Birinchi bosqich - o’quvchilarning bo’lajak faoliyatlarining tahlili. Ularning maktabni
bitirgandan keyin o’rta maxsus yoki oliy o’quv yurtlarida o’qishi
yoxud kasbiy faoliyatlarining tahlili.
Ikkinchi bosqich - shu tahlildan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyani
ishlab chiqib, unga ta'limning har bir bosqichida, sinfda o’quv
fanlarining mazmunini belgilash. Ta'limni diagnostik asosda
maqsadini jamiyat manfaatlari nuqtai nazardan belgilash.
Uchinchi bosqich - belgilab olingan ta'lim mazmuni asosida o’quvchilarning
o’quv yuklamasi, kerakli vaqt me'yorini aniqlash.
To’rtinchi bosqich - didaktik jarayonni amalga oshirish uchun ta'limning tashkiliy
optimal shakllarini tanlash va shunga muvofiq o’qitish vositalarini
aniqlash.
Beshinchi bosqich - didaktik maqsadni amalga oshirish uchun o’quvchilarning
qiziqishlarini hisobga olgan holda mavzular, aniq darslar bo’yicha
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish.
Oltinchi bosqich - ta'lim maqsadi asosida o’quv topshiriqlar tizimini ishlab
chiqish va uni ta'lim jarayoniga joriy qilish.
Yettinchi bosqich - o’quvchilarning belgilangan o’quv materiallarini
o’zlashtirishlarini, bilim saviyalarini nazorat qilish va o’zgartirishlar
kiritish.
Sakkizinchi bosqich - o’quv mashg’ulotlarining mazmuni va tarkibini ishlab
chiqish, shu asosda dars va uy topshiriqlarini optimal rejalashtirish.
To’qqizinchi bosqich - yuqoridagilardan kelib chiqib, loyihalashtirilgan ta'lim-
tarbiya jarayonini sinovdan o’tkazish.
Bu bosqichlar o’quv jarayoni texnologiyasini ishlab chiqishning ketma-
ketligi (algoritmi)dir. Biz o’qituvchilar pedagogik mahoratining texnologiya darajasiga
ko’tarilishi bosqichlarini hamda uning ta'lim-tarbiya jarayonining umumiy
xususiyatlari asosida shakllanish ketma-ketligi (algoritmi)ni keltirdik.
Bularning hammasi uning nihoyatda qiyin, murakkab va ko’p qirrali jarayon
ekanligini ko’rsatadi. Endi shulardan kelib chiqib, pedagogik texnologiyaga ta'rif
bersak bo’ladi. Pedagogik texnologiya o’qituvchi pedagogik mahoratining yuksak
cho’qqisi bo’lib, ta'lim-tarbiyaning har qanday murakkab vaziyatida ham aniq
qo’llaniladigan usul, vositalarining majmuidir.
O’qituvchilarimiz qolipga tushgan 5 bosqichli dars bilan birga ta'limning
darsdan tashqari, o’qituvchilar tajribasida nostandart darslar deb nom olgan
shakllari: ma'ruza, amaliy mashg’ulotlar, musobaqa-munozara, mustaqil ishlash,
konferensiya, sayohat, mushoira kabi shakllaridan ham keng foydalanishlari lozim.
Buning uchun o’qituvchilar ta'limning darsdan tashqari har bir shaklining tuzilishi,
bosqichlarini an'anaviy darsdan ustunligini amalda sinab ko’rib, ta'sirchan shaklini
aniqlashlari zarur. Bu, albatta, o’z-o’zidan bo’lmaydi, buning uchun ta'lim
nazariyasini, uning hozirgi zamon muammolarini bilish, ijod qilish, tinmay izlanish
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: