Bog'liq tabiatshunoslikni oqitish metodikasi - pedagogik fan sifatida
Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. o’quvchilar birinchi sinfdan boshlab
tabiatni va tabiat bilan bog’liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar, predmetli
darslar orqali, “O'qish kitobi”-dan tabiatshunoslik mazmunidagi matnlar hamda
“Atrofimizdagi olam” darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan
o’iganadilar. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga
yordam beruvchi har xil jihozlardan, ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi.
Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar, ularning mulyaji, surati, rasmi,
sxemasi kiradi. o’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning
boshqa texnika vositalari muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi.