Aylanish tеzligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan bеlgilanadi: n=A/a; a=A/n.
Xulosa
1. Xo'jalik yuritishning bozor tizimiga o'tish — iqtisodiyotning tadbirkorlik
turiga o'tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorhk,
tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yan-gicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi.
2. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi.
3. Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslaming eng optimal variantda qo‘llanilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi.
4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum
darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga
oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shartsharoitlar
majmuasi tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, bozoming rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli.
5. ≪Tadbirkorlik≫ va ≪biznes≫ tushunchalari mazmun va mohiyatan
bir faoliyatni anglatadi. Ammo faoliyatning novatorlik tomoni haqida gap borganda ≪tadbirkorlik≫ tushunchasi ishlatiladi.
6. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining quyidagi
shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik,
mas’uliyati cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik
jamiyatlari. Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo
bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozormi rivojlantiradi, iqtisodiyotga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, aholining keng
qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yixati:
Shodmonov Sh.Sh., G ‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). — T.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2005. — 784 b.
O ‘lmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. — Т.: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006.-4 8 0 b.
Bekmurodov A.SH., G ‘afurov U.V. 0 ‘zbekiston — iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda islohotlami chuqurlashtirishning yangi va yuksak bosqichi yo‘lida: 0 ‘quv qo‘llanma. — Т.: Iqtisodiyot nashr, 2008. - 128 b.
Shodmonov Sh.Sh., G ‘afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni «Fan va texnologiya» nashr, 2008. -3 1 4 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |