"buzilgan yerlar” deb ifodalangani ma’qul. Buzilgan yerlar – inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo‘jalik qiymatini yo‘qotgan, ya- roqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq-o‘simlik qoplamining va gidrologik rejimining o‘zgarishi, texnogen relyefning vujudga kel tirilishi munosabati bilan atrof-muhitga salbiy ta’sir manbayi bo‘lgan, yoqimsiz manzarali hududlar. Ular tuproq, suv, havoning ifloslanish manbayi hisoblanadi, odamlarning yashash va mehnat faoliyati muhitini murak- kablashtiradi. Bunday yerlar, ko‘pincha, insonning tabiatga nooqilona ta’siri natijasida vujudga keladi. Ekin dalalaridagi jarlar, suvomborlari yonidagi botqoqlar, konchilik sanoati hududlaridagi surilmalar, o‘pirilishlar va tashlamalar, chiqindixonalar va h.k. Ularni qayta tiklash ishlariga juda katta mablag‘ talab qilinadi. Respublika mizda hozirgi paytda bunday yerlarda yaylovlar, bog‘lar, ko‘llar, rekreatsiya maskanlari barpo etilib, xo‘jalikda foydalanilmoqda.
Antropogen omilning tabiatga bo‘ladigan ta’sirining bir ko‘rinishi texnika ta’siri bo‘lib, texnikaning tabiat bilan o‘zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy-texnik tizimlar vujudga keladi. Ularni fanda geotextizimlar deb yuritiladi. Geotextizim tabiiy-texnik tizimlarning alo- hida o‘ziga xos geografik xili; texnika va tabiat, yoki tabiiy va texnik kichik tizimlarning uyg‘unligi tushuniladi va tizimning bir butunligi tushunchasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Geotextizimlarga misol tariqasida suvomborlari, yirik kanallar, sug‘oriladigan ekin maydonlari, turli xil zavod va fabrikalar, ular joylashgan landshaftlar hamda yon atrofdagi o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan landshaftlarni aytish mumkin.
Geotextizimlarda ularning texnik qismida ro‘y beradigan jarayonlar bilan landshaftda yuz beradigan jarayonlar o‘zaro jadal kirishib ketgan bo‘ladi. Masalan, sug‘orib dehqonchilik qilinadigan landshaftlarda o‘simlik, tuproq kabi komponentlarning xususiyatlari texnika yordamida inson tomonidan belgilanib, sozlanib turiladi. O‘z navbatida, sug‘orish tizimining rejimi esa landshaftning holati bilan belgilanadi, ya’ni boshqariladigan geotextizimdagi aloqadorliklar to‘g‘ri va teskari aloqalar yordamida hosil bo‘ladi. Bunday hollarda texnika yordamida boshqari ladigan obyekt sifatida landshaftning biotik komponentlari, suv va hokazolar xizmat qiladi. Buni respublikamizdagi ko‘plab kanallar yoki suvomborlar misolida ko‘rish mumkin.
Geotextizimlar faqat kanallar yoki suvomborlardagina emas, balki yirik sanoat obyektlari atrofda ham shakllanishi mumkin. Bunday geotextizimlarda kichik tizimlar sifatida tabiat, ya’ni landshaft bilan sanoat obyekti o‘zaro aloqa va ta’sirda bo‘ladi. Asosiy aloqalar esa yana suv yoki havo orqali amalga oshadi. Geotextizimlarning texnika qismi vazifasini turli xil issiqlik elektr stansiyalari, tog‘-kon metallurgiya kombinatlari, yirik qazilma konlar va boshqalar bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |