Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan o‘zaro hisob – kitoblari hisobi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#742350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Abdurasul

 
 
2
Prezident Islom Karimovning 2014 yilda mamlakatimizni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga 
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan 
O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 
ma’ruzasi.
3
Karimov I .A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.

O’zbekiston, 2010 yil. 


1 Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya xisobini tashkil etish. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida SIUda buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri 
tashkil etilish g‘oyat mug‘im ahamiyatga ega hisoblanadi. SIU va tashkilotlarda 
buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarni 
kuzatib va qayd etib olmasdan ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirib borib rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni 
boshqarish ichida asosiy vazifalarni bajaradi. Shu boisdan ham hisob ishlarini 
tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. 
Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng 
asosiy talab – bu uning kam xarajatli va sodda bo‘lishligidir. SIUda hisob ishlari 
ana shunday tashkil etigandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda 
yaxshi natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa eng avvalo har bir SIUning 
o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim. 
Har bir SIUda tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo‘alik faoliyati jarayonida 
sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish, kuzatish natijalarini 
son ko‘rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks 
ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda SIU biznes rejasi budjet va 
kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va 
ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak. 
Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo‘yicha umumiy rahbarlik qilish 
vazifasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va 
auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki 
hisob masalalari bo‘yicha xalq xo‘jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, 
buxgalteriya hisobi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish 
bo‘yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, 
nashr qildiradi, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun majburiy bo‘lgan hisob 
va hisobot masalalari bo‘yicha yo‘riqnoma, uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqadi. 
Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha metodologik rahbarlik 
ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi 
tomonidan olib boriladi. 


 “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, buxgalteriya hisobi 
va hisobotini tashkil etishni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari amalga oshiradi. 
Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 
- bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish yoki 
shartnoma asosida jalb qilingan buxgalteri xizmatidan foydalanish; 
- buxgalteriya hisobi ishlarini yuritishni shartnoma asosida irrigatsiya 
xizmati badaliisoslashtirilgan buxgalteriya firmasiga yoki tarkibida buxgalteriya 
sub’ekti ham kiradigan xo‘jalik birlashmasining markazlashtirilgan hisobga olish 
bo‘limiga yuklash; 
- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. 
Shu bilan birgalikda SIU rahbari quyidagilarni ta’minlashi shart: ichki hisob 
va hisobot tizimining ishlab chiqarilishi, xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish 
jarayonini, buxgalteriya hisobining to‘liq va aniq yuritilishini hisob-kitob 
hujjatlarining saqlanishi, tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot 
tayyorlanishi, soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini, 
hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini. 
Rahbar buxgalteriya hisobi to‘g‘ri yuritilishi uchun barcha zarur sharoitlarini 
yaratishi, SIUning barcha bo‘limlari va xizmatlari, hisob-kitobga aloqasi bo‘lgan 
barcha xodimlari tomonidan bosh buxgalterning hujjatlar va ma’lumotlarni 
rasmiylashtirish hamda hisob uchun taqdim etish xususidagi talablari og‘ishmay 
bajarilishini ta’minlashi shart. 
Bosh buxgalter SIU, amalga oshiradigan barcha xo‘jalik jarayonlarini 
nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirishni tezkor 
axborot taqdim etilishini, yo‘llangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni 
ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarabar qilish maqsadida buxgalteriya 
hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha SIUning moliyaviy xo‘jalik faoliyati 
uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi. Buxgalteriya ishlarida 
amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan o‘z tasdig‘ini topadi. 
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisob to‘g‘risida”gi Qonunning 8-
moddasiga 
binoan 
SIUrahbari 
xo‘jalik muomalalarini amaga oshirish 


ruxsatnomasiga va SIU nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega yuo‘lgan 
shaxslar ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi. Ro‘yxatda egallab turgan 
lavozimiga ko‘ra imzolash huquqi iyerarxiyasi shaklida va rahbarlik vazifasini 
hamda sub’ekt vakili sifatida harakat qilishga vakil qilingan har bir mansabdor 
shaxs buxgalteriya hisobi vazifalarini amalga oshiradi. Sub’ekt elektron 
imzolardan foydalanganida, uning xo‘jalik xujjatlari uchun elektron imzolardan 
foydalanish va ularni ishlatishga aloqador kerakli ehtiyotkorlik va nazorat choralari 
belgilanishi kerak. 
SIU bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar – moddiy boyliklari va pul 
mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga 
shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar va xo‘jalik 
shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi 
bo‘lmasa, u haqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi SIU, 
muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan unga vakolat bergan 
shaxslarga berilishi mumkin. 
SIUda moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) 
ishga tayinlash vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish bosh buxgalter bilan 
kelishgan holda amalga oshiriladi. 
Agarda SIU bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, oldingi bosh buxgalter ishlari 
yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi, ushbu jarayonda 
buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi tekshirilib, SIU 
rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. 
SIUning choraklik va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh 
buxgalter imzo chekadi. 
Agarda SIUning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida irrigatsiya 
xizmati badaliisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, 
moliyaviy hisobotga SIU rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis 
imzo chekadi. 


Birlamchi hujjatlar hisob registrlari buxgalteriya hisoboti belgilangan 
tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi kerak. Ular bilan ishlash davrida 
saqlashni ta’minlash va ularni arxivga topshirish uchun bosh buxgalter masuldir. 
Buxgalteriya bo‘limi hujjatlarni ishlab chiqishi buxgalteriya registrlarida 
hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv moliyaviy 
hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishi zarur. 
Buxgalteriya apparati odatda quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: 
Material bo‘limi. Bu yerda sotib olingan moddiy qiymatlarni, mol yetkazib 
beruvchilar bilan hisob-kitoblar, materiallarni saqlash va foydalanish joylari 
bo‘yicha kirimi va sarflanishini hisobi yuritiladi. 
Hisoblanish bo‘limi. Bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqi hisoblash 
va undan ushlanmalar bo‘yicha barcha hisoblashlar olib boriladi. Mehnat haqi 
fondi va iste’mol fondidan foydalanish bo‘yicha nazorat amalga oshiriladi, ijtimoiy 
sug‘urtaga ajratmalar bo‘yicha hisoblashish hisobini olib boradi. 
Ishlab chiqarish – kalkulyatsiya bo‘limi. Bu bo‘limda barcha turdagi 
qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi, ish hizmatlarning haqiqiy tannarxi aniqlanadi 
va hisobot tuziladi. 
Umumiy bo‘lim. Bu bo‘limda yuqori sanab o‘tilgan bo‘limlarda hisobga 
olinmaydigan muomalalar hisobi yuritiladi, bosh daftar yuritiladi va buxgalteriya 
hisoboti tuziladi. 
Buxgalteriya hisobi bo‘limlarida hisob-kitob jarayonining sifati va 
samaradorligini yanada oshirish hisobchi xodimlar mehnatini ilmiy tashkil etishdan 
ajralmasdir. Mehnatni ilmiy tashkil etish chora-tadbirlari tizimida ish joylarini fan 
va texnika yutuqlari asosida maqsadga muvofiq tashkil etish muhim o‘rin tutadi. 
Buxgalteriya xodimlari ish joylarini barpo etish hisob jarayonining oqilona 
asoslangan texnologiyasida ajralmasdir. Shu munosabat bilan ish joylarini 
belgilashdan oldin hisob jarayonining mazmuni chuqur tahlil qilinishi kerak. Ko‘p 
hollarda bir xildagi birlamchi hisob hujjatlari bilan ishlaydigan buxgalterlarning ish 
stollari nafaqat xonaning qarama-qarshi burchaklarida, balki turli xonalarda 
bo‘lishi kerak. 


SIU bosh buxgalter, iqtisotchi lavozimi mavjud. Shuning uchun alohida 
xonalarda joylashtirilishi kerak. Xonaga eshitiladigan shuningdek, xona ichida 
hosil etiladigan shovqinlar buxgalteriya xodimlarining mehnat unumdorligiga 
salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham shovqin kuchini pasaytirishga ya’ni xona 
devorlariga tovushni yutadigan materiallarni qoplashga jiddiy e’tibor berilishi 
lozim. Hisob ishlarini zamonavyi tashkil etish uchun, eng avvalo buxgalteriya 
bo‘limini texnika vositalari (kompyuter, printer, faks, modem va boshqalar) bilan 
to‘liq jihozlash lozim. Bu buxgalteriya hisobi ishlari samaradorligini oshirishga 
xizmat qiladi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish