3.2.
Tabiiy
resurslardan
samarali
foydalanishni
va
ekologik
samaradorlikni ta’minlashda soliqlarning ta’sirchanligini oshirishning
ustuvor yo’nalishlari.
Biz xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanish
samaradorligini oshirish vositalaridan biri bo’lgan tabiiy resurs soliqlari
mexanizmidagi mavjud muammolar, ularni tabiiy resurslardan foydalanishiga
salbiy ta’siri va bu boradagi ularni bartaraf etishga qaratilgan biz tomonimizdan
taklif qiladigan takomillashtirish masalalari, shuningdek, tabiiy resurs soliqlarining
tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ahamiyatini
oshirish yo’llarini ko’rib chiqdik.
Yuqoridagi fikrlarimizni umumlashtirib, tadqiqotlarimiz davomida amalga
oshirgan nazariy mushoxada va amaliy materiallarimizga asoslangan holda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali foydalanishini va ekologik
61
samaradorlikni oshirishni ta’minlashga qaratilgan soliqlarning ta’sirchanligini
oshirishning ustuvor yo’nalishlarini karib chiqamiz.
Tahlililarimiz natijalariga asoslangan holda aytishimiz mumkinki, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishi
hamda ekologik samaradorlikni ta’minlashda soliqlarning ta’sirchanlik ahamiyatini
oshirish masalalarini ikki yunalishda amalga oshirish mumkin.
Birinchidan,
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan
foydalanishi yoki atrof tabiiy muhitga etkazadigan ta’siriga ko’ra maxsus
soliqlarni, ya’ni tabiiy resurs soliqlarini joriy etish orqali ularning tabiiy
resurslardan samarali va oqilona foydalanishiga, atrof tabiiy muhitga kamroq
salbiy ta’sir ko’rsatishiga iqtisodiy jihatdan ta’sir ko’rsatiladi, ya’ni ularning bu
boradagi faoliyatiga bilvosita tartibda ta’sir ko’rsatiladi. Xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning imkoni boricha cheklangan resurslardan samarali va oqilona
foydalanish hisobiga foyda qismini oshirishga bo’lgan faoliyati rag’batlantiriladi,
aks holda ular soliq majburiyatlarining oshishi hisobiga jazolanadi.
Ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va
oqilona foydalanishga, atrof tabiiy muhitni sog’lom bo’lishiga erishishga
qaratilgan faoliyati boshqa turdagi soliqlar, masalan, foyda solig’i, mol-mulk
solig’i kabi soliqlardan imtiyozlar berish orqali bevosita rag’batlantiriladi. Ushbu
yo’nalish bo’yicha respublikamiz soliq tizimida quyidagi elementlar amal qiladi:
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i buyicha ikkita imtiyoz ko’zda
tutilgan bo’lib, ularning birinchisiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq
solinadigan foydasi ekologiya organlariga beriladigan badallar summasi soliq
solinadigan foydaning bir foizidan ko’p bo’lmagan miqdorida kamaytirilsa,
ikkinchisi esa, yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi tabiatni muhofaza
qilish tadbirlarini o’tkazishga ketgan xarajatlarning o’ttiz foizi summasiga
kamaytiriladi.
Bundan tashqari foyda solig’i mexanizmida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan suv xo’jaligi tizimlaridan belgilangan limitlardan ortiqcha olinadigan
suv uchun to’lov jazo chorasining bir turi sifatida qo’llaniladi. Ya’ni, ushbu
62
ortiqcha to’lov foyda solig’i bazasiga qayta qo’shiladigan xarajat sifatida tiklanadi
va qonunchilikda belgilangan foyda solig’i stavkasi miqdorida soliqqa tortiladi.
Yuridik
shaxslarning
mol-mulkiga
solinadigan
soliq
hisoblab
chiqarilayotganida esa soliq solinadigan baza tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-
tozalash maqsadida foydalaniladigan ob’ektlarning qiymatiga kamaytiriladi.
Demak, yuqoridagilardan aytishimiz mumkinki, respublikamizda xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishi,
ekologik samaradorlikni oshirishga qaratilgan soliq siyosati asosan tabiiy resurs
soliqlari orqali amalga oshiriladi. Boshqa soliq turlari bo’yicha ekologik
samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan soliq imtiyozlarining kamligi esa, ularning
bu jarayonga ta’sir doirasi bevosita bo’lsa-da, kamligicha qolayotganligini
ko’rsatadi.
Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, respublikamizning amaldagi soliq tizimida
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq
foydalanilganlik, atrof tabiiy muhitga me’yordan ortiq zarar etkazganlik uchun
jarimalar amal qilsa-da, ular boshqa rivojlangan mamlakatlar soliq amaliyotidagi
mavjud holatdan ancha kamni tashkil etadi. Tabiiy resurslarning cheklanganligi,
ularni ko’pchilik qismining qayta tiklanmasligi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi
kuchayib borayotganligidan kelib chiqqan holda, bizningcha, tabiiy resurslardan
me’yoridan ortiq foydalanilganlik, atrof tabiiy muhitga me’yordan ortiq zarar
etkazganlik uchun jarimalar miqdorini oshirish lozim.
Mamlakat soliq tizimida tabiiy resurs soliqlarining rolini oshirish, ular orqali
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan tejamkorlik va oqilona
foydalanishini ta’minlashga erishish mumkin.
Bunda faoliyati bevosita tabiiy resurslarga bog’liq bo’lgan (ayniksa, yer osti
boyliklaridan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan yuqori darajada soliqlar
joriy etish, ishlab chiqarishning keyingi bosqichidagi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga esa, kamroq darajada soliqlar joriy etish asosiy yunalish sifatida
belgilanishiga qaratilgan soliq islohotlarini olib borish lozim. Natijada, bir
tomondan, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini tabiiy resurslar miqdori
63
va sifatiga bog’liq bo’lib qolishining oldi olinsa, ikkinchi tomondan esa, xo’jalik
yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan imkon darajasida kam foydalangan
holda ulardan ko’proq foyda olishi rag’batlantiriladi. O’z navbatida tayyor
mahsulot ishlab chiqaruvchi va infrato’zilmani rivojlantirishga qaratilgan soliq
imtiyozlari esa soxalar rivojlanishini ta’minlaydi va ular tomonidan ishlab
chiqarilgan tovar (ish, xizmatlar)ning mamlakat milliy daromadidagi ahamiyatini
oshirishga xizmat qiladi. Qayd etilganidek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning
tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishga, atrof tabiiy muhitni sog’lom
bo’lishiga erishishga qaratilgan faoliyatini foyda solig’i, mol-mulk solig’i kabi
soliqlardan imtiyozlar berish orqali bevosita rag’batlantirish mumkin.
Mazkur bobni yoritish davomidagi taklif va tavsiyalarimizni umumlashtirgan
holda quyidagilarni qayd etishimiz mumkin:
Respublikamiz amaliyotidagi tabiiy resurs soliqlarining xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanishini rag’batlantirishdagi ahamiyati
etarli emasligidan kelib chiqqan holda tabiiy resurs soliqlariga ustuvor ahamiyat
qaratish va bunda birinchi navbatda ular mexanizmida xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning tabiiy resurslardan foydalanish jarayoni bilan bog’liqlikni
kuchaytirish lozim.
Shuningdek, ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tartiblari bo’yicha soliqqa
tortilmay qolayotgan tabiiy resurlarni bosqichma-bosqich soliqqa tortish
mexanizmini joriy etish lozim.
Respublikamizda tabiiy resurslardan samarali foydalanishni va ekologik
samaradorlikni ta’minlashda soliqlarning rag’batlantiruvchilik ahamiyatini
oshirishning ustuvor yunalishlarini amaliyotga tatbik, etish lozim. Bunda yildan-
yilga soliqlarni kamaytirishga qaratilgan davlat siyosatini ma’qullagan holda, soliq
tushumlari tarkibida tabiiy resurs soliqlari, ayniqsa atrof tabiiy muhitni
ifloslantirish bilan bog’liq soliqlarga va bunda tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq
foydalanilganlik, atrof tabiiy muhitga me’yordan ortiq zarar etkazganlik uchun
jarimalarga ustuvor ahamiyat qaratilishi, ularni davlat budjeti daromadlarini
shakllantirishdagi ahamiyatini oshirishga ustuvorlik berilishi lozim.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |