyalarini fuqarolik jamiyati institutlariga o‘tkazish taklif etilgan. Bundan tashqari, nazorat funksiyalarining bir qismini javobgarlikni sug‘urtalash,
sertifikatlash, vakolatlarni xususiy akkreditatsiyalangan tashkilotlarga o‘tkazish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi PF-5087-son “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish yaratilmoqda, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni
bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik subektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.
Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 55 turdagi litsenziyalar va ruxsat etuvchi hujjatlarni bekor qilish, shu bilan birga, 58 turdagi litsenziyalar va ruxsatnomalarni 26 turga birlashtirish bo‘yicha taklif tayyorlandi. Masalan, farmasevtika, tibbiyot, veterinariya, turizm va bojxona sohalari, ulgurji savdo, avtotashuvlar, birja faoliyati sohalaridagi litsenziyalarni turlarga qarab birlashtirish. Ayrim turdagi faoliyatlar uchun litsenziyalarning amal qilish muddatini cheklanmagan holda berish taklif etilmoqda. Ilg‘or chet el tajribasini hisobga olgan holda tadbirkorlik sub’ektining yangi shakli - xodimlarining soni kichik korxonalar uchun belgilangan sondan ortiq, lekin ko‘pi bilan besh yuz nafar kishidan iborat bo‘lgan o‘rta korxonalar toifasini joriy etishni taklif qilinmoqda. Ularga nisbatan kichik biznes uchun sevimli bo‘lib qolgan soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash mumkin, bunda faqat 10 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovi va 20 foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash maqsadga muvofiq. Shundan sababli, tadbirkorlik sub’ektlarining toifalarini aniqlashning yagona mezonlarini joriy qilish va bu real daromadlarning yashirilishiga yo‘l qo‘ymaslik va soliq ma’murchiligining soddalashtirilgan tizimini qo‘llash uchun eng muqobil yechim hisoblanadi. Shu bilan birga, soliq tizimining barqarorligi biznes uchun juda muhimdir.
Investitsion qarorlar qabul qilish uchun qonunchilikdagi, jumladan, soliq qonunchiligidagi tez-tez o‘zgarishlar eng katta to‘siq hisoblanadi. Shu sababli yangi soliq tizimini joriy etish uchun shoshilmaslik kerak. Uni chuqur o‘ylab chiqish, biznes hamjamiyati vakillari bilan muhokama qilish va shundan keyingina ushbu tizimni joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish lozim. Yangi soliq tizimi joriy etilganidan keyin uning uzoq vaqt mobaynida barqarorligini saqlab turish kerak.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning yagona tartibini joriy etish bunda yer uchastkalarini berishga doir materiallarni vakolatli organlarda ko‘rib chiqish va kelishish axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Bu esa ariza beruvchilarni «otangga bor, onangga bor» qabilidagi ortiqcha vaqt o‘g‘irlash holatlaridan bartaraf etadi.
Shu bilan birga resurslarni tartibga solingan narxlar bo‘yicha taqsimlash tartibini bekor qilish ham taklif etilmoqda. Bunda tadbirkorlar barcha resurslarni
birja orqali mutlaqo shaffof ko‘rinishda sotib olish imkoniga ega bo‘ladilar. Tadbirkorlarga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini oldindan to‘lovlarsiz, akkreditiv ochmasdan hamda bankning kafolatini rasmiylashtirmasdan turib, eksport kontraktini siyosiy va tijorat xavf-xatarlaridan sug‘urtalash bo‘yicha polis mavjud bo‘lmagan taqdirda ham amalga oshirishga ruxsat betilishi taklif qilingan. Masalan, o‘z faoliyatini kamida oxirgi uch yil mobaynida amalga oshirayotgan, avvalgi yil mobaynida eksportga mahsulot yetkazib bergan hamda ilgari amalga oshirilgan eksportga mahsulot yetkazib berishlar bo‘yicha debitorlik qarzlari
bo‘lmagan tadbirkorlarga nisbatan ushbu chorani qo‘llash mumkin. Hozirgi kunda o‘z mahsulotlarimiz uchun «Best in Uzbekistan» yagona eksport brendini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqilmoqda. Ko‘plab davlatlar o‘z mahsulotlarini mamlakatning yagona brendi ostida sotuvga chiqarishni allaqachon boshlab yuborishgan. Ushbu yondashuv marketing va o‘z tovarlarini tashqi bozorlarda reklama qilish funksiyasining qisman davlatga topshirilishi hisobidan ishlab chiqaruvchilarning ushbu funksiyani amalga oshirish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bunday harakatlar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlarning xaridorgirligini va ularga bo‘lgan talabni bir necha martaga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Yuqoridagi choralarning barchasi mamlakatimiz rahbariyatining topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatidagi eng dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan hujjat loyihalarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur hujjatlar loyihalari joriy yil 16 avgustda O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Tadbirkorlar o‘zlarining konstruktiv takliflari bilan ushbu jarayonda faol qatnashmoqdalar. Masalan, qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga tadbirkorlik sub’ektlaridan 200 dan ortiq taklif kelib tushgan. Mazkur chora-tadbirlar, jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barcha takliflar mamlakatimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun kuchli turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta xo‘jalik yurituvchi subektlarni, individual mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslarni hisobga olish, barchasining manfaatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi samarali tashkil qilish maqsadida tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarning respublika va hududiy palatalari faol faoliyat olib bordilar.
Bu davrda jahon tajribasida kam uchragan, O‘zbekistondagi barcha shakldagi kichik biznes subektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning maxsus mexanizmi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Mazkur mexanizmga asosan xususiylashtirishdan tushgan barcha mablag‘lar milliy iqtisodiyotning nodavlat sektorini, shakllantirish va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun sarflandi.
Bu tizimga asosan, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ni 50 % Respublika “Biznes-fondi”ga yo‘naltirildi, fond esa o‘z navbatida fuqarolarning o‘z mablag‘lariga asoslangan kichik va o‘rta biznesga, xo‘jalik yurituvchi kichik subekt shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kreditlarga sarfladi.
Mablag‘larning 20% ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va assortimentini ko‘paytirishga hamda investitsiyalarni yo‘naltirishga muxtojlik sezayotgan xususiylashtirilgan kichik va o‘rta korxonalarga berildi. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘ning qolgan 20% ijtimoiy sohani rivojlantirishga, bozor infratuzilmasini shakllantirishga hamda 10 % mintaqalarni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturini hududlarda amalga oshirish jarayonida sarflandi.
Oliy Majlisning “Tovarlar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobatni rivojlantirish”, “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar kafolatlari”, “Yer Kodeksi”, “Soliq Kodeksi”, “O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi jamg‘armalarni tashkil qilish”, “Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish” to‘g‘risidagi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini hududlarda yanada takomillashtirishga oid huquqiy kafolatlangan baza yaratildi va qo‘yidagi yutuqlarga erishildi:
-davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan mulkni, obektlarni sotib olishda yuridik, jismoniy va xorijiy shaxslarning mablag‘lari bo‘yicha dekloratsiyalash talab etilmadi hamda tanlov asosida, xususiy mulkni sotib olish imkoniyati yuzaga keldi;
-respublika bo‘yicha valyuta bozorini tashkil etish va takomillashtirish hamda mavjud muomaladagi valyuta resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida jismoniy shaxslarga chet el valyutasida hisob raqamlari ochish hamda ulardan foydalanish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi;
-O‘zbekistonning barcha fuqarolariga tovarlarni chetdan sotib olish va ichki bozorni to‘yintirishni ta’minlaydigan xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, mayda ulgurji oilaviy asosda tashkil etilgan mikrofirmalarni tashkil etish uchun ularga milliy hamda xorijiy valyutada kredit berish mexanizmi joriy etildi;
-respublika va chet el fuqarolari tomonidan, O‘zbekistonda naqd xorijiy valyutalarini olib kelish hamda olib chiqishdagi cheklovlar bekor qilindi; Kichik biznesning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida “Dehqon xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi hamda qishloq joylarida ular faoliyatini kengaytirishga imkoniyat yaratildi. Ularning huquq va majburiyatlari, yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish yo‘nalishlari belgilandi va ular faoliyatini rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqildi.
Tadbirkorlik subektlarining manfaatlarini himoya qiluvchi va muvofiq lashtirib turuvchi markaz “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palata”si tashkil etilishi tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur palata – bu tarmoqlardagi yirik xo‘jalik yurituvchi birlashmalar
tarkibiga kirmaydigan kichik, o‘rta, xususiy tadbirkorlik subektlarini a’zolik shartnomasi birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot sifatida faoliyat yuritdi. Mazkur palataning hududlardagi boshqarmalari tuzilib, tadbirkorlik subektlariga tashqi bozorlarga chiqishda ham amaliy yordam berdilar.
Mazkur yilda hududlardagi kichik biznes subektlarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish jarayonida qator muammoli vaziyatlar kuzatildi. Jumladan:
bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash;
ular tomonidan jamiyat, davlat manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish;
kichik biznes subektlari faoliyatini rag‘batlantirish hamda resurslarni adolatli taqsimotini amalga oshirishga erishish;
ularning axborot resurslari bilan muntazam ta’minlashdir.
Download 23,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish