Mavzu: suv vamineral moddalar almashinuvi buziliwi. Istima. Reja



Download 2,19 Mb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi2,19 Mb.
#557150
  1   2
Bog'liq
SUV VAMINERAL MODDALAR ALMASHINUVI BUZILIWI. ISTIMA


MAVZU:
SUV VAMINERAL MODDALAR ALMASHINUVI BUZILIWI. ISTIMA.

  1. Reja.

  2. 1.Suv mineral modda almashinuvi buzilishi.

  3. Istima tarifi bosqichlari

  4. Oftob urishi, sovuq urish sabablari belgilari va oqibatlari.

Suv va mineral almashinuvi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Suvning va mineral moddalarning organizm uchun ahamiyati nihoyatda katta. Qon va to‘qimalarda tuzlar va suvning doimiy nisbati mavjud. Qon va to‘qimalarning tuzlar hamda boshqa tarkibiy qism larining mo‘tadil nisbati organizmda oraliq modda almashinuvi jarayonida kislota va ishqoriy xususiyatlarga ega bo‘lgan moddalarning hosil bo‘lib turishiga qaramay, kislota ishqor muvozanatining doimo bir darajada saqlanib turishini ta’minlaydi. Patologiyada, ko‘pincha, kislota ishqor muvozanatining buzilishlariga duch kelinadi. Bu buzilishlar qonda ham kislotali ham ishqoriy mahsulotlarning to‘planish tomoniga yo‘nalgan bo‘lishi mumkin.


Asidoz diabetda, buyrakning ba’zi kasalliklarida, turli zaharlanish larda, alkaloz esa havoda kislorod kam bo‘lganda va qator patologik holatlarda bo‘ladi. To‘qimalarda suvning miqdori ham anchagina doimiydir. Katta odam tana og‘irligining 64 % suvga to‘g‘ri keladi. Ba’zi bir to‘qimalarda suvning miqdori ular og‘irligining 80 % tashkil etadi. Suv ga bo‘lgan ehtiyoj chanqash his-
siyoti bilan belgilanadi. Diurez ortgan vaqt da, masalan, qandli diabetda chanqash hissi juda kuchli bo‘ladi. Suv ichishni chegaralash qon va to‘qimalarda uning miqdorining kamayashiga olib keladi. Qon quyuqlashadi, eritrositlar va gemoglobinning nisbiy miqdori ortadi, yurak-tomirlar faoliyati qiyinlashadi, so‘lak sekretsiyasi qisqaradi, og‘iz quriydi, chanqashlik chidab bo‘lmaslik darajasiga yetadi va «suvdan och qolish» ko‘rinishlari rivojlanadi. Bunday simptomlarni ko‘p miq dorda suv yo‘qotish bilan kechadigan kasalliklarda, vaboda kuzatish mumkin. Normada ham patologik jarayonlarda ham to‘qimalar bilan qon o‘rtasida suyuqlik almashinuvining boshqarilishi turli tuman murakkab mexanizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Bu boshqa ruv da quyidagilarni asosiy faktorlar deb hisoblash mumkin:
a) gidrostatik bosim faktorlari, ya’ni arteriya kapillyarlardagi qon, to‘qimalararo suyuqlik va vena kapillyarlaridagi qon bosimi. Ancha yuqori bo‘lgan arteriya bosimning ta’sirida suyuqlikning bir qismi bosimi past hujayralararo moddaga o‘tadi. Vena kapillyarlar va limfa tomirlarida bosim yanada past bo‘ladi, bu esa hujayralararo yuzadan suyuqlikning oqib o‘tishini ta’minlaydi;
b) osmotik bosim faktori – suyuq muhitda erigan moddalar konsentratsiyasiga yoki boshqacha qilib aytganda ionlar vamolekulalar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan faktor. Suyuqlikning oqimi moddalar konsentratsiyasi katta bo‘lgan tomonga qarab yo‘naladi. Bu osmotik bosim barobarlashgunga qadar davom etadi;
d) qondagi oqsillar konsenratsiyasiga bog‘liq onkotik bosim faktori. Yuqorida ko‘rsatilganidek oqsillar bo‘kib suvni tutib qoladi. Qonda oqsillar qancha ko‘p bo‘lsa, suyuqlikning tomirlardan to‘qimalarga o‘tishi shunchalik qiyin bo‘ladi va aksincha, qonda oqsillar kam bo‘lganda, suyuq likning ko‘p qismi tomirlardan hujayralararo bo‘sh liqqa o‘tib ketadi va u yerda to‘planib istisqo rivojlanadi;
e) qon tomirlar devorining holati yoki boshqacha aytganda, qon tomirlarning o‘tkazuvchanlik darajasi. Suyuqlikning kapillyar devoridan to‘qimaga o‘tishi va aksincha, qaytishi yengil bo‘lishligi shunga bog‘liq. Organizm to‘qimalarda va hujayralarda suyuqlik miqdorining doimiyligini saqlab, birinchi navbatda, osmotik bosim ni bosh qarib turadi.







Yoz mavsumida oftob urishi – quyosh issiqligining boshga ta’siri natijasida bosh miya faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq patologik holat sanaladi. Bunday hol tananing ortiqcha miqdordagi issiqlikni boshqara olmasligi va o‘zini yetarli darajada sovuta olmasligi oqibatida kelib chiqadi. Natijada organizmda ter ishlab chiqarish tizimining buzilishidan tashqari qon aylanish faoliyati izdan chiqadi. Tomirlar kengayib ketadi. Natijada butun tanada qon aylanishi sekinlashadi. Bu esa bosh miya faoliyatida salbiy o‘zgarishlarga olib keladi.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish