Tushuntirish - bayonning bir turi, unda yangi tushunchalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bog’lanishi, tobe‘lik belgilanadi, ya‘ni u yoki bu hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada uzun tun va qisqa kun bo’ladi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashinib turadi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko’pincha u muhokama qilish bilan uyg’unlashadi. Muhokama qilish - bayon qilish bo’lib, unda o’quvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida va isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu turidan o’rganilayotgan hodisani (masalan, o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga iqlimning ta‘siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur bo’lganda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |