Mavzu: tabiiy resurslardan oqilona foydalanish. Reja


Ekologik hamkorlikning zaruriyati



Download 45,85 Kb.
bet8/9
Sana17.01.2022
Hajmi45,85 Kb.
#382524
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH

Ekologik hamkorlikning zaruriyati.

Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik xalokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 6,5 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosida amalga oshirilgandagina o‘z samarasini berishi mumkin. Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta’siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko‘plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum bo‘lib qoldi.

Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi: 1. Atrof muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma va konvensiyalar; 2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.

Turli davlatlarning atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‘nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko‘chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e’tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish xaqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqapo konvensiya 1931-yilda tuzilib, unda Anktarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan edi.

Bizga ma’lumki O`zbekistonning tabiati va tabiiy boyliklari nihoyatta xilma xil bo`lib, ularni o`rganish va tadqiq etish ko`p jihatdan dolzarb masala hisoblanadi. O`zbekistonning tabiatini mukammal tarzda o`rganish uchun uning hududlarini tabiiy geografik rayonlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Negaki hududi katta bo`lgan O`zbekistonning turli qismlarida tabiiy geografik xususiyatlar ham turlichadir. Ya’ni hududlar o`rtasida tabiiy geografik xususiyatlar jixatdan o`ziga xos tafovut yuzaga kelgan. Buni biz eng avvalo mamlakatning turli hududlari bo`ylab turlicha joylashgan relyef, iqlim, suv va tuproq resurslari hamda yer osti foydali qazilmalari misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin.

Masalan Farg`ona vodiysi bilan Qizilqum cho`li o`rtasida tabiiy geografik tafovut juda kattadir. Farg`ona vodiysi bilan Qizilqum o`rtasidagi tafovutlarni biz eng avvalo ularning relyefida, iqlimida, tabiiy boyliklarida, geologiya va geomorfologiyasida ko`rishimiz mumkin. Relyefiy jixatdan olib qaraganda Farg`ona vodiysi to`rt tomondan tog`lar va adirlar bilan o`ralgan hudud (vodiy) hisoblansa, Qizilqum cho`li esa asosan tekisliklardan va kichik maydonlarda yemirilib pasayib qolgan past tog`lardan iborat. Iqlimiy jixatdan esa Farg`ona vodiysi mo`tadil iqlim harakteriga ega, yog`ingarchilik nisbatan yuqori, qishki va yozgi xarorat o`rtasidagi amplituda nisbatan past bo`lgan o`ziga xos qulay tabiiy sharoitlarga ega hudud hisoblanadi. Qizilqum cho`li esa Turon tropik iqlimi xukm surgan, yog`ingarchilik juda past, bug`lanish esa juda yuqori, yozda xarorat juda issiq, qishda esa juda past (ya’ni qishki va yozgi xarorat o`rtasidagi amplituda yuqori) bo`lgan noqulay tabiiy sharoitlarga ega hudud hisoblanadi. Shu kabi misollarni ko`plab keltirish mumkin. Mamlakatimizning tabiiy sharoitlari va xususiyatlarini chuqurroq anglash iqtisodiyotda ham muhimdir. Negaki xo`jalik tarmoqlarini qulay o`ringa joylashtirish ko`zlagan natijalarni beradi. Misol uchun qishloq xo`jaligida paxtani yetishtirish uchun eng qulay hududlardan biri bu Farg`ona vodiysidir. Sababi paxtaning yaxshi unib o`sishi va yuqori hosil berishi uchun kerak bo`lgan barcha tabiiy sharoit Farg`ona vodiysida mavjuddir. Ammo paxta yetishtirish uchun Qizilqum cho`lida yetarli sharoit mavjud emas. Shuning uchun bugungi kunda paxtaning asosiy qismi Farg`ona vodiysida yetishtiriladi.

Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki mamlakatni tabiiy geografik rayonlarga ajratish va ularning tabiiy xususiyatlarini mukammal tarzda tadqiq etish, o`rganish ushbu kurs ishining dolzarb ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. O‘zbekiston hududini tabiiy geografik rayonlashtirishga oid ma’lumotlar L.S.Berg, R.I.Abolin, I.P.Gerasimov, A.N.Rozanov, E.P.Korovin, V.N.Chetirkin, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, E.M.Murzayev, T.V.Zvonkova, N.A.Gvozdetskiy va boshqa geograflarning ilmiy ishlarida mavjud.

Ko‘p olimlar O‘zbekistonni rayonlashtirishda regional tamoyiliga asoslanib tabiiy geografik rayonlashtirganlar. Ana shunday ishlardan eng keyingi va asosiylaridan biri L.N.Babushkin va N.A.Kogayning izlanishlari bo‘ldi. Ular (1964-1965) ko‘pgina mualliflar ishlarini o‘rganib va ulardan foydalanib hamda. O‘rta Osiyo tabiatini uzoq vaqt davomida tekshirish asosida regionning yangi tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasini ishlab chiqdilar.




Download 45,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish