Kirish suhbati. Kirish suhbatidan yangi bo’lim yoki yangi mavzuni o’rganish oldidan foydalaniladi. Uning maqsadi darsda o’rganiladigan masala bo’yicha tasavvurlarni aniqlash yoki tiklashdir. Chunonchi, 3-sinfda “Manzarali o’simliklar” mavzusini o’rganishga kirisha turib, kirish suhbati vaqtida bolalarga ushbu savollarni berish kerak: Manzarali o’simliklarga misol keltiring? Ular qanday o’sadi? Siz qanday manzarali o’simliklarni bilasiz? Siz qanday texnika o’simliklarini bilasiz? faqat shundan keyingina o’qituvchi yangi materialni tushuntirishga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |