Erkin kislorod atmosferada asosan fotosintez jarayonida hosil bo’ladi. Bundan tashqari ozroq miqdordagi erkin kislorod atmosferadagi suv bug’i molekulalarining quyosh nuri ta’sirida atomlargacha parchalanishidan ham hosil bo’ladi. Aynan ana shu kislorod dastlabki yashil o’simliklarning paydo bo’lishida muhim rol o’ynagan. Tabiatdagi erkin kislorodning qariyb barchasi oksidlanish jarayoniga sarf bo’ladi va faqat juda oz miqdori ozon qatlamini hosil qilishda ishtirok etadi. Nafas olish va yonish jarayonida hosil bo’ladigan uglerod oksidlari yashil o’simliklar tomonidan parchalanib, atmosferaga erkin kislorod chiqariladi. Bu jarayon uzluksiz siklda davom etadi. Avtotrof organizmlarda kislorod va karbanat angidridining bunday aylanib turishi tirik organizmlarni kislorod va ozuqa bilan muttasil ta’mirlab turadi.

3. Atmosferaning tuzilishi.
Atmosfera – biosferaning bir qismi sifatida yerning nisbatan yengil qobig’i bo’lib, kosmik hudud bilan chegaradosh, atmosfera orqali modda almashuvi ro’y va kosmosdan energiya kirib keladi. Temperaturaning o’zgarishi va balandligidan kelib chiqib, atmosfera bir necha qatlam(sfera)larga bo’linadi.
Troposfera – atmosferaning yer sathi bilan quyi qismi (balandligi 9-17 km). Unda atmosfera gaz tarkibining 80% va barcha suv bug’lari jamlangan. Aynan ushbu qatlamda tumanlar hamda bulutlarning turlari hosil bo’ladi, yomg’ir va chaqmoq faoliyati shakllanadi. Qutb va mo’tadil kengliklarda troposferaning balandligi 8 – 12 km, tropic mintaqalarda esa 16- 18 km etib boradi.