Diafragmali rostlagichlar odatda yuqori b’ef bilan pastki b’ef suv sathlarining ayirmasi katta bo‘lgan vaqtlarda qo‘llaniladi. Diafragmali rostlagichlardan inshoot oldida cho‘kib qolgan loyqalarni yuvib turishda foydalaniladi. Uning konstruksiyasi 6.14-rasmda keltirilgan.
Bu kabi inshootlar ochiq rostlagichlardan diafragmalarining borligi bilan farq qiladi. Diafragmalar temir-betondan barpo etiladi. Rostlagichlarga diafragmalar o‘rnatilganda zatvor balandligi kichik bo‘ladi, ularni yasashga esa metall kam sarf bo‘ladi. Zatvorlarga ta’sir qiladigan suv bosimining bir qismini diafragma qabul kiladi, natijada zatvorlarni ko‘tarib-tushirish uchun kam kuch kerak bo‘ladi.